Book · January 013 citation reads 419 1


Ekologik tadqiqotlar tizimini biologik va geografik tadqiqotlardan farqi



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə103/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Ekologik tadqiqotlar tizimini biologik va geografik tadqiqotlardan farqi


Ekologik tadqiqotlarda

Biologik tadqiqotlarda

Geografik tadqiqotlarda

Birinchi galda
organizmlarning yashash makoni – ekotizim aniqlanadi

Avvalambor organizmlar tur va son jihatdan aniqlanadi



Tadqiqotda tabiiy va ijtimoiy muhit geotizimlari aniqlanadi



Ekotizimlar nomlanadi

Organizmlar nomlanadi

Geotizimlar nomlanadi

Ekotizimlar guruhlarga


ajratiladi, ya’ni tasniflanadi

Organizmlar sinflarga ajratiladi, tasniflanadi va tizimlashtiriladi

Geotizimlar taksonomik birliklarga ajratiladi va tasniflanadi

Ekotizimlar va uning komponentlari son va sifat jihatidan baholanadi



Organizmlar turi, popula- tsiyasi, jamoasining tarqalish darajasi va yashash muhiti o‘rganiladi



Geotizimlarning o‘ziga xos hududiylik jihatlari o‘rganiladi

Ekotizimlar doirasida organizmlar o‘zaro va ularning atrof tabiiy muhiti bilan bo‘ladigan aloqadorlik qonuniyatlari ochib beriladi

Organizmlarning turli biologik jihatlari tadqiq etiladi

Geotizimlarning majmualilik xususiyatlari ochib beriladi

Ekologik mummolar aniqlanadi



Organizmlar biotsenoz va bio- geotsenozlar darajasida tadqiq qilinadi



Geotizimlar tizimlashtiriladi

Ekotizimlarni muhofaza qilish masalalari tadqiq qilinadi

Biologik resurslardan oqilona


foydalanish o‘rganiladi

Geotizimlarning davriy


o‘zgaruvchanligi aniqlanadi

Ekotizim resurslaridan oqilona foydalanish masalasi o‘rganiladi

Organizmlarning biotexno- logik, biokimyoviy, biofizik xususiyatlari ochib beriladi

Geotizimlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish ilmiy asoslanadi

Buzilgan ekotizimlarni tiklash masalalari ilmiy asoslanadi



Biologik xilma-xillikni ta’minlashning ilmiy asoslari yaratiladi



Geotizimlarni tabiiy va ijtimoiy kategoriya nuqtayi nazaridan optimallashtirish yo‘llari ilmiy asoslanadi

Ekologik xavfsizlikni ta’minlashning ilmiy- nazariy asoslari yaratiladi va h.k.



Organizmlarni muhofaza qilish tadqiq qilinadi va h.k.

Geotizimlar baholanadi, monitoringlashtiriladi, nazoratlanadi, prognozlashtiriladi, kartalashtiriladi, ra- yonlashtiriladi va h.k.

Ekologiyani amaliyot bilan uzviy bog‘lash maqsadida 1989-yili O‘zbekistonda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning viloyat bo‘linmalari tashkil etildi. 2008-yilda esa ekologik qonunchilikni takomillashtirish, jamoat birlashmalari va fuqarolarning ekologiya-salomatlik borasidagi faoliyatlarini jadallashtirish uchun
«O‘zbekiston ekologik harakati» tashkil etildi va unga bir qator muhim boshqaruv funksiyalari yuklatildi. 2012-yili BMTning GEF fondi tomonidan Urganch davlat universiteti qoshidagi Barqaror rivojlanish uchun ta’lim kafedrasi va Xorazm agro-konsultativ markazi – «KRASS»ga «Amaliy ekologiya»dan maxsus o‘quv standartlari va majmualarini yaratish loyihasini qo‘llab-quvvatlandi.
Gipoteza yaratishga keladigan bo‘lsak, u grekchada asos yoki taxmin qilish degan ma’nolarni anglatadi. Ekologiya fanida esa gipoteza aholining ommaviy tarzda ekologik ongi va madaniyatini ko‘tarish uchun kishilik jamiyatining barcha faoliyatida, inson qanday kasb egasi yoki qay yoshda bo‘lmasin baribir ekologik tarbiya va ta’limning majburiylik prinsipi kiritildi. Abdullo Avloniyning «Tarbiya biz uchun ham hayot, ham najot» degan so‘zlarini ekologik tarbiyada qo‘llash juda o‘rinlidir. Ushbu tarbiyaviy jarayon beshikdan to qabrgacha davom etsagina biz nafaqat insonlar, balki butun organizmlar uchun ekologik xavfsizlikni ta’minlab bera olamiz, degan gipotezani olg‘a surishi mumkin.
Yuqoridagi gipotezaning hayotiyligini quyidagi misollarda ko‘rish mumkin. 1990-yilgacha O‘zbekistonda yovvoyi o‘sadigan dorivor va iste’mol qilinadigan o‘simliklar dunyosidan foydalanish me’yorlari o‘rnatilmagan edi. 1991-yildan boshlab ushbu jarayon mustaqil respublikamizda me’yorlandi, 1995-yildan buyon O‘zR FA «Botanika» IIChM tomonidan maxsus ilmiy tadqiqotlar rejasiga kiritildi va aholi o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni olib borish natijasida dorivor va ozuqabop yovvoyi o‘simliklar dunyosidan foydalanish nazoratga olindi.
Ilmiy bashoratlash fanda prognozlashtirish deb yuritiladi80. Orol dengizining jadal ravishda qurib ketishini XX asrning 60-yillarida sobiq SSSR suv muammolari instituti olimlari tomonidan prognoz qilingan edi. Shuning uchun ham sobiq Ittifoq davrida eng Oliy boshqaruv organi hisoblangan KPSSning XXV–XXVII-syezdlarida «Sibir daryolarini janubga – O‘rta Osiyoga oqizish» loyihasi kun tartibiga qo‘yilgan va qarorlarida aks etgan edi. Lekin XX asrning ushbu ulkan irrigatsiya-melioratsiya sohasidagi loyiha ekologik ekspertizadan o‘tmaganligi va xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaganligi uchun ham amalga oshmay qoldi. Natijada olimlarning Orol taqdiriga oid prognozlari to‘g‘ri chiqdi. Hammamizga ma’lumki, keyingi 30–40 yil ichida 5 mln gektardan ortiq maydon suvsizlanishi natijasida Orol dengizi Yer kurrasidagi eng yirik ko‘ldan eng tez qurib borayotgan mayda ko‘lchalarga aylanib qoldi.
O‘zbekistonda ekologiya yo‘nalishidagi tadqiqotlarni nafaqat geografiya, balki ekologiya sohasida ham olib borgan zabardast



80 Прогноз. ¤збек тилининг изоµли луІати. 3-жилд. – Т.: «¤зМЭДИН». 310-б.

olim, professor R.U. Rahimbekov81 O‘rta Osiyolik ekolo-geografik ilmiy maktablarning yaratilishi bilan


bog‘laydi. Umumiy tarzda olim tabiatshunoslikga oid tadqiqotlarni quyidagicha guruhlashtirgan:

  • fizoekolo-geografik maktab – N.L. Korjenevskiy, V.M. Chetirkin, L.N. Babushkin – N.A. Kogay, V.L. Shuls

  • O.P. Poslavskaya, R.U. Rahimbekov;

    • pedoekologo-geografik maktab – N.A. Dimo, I.N. Stepanov;

    • fitoekologo-geografik maktab – K.Z. Zokirov, Y.P. Korovin, M.G. Popov;

    • zooekologo-geografik maktab – A.I. Izrail, A.S. Shatalina, A.L. Brodskiy, T.Z. Zoxidov, B.O. Toshmuhamedov, G.K. Komilov;

    • agroekologo-geografik maktab – S.N. Rijov – D.S. Sattarov, A.A. Ergashev va h.k.

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hisobotiga ko‘ra82 keyingi 19 yil ichida ekologik fan ko‘proq amaliy-innovatsion yo‘nalish kasb etib, ular asosan quyidagi masalalarni hal etishga qaratilgan edi:

    • sog‘liqni saqlash va atrof-muhit muammolarini samarali yechishda ustuvor metodlarni yaratish;

    • qurilishning barcha turlari uchun yer tanlashda zarur bo‘lgan hujjatlar tarkibi bo‘yicha ko‘rsatmalarni

ishlab chiqish;

    • atmosfera havosiga zararli chiqindilarni tashlashni inventarizatsiya qilish;

    • atrof-muhitni inson salomatligiga ta’sirini baholash;

    • tabiiy resurslar sifati, holati ustidan monitoring olib borish va

ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha kompleks sxemalar va tadbirlar ishlab chiqish;

    • Orol muammosi oqibatlarini yengillashtirish bo‘yicha kompleks tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini

ishlab chiqish va amalga oshrish;

    • atrof-muhit ta’sirini baholash loyihalarini ishlab chiqish;

    • ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar bo‘yicha ishlarni olib borish va h.k.

Xulosa qilib aytganda, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda fundamental yo‘nalishdagi ilmiy ishlanmalar ko‘lamini O‘zbekistonda kengaytirish o‘ta dolzarb masala hisoblanadi. Chunki amaliy va innovatsion tadqiqotlarni ekologik masalalarga yo‘naltirish aynan fundamental ishlanmalarni yetarli darajada yo‘lga qo‘yilganligi bilan baholanadi.

    1. Yüklə 4,14 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə