Book · January 013 citation reads 419 1


Xavfli chiqindilarni chetlashtirish



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə98/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Xavfli chiqindilarni chetlashtirish. Xavfli chiqindilarning paydo bo‘lishi, saqlanishi, qayta ishlanishi, tashilishi, rekuperatsiyalanishi (qayta ishlab chiqarishga jalb etilishi) va chetlashtirilishini samarali nazoratlash sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va barqaror rivojlanishda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa xalqaro hamjamiyat, hukumatlar hamda sanoat tarmoqlari, yirik milliy korxonalar, transmilliy korporatsiyalarning boshqaruvchilari o‘rtasidagi faol hamkorlik va umumishtirokchilikni talab etadi.
Xavfli chiqindilarni kompleks boshqarish yoki tartibga solish maqsadida ularning yig‘ilishini oldini olish va undan zararlangan hududlarni qayta tiklash uchun bilim va tajriba, mutaxassislar, jamg‘armalar, moliyaviy resurslar, texnik va ilmiy jihatdan salohiyatli bo‘lishi zarur.
Ko‘pgina mamlakatlar, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar, atrof-muhit va kishilar salomatligiga salbiy ta’sir etayotgan, noqonuniy ravishda amalga oshirilayotgan xavfli chiqindilarning bir qismi xalqaro miqyosda tashilayotganligidan xavotirda. Xavfli chiqindilarni utillashtirishni kompleks boshqarish maqsadi ular paydo bo‘lishini minimallashtirish hamda atrof-muhitga juda kam miqdorda zarar yetkazishni nazarda tutadi. Buning uchun:

  • nisbatan toza ishlab chiqarishning kompleks strategiyasi doirasida xavfli chiqindilarning paydo

bo‘lishini minimallashtirish yoki oldini olish;

  • xavfli chiqindilarni ekologik xavfsiz va samarali chiqarish orqali ularni davlatlararo tashilishini

to‘xtatish yoki kamaytirish;

  • xavfli chiqindilarni ekologik xavfsiz ravishda chiqarilishini maksimal darajada mazkur chiqindilarni paydo qilgan davlatlarda ta’minlash (ularni davlatlararo tashilishi ekologik va iqtisodiy jihatdan zarur bo‘lgan holatda manfaatdor tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga qat’iy amal qilish);

  • xavfli chiqindilarning davlatlararo tashilishi va chiqarilishini nazorat qilish to‘g‘risidagi Bazel konvensiyasini davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilish. Konvensiyada ko‘rsatilgan ishtirokchilarning javobgarligi va yetkazilgan zararni qoplash mexanizmi va prinsiplariga oid protokolni tezda ishlab chiqish;

  • xavfli chiqindilarni Afrika qit’asiga olib kirilishi unda tashilishini nazorat qilish to‘g‘risidagi Bamak konvensiyasini uning ishtirokchilari tomonidan ratifikatsiya qilish. Konvensiya ishtirokchilarining javobgarligi va yetkazilgan zararni qoplash mexanizmi to‘g‘risidagi protokolni tayyorlash;

  • mustaqil ravishda yoki xalqaro kelishuvlarga binoan o‘z milliy hududlariga xavfli chiqindilarni chiqarishni man etgan davlatlarga ularni olib kirishni to‘xtatish. Masalan, Bamak va Lomey konvensiyasining ishtirokchi davlatlariga.

Barqaror rivojlanish dasturlariga muvofiq ravishda xavfli chiqindilarni chiqarish quyidagi maqsadlarni
ko‘zlaydi:

  • xavfli chiqindilar yuzaga kelishining oldini olish yoki minimallashtirishga yordam berish;

  • xavfli chiqindilarni chetlashtirish borasidagi tashkiliy imkoniyatlarni jadallashtirish va mustahkamlash;

  • xavfli chiqindilarni davlatlararo tashilishini boshqarish masalasida xalqaro hamkorlikni

rag‘batlantirish va mustahkamlash;

  • xalqaro miqyosda xavfli chiqindilarni noqonuniy ravishda tashilishining oldini olish va h.k.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə