|
Book · January 013 citation reads 419 1
|
səhifə | 85/144 | tarix | 29.11.2023 | ölçüsü | 4,14 Mb. | | #139862 |
| EkologiyanazariyasiGidrosferada:
√ dengiz ekotizimlari;
√ daryo ekotizimlari;
√ ko‘l ekotizimlari;
√ botqoq ekotizimlari;
√ muzlik ekotizimlari;
√ doimiy qor qatlami ekotizimlari;
√ buloq ekotizimlari va h.k.
Pedosferada:
√ tabiiy shakllangan bo‘z tuproq ekotizimlari;
√ madaniylashgan tuproq ekotizimlari;
Ekolitosferada:
√ yer osti suvlari ekotizimlari;
√ g‘orlar ekotizimlari;
√ to‘rtlamchi davr yotqiziqlari ekotizimlari;
√ uchlamchi davr yotqiziqlari ekotizimlari metamorfik yotqiziqlar ekotizimlari va h.k.
Amaliy ekologiyaning o‘rganish predmeti – turli ierarxik pog‘onalarda turuvchi va iqtisodiyot
tarmoqlaridagi ekotizimlarni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va buzilganlarini qayta tiklash.
Amaliy ekologiyaning prinsiplari – turli ierarxik pog‘onalarda turuvchi va iqtisodiyot tarmoqlaridagi ekotizimlarni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va buzilganlarini qayta tiklashga oid yo‘naltiruvchi qoidalar. Ular quyidagilardan iborat:
√ Yer planetasi organizmlar, jumladan insonlar uchun yagona makondir;
√ ekotizimlarga ta’sir etmaydigan kishilik jamiyatining faoliyat turi yo‘qdir;
√ kishilik faoliyati ekotizimlarga nafaqat salbiy, balki ijobiy ta’sir etishi ham mumkin;
√ atrof tabiiy muhit sening uyingdir;
√ jadal suratlarda iqlim o‘zgarishi inson faoliyati natijasidir;
√ ekologiyalashtirilgan tadbirlar iqtisodiylashtirilgandir;
√ sen va oilang salomatligi ekotizimlar holatiga to‘g‘ri proporsionaldir;
√ sog‘lom tabiiy muhit salomatlik garovi;
√ uglevodorod yer osti va usti resurslari cheklangandir;
√ muqobil energiya kelajak zaminidir;
√ ekologik muammolarning yechimi barqaror rivoshlanish qoidalaridadir;
√ ekologiyalashtirilmagan siyosat diplomatik ko‘rinish ololmaydi;
√ harbiy mojarolar va to‘qnashuvlar ekologiyalashmaydi;
√ ekologik ong, bilim va madaniyat birligi;
√ oila ekologik madaniyat o‘chog‘idir;
√ huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati ekologik munosabat shaklini yuzaga keltiradi;
√ ekologik chora-tadbirlar ma’muriy birliklar doirasida emas, balki ekotizimlar doirasida samaraliroqdir;
√ mahalliy ekologik boshqaruv vakolati zaruriy holatdir;
√ ekotizimlardagi holat, jarayon va hodisalar o‘zaro uzviy bog‘langandir;
√ tabiiy ekotizim komponentlari o‘rtasidagi muvozanat uzoq muddatli evolutsion jarayon natijasidir;
√ o‘ziga xos, noyob, nozik va yo‘qolib ketayotgan tabiiy ekotizimlar alohida muhofazaga muhtojdir;
√ hamma ekotizim komponentlari ham tiklanavermaydi;
√ biologik resusrlar nafaqat tur, balki xil jihatdan ham saqlanishi lozim;
√ umume’tirof etilgan xalqaro ekologiya huquqi me’yorlari milliy miqyosda aks etsagina o‘z kuchiga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|