Book · January 013 citation reads 419 1


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə102/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar


  1. Amaliy ekologiya fanmi yoki ta’limmi?




78 Х.Т. Турсунов. Экология асослари ва табиатни муµофаза іилиш. – Т.: Саодат РИА, 1997. 5-б.

  1. Amaliy ekologiyaning tadqiqot predmeti va prinsiplari nimalardan iborat?

  2. Amaliy ekologiyaning vazifalarini sanab o‘ting.

  3. Iqtisodiyot tarmoqlariga qarab ekologik fanlar qanday tasniflanadi?

  4. Ekotizimlar sanoat tarmoqlari bo‘yicha qanday guruhlashtiriladi?

  5. Iqtisodiyot tarmoqlarida tuproqlarni muhofaza qilish istiqbollarini aytib bering.

Ekologiyalashgan tadbirlar iqtisodiyotlashtirilgandir.
Amerikalik ekologlar prinsipi


    1. bob. EKOLOGIK FAN VA TA’LIM

    1. Ekologiya fanining falsafiy asoslari va uni respublikamizda rivojlanishi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1994-yil 7-iyulda respublika Fanlar akademiyasi
umumiy yig‘ilishida «Ilmu fan mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilsin» mavzusida so‘zlagan nutqida,
«... yangicha fikrlash – g‘oyat murakkab va bu bir kunda hal bo‘ladigan ish emas. Buning uchun ancha vaqt va katta mas’uliyat kerak. Shuning uchun ham jamiyatni isloh etishda yangicha, zamonaviy fikrlovchi kishilarga tayanishni men hal qiluvchi omil deb hisoblayman. Bu masalaning hayotimizning barcha tarmoqlariga, shu jumladan, ilmu fan sohasiga ham bevosita daxli bor», – deb bejiz ta’kidlamagan edilar. Zero yangi rivojlanib va shakllanib kelayotgan ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga oid fan va uning ilmiy-nazariy asoslari ham bundan istisno emas, albatta.
Barcha fanlarda bo‘lgani kabi «Ekologiya»da ham hanuzgacha o‘z yechimini topmagan ilmiy-nazariy asoslar mavjud. Chunki, aynan, fundamental nazariy asos muayyan fan yoki fanlar tizimining mazmun va mohiyatini ochib beradi, uni boshqa fanlardan ajratib turadigan o‘ziga xos xususiyatlarini yoritadi, rivojlanish bosqichlarini, ya’ni ekologik qarashlar tarixini aniqlab beradi va h.k. Nazariya esa dogma emas, u zamonga mos ravishda o‘zgarib turadi, rivojlanadi va takomillashib boradi.
Hammamizga ma’lumki, barcha fanlarning «ildizi» falsafaga borib taqaladi. Falsafada nazariya bilimning biror-bir sohasiga oid g‘oyalar tizimi yoki voqelik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida bir butun tasavvur beradigan bilim shakli79. Nazariyaning asosiy vazifasi tajribalar bergan dalillarni izohlash, voqea va hodisalarning mazmun va mohiyatiga chuqurroq kirib borish, yangi paydo bo‘lganlarini avvaldan ko‘ra bilish hamda yangi bilimlar hosil qilishdagi boshlang‘ich asosni shakllantirish. Nazariya amaliyot bilan uzviy bog‘langandagina u yashovchan bo‘ladi, harakat va rivoj- lanish quroliga aylana oladi.
Nazariyaga nisbatan falsafiy qarash ekologiya nazariyasiga oid qarashlarni yoki qarashlar tizimini (konsepsiyani) shakllantirishda quyidagi elementlarga, to‘g‘rirog‘i, yo‘naltiruvchi qoida va prinsiplarga e’tiborimizni qaratishga chaqiradi:
tajribadan kelib chiqish;
voqea va hodisalarga chuqurroq kirib borish;
yangi g‘oyalarni avvaldan ko‘ra bilish;
amaliyot bilan uzviy bog‘lanish;
gipoteza yaratish;
gipotezani hayotda isbotlash;
ilmiy bashoratlash.
Ekologiya nazariyasida, uning ilmiy asoslarini ochib berishda ham biz aynan ushbu yuqorida sanab o‘tilgan prinsipial qoidalarga amal qilishga harakat qilamiz. Masalan, ko‘p yillik tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, «Ekologiya» O‘zbekistonda mustaqil fan tarmog‘iga aylanmagan. Uni biologlar biologiyalashtirishga, geograflar geografiyalashtirishga, kimyogarlar esa kimyolashtirishga harakat



79 Назария. ¤збекистон Миллий энциклопедияси. 6-жилд. – Т.: «¤зМЭДИН», 2003. 242-б.
qiladilar. Buni, birinchidan, 2012–2016-yillar uchun O‘zR VM huzuridagi DFTM tomonidan 2011-yilda e’lon qilingan prioritet (birlamchi) ilmiy tadqiqotlar loyihalarida ekologiya va atrof-muhit muhofazasi masalalarining kirmay qolganligidan bilish mumkin. Ikkinchidan, keyingi 20–25 yil ichida chop etilgan o‘quv adabiyotlari va monografiyalarning mazmun va mohiyati ushbu adabiyotlarni qaysi bir soha mutaxassisi tomonidan chop etilganligiga qarab bir tomonlama og‘ishib ketilgan. Chunki sobiq Ittifoq davrida «ekolog» ta’lim yo‘nalishi yo‘q edi va tegishli mutaxassisilar tayyorlanmagan. Mustaqillik davrida yetishib chiqqan ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi mutaxassislar hanuzgacha chuqur ilmiy asarlar yaratish darajasida emasligidan deb bilamiz.
Agarda ekologiyaning ilmiy-nazariy jihatlariga chuqurroq kirib boradigan bo‘lsak, unda biologiya va geografiyadan farqli o‘ziga xos tadqiqot ishlari olib borilishi talab etiladi (9.1.1-jadval).
Kelgusida, yangi g‘oyalarni avvaldan ko‘ra bilish nuqtayi nazaridan, barcha ekologik tadqiqotlar yangidan tasniflangan va ilmiy asoslangan ekotizimlarni atroflicha tahlil qilish, ularni nanoorganizmlarning ham yashash muhiti sifatida tasniflash, barcha ekologik tadbirlarni ma’muriy birliklar doirasida emas, balki ekotizimlar doirasida
olib borishning ilmiy-amaliy jihatlarini ochib berish kabi tadqiqotlarga yo‘naltiriladi.
9.1.1-jadval

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə