Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə77/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Milliy darajada:


  • ekologik qonunchilik ustuvorligini ta’minlovchi siyosatni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan direktiv davlat organlari va mexanizmlarini yaratish yoki borini mustahkamlash;

  • barqaror rivojlanish milliy strategiyasini ishlab chiqishda oldinga qarab siljish uchun zudlik bilan harakat qilmoq va uning amalga oshirilishini 2005-yildan boshlamoq; barqaror rivojlanishning hamma muammolarini nazarda tutgan samarali ekologik qonunlar va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish mexanizmlarini yaratish;

  • atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan davlat organlarining transparentlik, hisobdorlik va adolatli faoliyatiga yordam berish yo‘li bilan ma’muriy va sud muassasalarining ishini mustahkamlash;

  • barqaror rivojlanish vazifalarini bajarishda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan samarali foydalanishda davlat qonunlari, strategiyalari va dasturlariga oid ma’lumotlardan foydalanish huquqini oshirish yo‘li bilan xotin-qizlar, ilmiy xodimlarning keng jamoasi va yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash;

  • barqaror rivojlanish bo‘yicha rejalarni (masalan, iqtisodiyotni ekologiyalashtirish yoki davlatning ijtimoiy hayotini ekologiyalashtirish) va dasturlarni amalga oshiruvchi milliy institutlarning harakatini hamma davlatlarda va, ayniqsa, rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlarda qo‘llab-quvvatlash;

  • mahalliy hukumat hamda manfaatdor kishilarning barqaror rivojlanishdagi milliy rejalar bo‘yicha

faoliyatini, rolini va imkoniyatlarini oshirish.
Barqaror rivojlanishning ekologik jihatlarini bajarilishi xalqaro tashkilotlar, davlatlar va jamoalar uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarning amalga oshishi, afsuski, xalqaro huquqning majburiy normasi hisoblanmaydi. Ular deklarativ xarakterga ega. Shuning uchun ham atrof-muhitni muhofaza qilishda institutsional munosabatlarning umumiy yo‘llarini izlash, bizning umumiy uyimiz – Yerni, sayyoramizni saqlab qolish zaruriyatidan kelib chiqadi.



Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə