Book · January 013 citation reads 419 1


Biologik xilma-xillikni saqlash



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə93/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Biologik xilma-xillikni saqlash. Biologik xilma-xillik bu sayyoramizning hayot resursini saqlab qolish demakdir, zero uning unsurlari yashaydigan muhit biosferani tashkil etadi. Tabiat xilma-xilligi insonlarni ushbu muhitda yashab qolishlarini va ularning nechog‘lik farovon hayot kechirishlarini belgilaydi.
Ekotizimda modda va energiyaning almashinuvi organizmlarning sifat va miqdor ko‘rsatkichlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Bundan tashqari, insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun biologik xilma-xillikka, genlar, populatsiyalar va ekotizimlar o‘zgaruvchanligiga ham bog‘liqdir. Biologik resurslar oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, dori-darmonlar, ma’naviy ozuqa sifatida odam ehtiyojini qondiradi. Barqaror rivojlanish shartlaridan biri esa Yer sayyorasida biologik xilma-xillikni saqlash va ko‘paytirishdir.
O‘zbekiston hududidagi ekologik vaziyat flora va fauna tarkibi bilan farqlanadigan beshta biogeografik zonalarni qamrab oladi. Ularda biologik xilma-xillik 27000 o‘simlik va hayvonot turlari dunyosidan tarkib topgan. Ammo keyingi paytda ularning keskin ravishda qisqarishi ro‘y bermoqda. Masalan, noyob va yo‘qolib borayotgan florestik turlar 8% ni, faunistik turlar esa 6% ni, jumladan, sutemizuvchilar, qushlar
va baliqlarning 60 turdan ortig‘ini tashkil etdi. To‘ng‘iz, oqquyruq, ondatra va zaharli umurtqasizlarning soni keskin darajada o‘zgarmoqda. Respublikadagi o‘rmonlar soni ham anchagina qisqardi. Cho‘l zonasi- ning o‘rmonlari 2,4 mln gektar yoki o‘rmonlar umumiy maydonining 87% ini egallaydi. Cho‘lda saksovulzor va butazorlar – psammofitlar ko‘proq uchraydi. Qayirdagi o‘rmonlar 25 ming gektarni yoki umumiy o‘rmon maydonining 1% ini tashkil etadi, xolos.
Hududlarda ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun biologik xilma-xillikni saqlash maqsadida quyidagilarni nazarda tutish tavsiya etiladi:

  • biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiya amaliy tatbiqini tezlashtirish va ishtirokchilarning sonini

ko‘paytirish;

  • biologik xilma-xillikni saqlash va biologik resurslardan oqilona foydalanishning milliy strategiyasini ishlab chiqish va uni rivojlanishning milliy dasturlariga kiritish;

  • biologik va genetik resurslardan adolat va tenglik mezonlariga binoan uning barcha ishtirokchilari

tomonidan foydalanish;

  • biologik xilma-xillikni muhofaza qilish va foydalanishning ilg‘or usullarini qo‘llash;

  • milliy ma’lumotlar asosida sayyoramizning biologik xilma-xilligi to‘g‘risida doimiy ravishda ma’ruzalarni tayyorlash;

  • biologik xilma-xillikni saqlash va biologik resurslardan barqaror foydalanishda xotin-qizlar roliga

alohida e’tibor berish, mahalliy aholining an’anaviy usullari va bilimlarini qo‘llab-quvvatlash;

  • biotexnologiyalarni ishlab chiqish, rivojlantirish va mukammallashtirish uchun mexanizmlarni yaratish hamda ularni xavfsiz tarqatish sharoitlarini barpo etish;

  • biologik xilma-xillik va uning ekotizimdagi o‘ziga xos funksiyalarini ilmiy jihatdan chuqurroq talqin qilish, iqtisodiy jihatdan muhimligini ko‘rsatish hamda mazkur masala bo‘yicha xalqaro va regional hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash;

  • biotexnologiyalarni rivojlantirish va genetik bioresurslardan kommersiya maqsadida foydalanishda bioresurslarga ega bo‘lgan davlatlarning huquqlarini ta’minlash uchun chora-tadbirlar va mexanizmlarni ishlab chiqish va h.k.


Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə