Book · January 013 citation reads 419 1


Yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə101/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish. Yer osti boyliklari nisbiy tushuncha bo‘lib, unga nafaqat tuproq ostidagi, balki yer yuzasi va suv obyektlari tubida, ya’ni yer qa’rida joylashgan mineral moddalar ham kiradi. Mineral – yer yuzida va qa’rida fizik va kimyoviy jarayonlar natijasida vujudga kelgan, kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari jihatidan deyarli bir xil bo‘lgan jins (modda)77. Shunday qilib, mineralning tuproq yoki tuproq hosil qiluvchi ona jinsdan farqi uning kimyoviy tarkibi (kimyoviy elementlar soni va uning o‘zaro



77 Энциклопедик луІат. 1-ж. – Т.: ¤СЭБР, 1987. 522-б.
birikmasi) va fizik xususiyatlari (suv va temperatura rejimi, katta-kichikligi, sinishi, qattiqligi) bilan farq qiladi. Masalan, toshko‘mir – 97% gacha ugleroddan va qolgani esa uchuvchi moddalardan tarkib topgan. Issiqlik berishi 7200–
8750 kkal/kg. Ohaktosh – karbonli birikma, uning fizik xususiyatlaridan biri suvda eruvchanligi va uning natijasida katta miqdorda energiya ajratib chiqaradigan jinsligi.
Ayrim mutaxassislar78 yer osti boyliklarini «yer osti qazilmalari» deb ham yuritadilar. Lekin bu fikrga to‘liq qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki, sayyoramizda uchraydigan 3 ming turdan oshiq minerallarning atigi 200 — 300 xil turi inson faoliyatida «qazilma» boylik sifatida ishlatiladi, xolos. Undan tashqari, minerallar nafaqat iqtisodiy, balki ekologik va madaniy sog‘lomlashtirish vazifalarini ham bajaradi.
Yer osti boyliklarining ekologik funksiyasi ekotizimlarning tabiiy fundamenti, pedosferani hosil qiluvchi ona jinslarning tarkib topishidagi mineral asosi ekanligi. Mineralning kimyoviy, fizik va biologik yemirilishi natijasida ona jinslar hosil bo‘ladi va tirik organizmlarning faoliyati natijasida ular tuproqqa aylanadi. Bunday tabiiy jarayon yer osti minerallarining ekologik tizimlarda ishtirok etishini ta’minlab beradi. Yer osti boyliklarining iqtisodiy funksiyasi — insonlarning kundalik hayotidagi (energetika, qurilish,
sanoat va h.k. jabhalarida) moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi mineral xomashyoligi.
Yer osti boyliklarining madaniy-sog‘lomlashtirish funksiyasi — yer qa’ri va minerallarning foydali
xususiyatlarini insonlarning dam olishi va salomatligini tiklashda ishlatilishi.
Yer osti boyliklarining o‘ziga xos tomonlaridan biri ularni tugallanadigan va qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslar toifasiga kirishidir. Agarda o‘simlik va hayvonot dunyosining qayta tiklanish davri bir necha daqiqadan bir necha o‘n yillarni, tuproq – yuzlab yillarni, suv – 10 yildan 5000 yilgacha vaqtni o‘z ichiga olsa, minerallarning tiklanish davri yuz minglab yoki millionlab yillarni talab etadi. Insoniyat tarixida bu jarayon juda uzoq muddatli davr bo‘lgani uchun ham, biz ularni tiklanish imkoniyati yo‘q yoki tiklanmaydigan tabiiy resurslar toifasiga kiritamiz.
Ayrim minerallar (qum, tosh, toshko‘mir va h.k.) yer usti va suv ostida ham uchraydi. Lekin ularning aksariyati (90% dan ortig‘i) yer qa’rida uchragani uchun ham, biz shartli ravishda ularni – «yer osti boyliklari» deb ataymiz. Ular nafaqat tabiiy resurs sifatida, balki tabiiy boylik (obyekt) sifatida ham qaralib, ularni muhofaza qilish esa ekologik tizimlarning harakatini saqlab qolish demakdir.
O‘zbekistonda yer osti boyliklaridan 100 dan ortig‘i mineral resurslar sifatida ishlatilib kelinmoqda. Ularning moliyaviy potensiali 3,3 trln yillik qazib olishning iqtisodiy ko‘rsatkichi 5,5 mlrd AQSH dollariga tengdir. Shuning uchun ham mineral xomashyo bizning asosiy boyligimiz hisoblanadi. Ulardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘zining
«O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarida O‘zbekiston sobiq Ittifoqning mineral xomashyo bazasi bo‘lgani va undan o‘ta shafqatsizlarcha —
«tagi yo‘q bochka» kabi foydalanganliklarini alohida ta’kidlab o‘tgan. Natijada ular ekologik tizimlarning buzilishiga, «oy landshafti»ga o‘xshash chiqindi moddalar tepaliklarini paydo qilishga, radioaktiv xavfli tegralarni vujudga keltirishga sabab bo‘lganini aytib o‘tgan. Endilikda bunday qayta tiklanmaydigan zaxiralardan qat’iy mezon asosida foydalanish, ularni qazib olish va qayta ishlash chog‘ida isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik kerak. Buning uchun eskirgan qayta ishlash va qazib olish uskunalarini yangi texnologiyalar bilan almashtirish, rekonstruksiya qilish zarur. Tog‘-kon sanoatining chiqindilarini o‘zlashtirishni yanada kengaytirish hamda buzilgan yerlarni qayta yaroqli holga keltirish talablarini amaliy qo‘llash lozim.
Mustaqil Respublikamiz bozor munosabatlariga o‘tib borar ekan, tabiiy boyliklardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni huquqiy tartibga solish o‘zgarib, takomillashib boraveradi. Eng asosiysi, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir huquqiy me’yorlarni amaliyotda qo‘llash mexanizmini to‘liq ishlab chiqishdir. Aks holda qonunlarimiz «tishsiz» bo‘lib qolishi va jamiyatda huquqiy negilizm holati vujudga kelishi mumkin.



Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə