Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə100/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Radioaktiv chiqindilarni chetlatish. Radioaktiv chiqindilar radioaktiv moddalarni xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘llashdan hosil bo‘ladi. Ularning radiatsiyaviy va ekspluatatsiyaviy xavflilik darajasi juda past ko‘rsatkichdan (kam harakatchan va uzoq saqlanib turmaydigan holatda) o‘ta xavfli ko‘rsatkichgacha bo‘lishi mumkin. Eng xavflisi, birinchi navbatda insonlarga va boshqa tirik organizmlarga o‘z ta’sirini tez va uzoq muddatda ko‘rsatib boradi. Radiatsiya darajasi maxsus asboblar yordamida o‘lchanadi. Butun dunyoda har yili yadroviy issiqlik energiyasini ishlab chiqarish natijasida 200000 m3 faollashmagan va 10000 m3 yuqori faollashgan radioaktiv chiqindilar chiqaziladi. Radioaktiv moddalarning yangi izotoplarining topilishi atom energetikasi jadal rivojlanishiga olib kelmoqda va shu bilan birga biosferadagi ekologik holat buzilishidagi eng global muammolardan biriga aylanmoqda.
Yer yuzida radioaktiv chiqindilarning to‘planib borishi insonlar hayotiga katta xatar tug‘dirmoqda. Shu munosabat bilan barqaror rivojlanish konsepsiyasining oldiga qo‘ygan vazifalaridan biri mazkur chiqindilarni iloji boricha ekologik xavfsiz ravishda chetlab, ularni saqlash va bir joydan ikkinchi bir joyga ko‘chirishda xavfsizlik talablariga rioya qilish hamda bu sohada xalqaro hamkorlikni kuchaytirishdir. Yer yuzida faolligi yuqori bo‘lgan chiqindilarda 99 foizgacha radioaktiv moddalarning izotoplari mavjud. Mazkur moddalarning doimiy ravishdagi atrof-muhitga nisbatan radiatsion ta’siri organizmlar faoliyatiga asta-sekinlik bilan ta’sir o‘tkazib, turli genetik irsiy kasalliklarni keltirib chiqarmoqda.
Markaziy Osiyoni radioaktiv chiqindilardan xoli bo‘lgan hududga kiritib bo‘lmaydi. Chunki O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lgan Qirg‘iziston va Tojikiston respublikalarida ishlatilmaydigan va ishlatiladigan konlar mavjud. Ulardan eng kattalari: Maylisuv va Shokaptar ishlatilgan uran konlari, Sumsar-qo‘lom koni, Haydarkon simob va surma koni, Qadamjoy surma koni, Tegmaota radioaktiv chiqindilar to‘plangan joy (Sirdaryo havzasida), Anzob tog‘-kon sanoati va Tojikiston oltin qazib oladigan kombinat (Zarafshon daryo havzasida) oqovalari chiqaziladigan yerlar shular jumlasidandir. Shuning uchun ham Markaziy Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda doimiy radiatsion xavfsizlik choralarini ko‘rish va ularning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqishga zaruriyat sezilmoqda. Mamlakatimizning Ohangaron daryo vodiysida xavfli radiatsion holat saqlanib qolmoqda. Lekin, butun O‘zbekiston bo‘yicha radiatsion vaziyat me’yor chegarasidadir, ya’ni gamma nurlarining tabiiy ko‘rsatkichi 10–30 mkR/soat miqdorda saqlanib qolmoqda.
Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida mazkur sohada sezilarli darajada ishlar olib borilmoqda. Lekin, radioaktiv moddalarni saqlashda va tashishda doimiy sezgirlikni yo‘qotmaslik zarur. Chernobil va Fukisimo AESlarining talafotli holati va uning oqibatida atrof-muhitga chiqarilgan radioaktiv chiqindilarning tarqalib, ko‘plab kishilarning nurlanishini bunga misol qilsak bo‘ladi. Natijada juda katta maydon radiatsiya ta’siriga uchradi va minglab aholi o‘z joylarini u yerlarda yashash salomatlik uchun xavfli bo‘lgani uchun ham tashlab ketdilar. Shuning uchun ham radioaktiv chiqindilar bilan xavfsiz darajada munosabatda bo‘lishni ta’minlash, ularni tashishda, saqlashda va chiqindilarni chetlashtirishda, inson salomatligi hamda atrof-muhit muhofazasini ta’minlashda amaliy tavsiyalar berishga kompleks yondashishni ta’minlash kerak.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə