Book · January 013 citation reads 419 1


Chuchuk suvdan oqilona foydalanish



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə96/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Chuchuk suvdan oqilona foydalanish. Chuchuk suv resurslari yer gidrosferasining muhim komponenti va ekotizimlarning ajralmas bir qismidir. Chuchuk suv ekotizimlari holati ulardagi suvning davriy aylanishi bilan belgilanadi. Davriy aylanishning buzilishi suv toshqinlari va qurg‘oqchilik kabi salbiy jarayonlarni yuzaga keltiradi. Ular esa kundan kunga kuchayib bormoqda va inson fojiasiga aylanmoqda.
Iqlimning global miqyosda isib borishi va atmosfera havosining ifloslanishi chuchuk suv zaxiralariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Dengiz sathining ko‘tarilishi esa pastqamlikdagi qirg‘oq hududlari va kichik orollar ekotizimi uchun xavf tug‘dirmoqda.
Suv hayotimizning barcha jabhalarida ishlatiladi va shuning uchun ham sayyoramiz aholisini bir me’yorda sifatli suv bilan ta’minlash birlamchi ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqsadga erishmoq uchun ekotizimlarning gidrologik, biologik va kimyoviy funksiyalarini saqlash zarurdir. Bularning hammasi, jumladan, suv bilan bog‘liq bo‘lgan sanitar holat, tabiat imkoniyatlarini hisobga olgan tarzda inson faoliyatiga bog‘liq. Cheklangan suv resurslarini ifloslanishdan saqlash va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash uchun yangi texnologiyalar, jumladan, takomillashgan mahalliy texnologiyalar zarur bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining suv resurslari – bu Orol dengizi havzasida mavjud bo‘lgan umumiy suv resurslarining bir qismidir. Orol dengizi havzasidagi suv resurslaridan foydalanishga oid Markaziy Osiyo davlatlararo kelishuviga muvofiq Respublikamiz aholisi tomonidan ishlatilishi mumkin bo‘lgan chuchuk suvning miqdori 52,4 km3 daryo suvi sarfiga to‘g‘ri keladi. Orol havzasida yuzaga kelayotgan suv resurslarining: Amudaryo havzasida – 6%, Sirdaryo havzasida – 16% bevosita O‘zbekiston hududida shakllanadi. Yer osti chuchuk suv zaxirasi O‘zbekistonda 19,7 km3 ni tashkil etadi. Foydalanish mumkin bo‘lgan barcha suv resurslari xo‘jalik faoliyatida ishlatilmoqda va ularning yetishmovchiligi keyingi paytlarda sezilarli ravishda namoyon bo‘lmoqda.
Respublikamizda oqar suvlarning ko‘pi o‘rta yoki kuchli darajada ifloslangan. Toshkent viloyatida bu holat juda sezilarli ravishda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona vodiysi viloyatlari, Mirzacho‘l, Qarshi cho‘li kabi pastqamliklarda kollektor-drenaj suvlari kimyoviy jihatdan juda ham ifloslangan. Kuchli antropogen faoliyati ta’sirida yer osti suvlarining tabiiy sifat ko‘rsatkichlari doimiy ravishda yomonlashib bormoqda. Buning natijasida aniqlangan yer osti suv zaxiralarining 40% dan ortig‘i iste’mol uchun yaramay qoldi.
O‘zbekistonda kollektor-drenaj suvlarining asosiy qismi agrokimyoviy va mineral tuzlar bilan to‘yingan va 21–22 km3 hajmda Amudaryo va Sirdaryolarga oqib tushadi. Ikki katta daryoning shartli ravishdagi «toza» suvi 2,5 g/l atrofida mineralizatsiyalashgan. Ushbu suvlarda biogen elementlar, pestitsidlar, ftor, fenol, neft mahsulotlari va boshqa ifloslantiruvchi moddalar ham uchrab turadi. Qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda kaliy, azot va fosfor kabi mineral o‘g‘itlarning ishlatilishi tuproqlar va suv manbalarida ballast (erimaydigan) elementlarni, og‘ir metallarni, mikroelementlarning yig‘ilishiga olib kelmoqda. Yaqingacha yuqori darajadagi toksik moddalarning (masalan, gektari 20–30 kg gerbitsidlarni) ishlatilishi tuproqni, suv havzalari tubidagi cho‘kindilarni, yer usti va ostidagi suvlarni erimaydigan xlorli organik birikmalar bilan zaharlanishiga olib kelmoqda.
Dunyoning ba’zi mintaqalarida chuchuk suvning yetishmasligi uning asta-sekinlik bilan yo‘qolib borishiga va ifloslanishiga, samarasiz xo‘jalik faoliyat hajmining oshib borishiga olib kelmoqda. Bularning hammasi global miqyosda suv resurslaridan kompleks ravishda unumli foydalanish zaruriyatini tug‘dirmoqda.
Davlatlararo suv manbalaridan va dengiz qirg‘oqlari bo‘yidagi davlatlarda suvdan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ushbu munosabatlarda o‘zaro hamkorlik xalqaro kelishuvlarga yoki boshqa turdagi shartnomalarga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Bunda o‘zaro manfaatdorlik birlamchi ahamiyat kasb etishini inobatga olib:

  • chuchuk suv resurslarini baholash;

  • suv resurslarini kompleks o‘zlashtirish va suvdan oqilona foydalanish;

  • suv resurslari, suv sifati va suv ekotizimlarini muhofaza qilish;

  • ichimlik suvi bilan aholini ta’minlash va sanitariya normalarini saqlash;

  • suv va shaharlarning rivojlanishi;

  • suv, oziq-ovqatni yetishtirish va qishloqlarni rivojlantirish;

  • iqlim o‘zgarishini suv resurslariga ta’sirini o‘rganish kabi chuchuk suv muammolarida tegishli

tavsiyalarga amal qilish zarur.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə