Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə97/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Zaharli moddalardan foydalanish. Iqtisodiyotda kimyoviy moddalardan ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni hal qilishda keng foydalaniladi. Hozirgi zamon fani ulardan yetarli darajadagi rentabellik asosida xavfsizlikka erishish orqali keng foydalanishni inkor etmaydi. Yer planetasi aholisining yashash sifatini ko‘tarish maqsadida zaharli kimyoviy moddalardan ekologik xavfsiz ravishda foydalanishning ilmiy asosini yaratishni davom ettirish tavsiya etiladi. Bu borada rivojlanayotgan davlatlar oldida ikki katta muammo turadi:

  • ko‘pgina kimyoviy moddalar qatorining xavflilik darajasini baholashga doir ma’lumotlarning kamligi;

  • aniqlangan ma’lumotlar bo‘yicha kimyoviy moddalarni baholash uchun resurslarning yetishmasligi.

Sanoati rivojlangan ayrim mamlakatlarda inson salomatligi, uning genofondi va atrof-muhitga zarar keltirayotgan kimyoviy ifloslanish sezilarli ravishda davom etib kelmoqda. Ularda bexatar ekologik vaziyatni tiklash uchun juda katta miqdorda kapital mablag‘larni sarflashga va yangi-yangi usullarni ishlab chiqishga to‘g‘ri keladi. Yer sayyorasining atmosfera va iqlim tizimlaridagi kimyoviy va fizik jarayonlarga keskin ta’sir etayotgan uzoq muddatli ifloslanishlarning salbiy oqibatlari faqatgina keyingi paytlarda sezila boshlandi va buni hech kim inkor qilmaydi ham.
Xalqaro tashkilotlar kimyoviy zararsizlantirish bilan shug‘ullanadilar. Ko‘pgina mamlakatlarda kimyoviy xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan harakat dasturlari amal qiladi. Lekin biron-bir mamlakatdagi kimyoviy xavfsizlik ikkinchi bir mamlakatdagi xavflilikni belgilab bermaydi va uning aksidir. Chunki kimyoviy moddalar uchuvchanlik, reaksiyaga kirishuvchanlik va tez harakatlanuvchanligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham kimyoviy moddalar va, ayniqsa, ularning zaharli turlaridan ekologik xavfsiz ravishda foydalanishni ham milliy, ham xalqaro miqyosda olib borishni taqozo etadi:

  • kimyoviy moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan xavfni xalqaro miqyosda baholash ishlarini kengaytirish va jadallashtirish;

  • kimyoviy moddalarni tasniflash va ularga tegishli belgilarni qo‘yish;

  • zaharli kimyoviy moddalar va ularning xavflilik darajasi to‘g‘risida ma’lumot almashish;

  • kimyoviy moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan xavfni kamaytirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

  • kimyoviy moddalardan foydalanishni boshqarishga doir milliy imkoniyatlarni mustahkamlash;

  • zaharli va xavfli mahsulotlarni noqonuniy ravishda oldi-sotdi qilishning oldini olish.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan olti dasturning umumiy tomoni shundaki, barcha dasturlarni harakatga keltirish, xalqaro miqyosda faol harakat olib borish, xalqaro miqyosda kundalik tadbirlarni muvofiqlashtirish, texnik, ilmiy, o‘quv va moliyaviy imkoniyatlarni aniqlash va ishlatish, jumladan rivojlanayotgan mamlakatlarda ushbu dasturlar u yoki bu darajada kimyoviy moddalarning zararliligini baholash (kimyoviy moddalarning boshlang‘ich xossalariga asoslangan tarzda), xavflilik darajasini baholash (ta’sir etish mumkinligi bilan birga), xavflilik darajasini qabul qilish va boshqarishni ham inobatga oladi. BMTning YUNEP, Xalqaro mehnat tashkiloti, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘rtasidagi kimyoviy xavfsizlik sohasidagi hamkorlik Xalqaro kimyoviy xavfsizlik dasturi doirasida amalga oshirilib, u zaharli kimyoviy moddalardan foydalanishni boshqarishni ta’minlashi lozim. Buning uchun hamma kuchni mazkur dasturni bajarishga, u bilan bog‘liq bo‘lgan dasturlarga yordam ko‘rsatishga yo‘naltirmoq kerak.
Xalqaro hamjamiyat atrof-muhit va kishilar salomatligiga salbiy ta’sir etayotgan, noqonuniy ravishda amalga oshirilayotgan zaharli va xavfli kimyoviy moddalarning bir qismi xalqaro miqyosda tashilayotganligidan xavotirda. 1989-yil 22-dekabrdagi BMT Bosh Assambleyasining 44 – 226-sonli rezolutsiyasiga binoan barcha mintaqaviy komissiyalardan xavfli va zaharli kimyoviy moddalarni noqonuniy ayirboshlashni tegishli monitoring va baholash orqali bartaraf etishni so‘ragan edi. Bundan tashqari, Bosh Assambleya mintaqaviy komissiyalardan mazkur masalada YUNEP tashkiloti bilan kelishilgan holda faoliyat olib borishni tavsiya etgan.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə