Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə106/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Irlandiyaning ekologik ta’limi quyidagi masalalarni hal qilishga qaratilgan: insonni atrof-muhit bilan munosabati kompleksliligini tushuntirishga yordamlashish; shahar va qishloq hududlarida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ekologik munosabatlarga qiziqishlarini rag‘batlantirish; har bir tinglovchiga mas’uliyatli
ekologik yechimni qabul qilish uchun bilim, munosabat, qadriyat va malakani olishi hamda tabiiy muhitni himoya qilish va takomillashtirish uchun zarur amaliy bilim va ko‘nikmalarni berish; individual, guruh va jamoa ongida atrof-muhitda faoliyat olib borish va o‘zini tutish bo‘yicha yangi ekologik modellarni yaratish va uni amalda tatbiq etish; alohida fuqaro, turli ijtimoiy guruh va jamoalarda tabiatga nisbatan yangicha munosabatda bo‘lishni shakllantirishga yordam berish; aholining keng amaliy ekologik malaka olishlariga yordam berish; ekologik muammolarni aniqlash va tasniflashni shakllantirish; muammoli masala va vaziyatlarni hal qilish; ekologik muammolar yechimini qabul qilish jarayonida ishtirok etish.
Shvetsiyada ekologik ta’lim 1970-yilda Yevropa Atrof-muhit yiliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish arafasida yaratildi. Shu yillarda atrof-muhit muhofazasi ta’limi yangi to‘qqiz yillik majburiy ta’limga kiritildi. Shu bilan birga atrof-muhit masalalari bo‘yicha Milliy dastur tayyorlandi va qabul qilindi. Uning talablariga binoan Shvetsiyada pedagog va o‘quvchilar uchun yangi o‘quv qo‘llanmalar va yo‘riqnomalar nashr qilindi. Ekologik ta’lim Skandinaviya yarimorolida joylashgan davlatlarning hamkorligidagi birlamchi masalaga aylandi. Shvetsiya atrof-muhitni muhofaza qilish jamiyati va ta’lim bo‘yicha Milliy agentligi hamkorligida ekologik ta’limning muammolari bo‘yicha umumdavlat axborot tizimi yaratildi.
Yaponiyaning milliy xo‘jaligining yuksak ekologik madaniyati atrof-muhit sohasidagi ta’lim dasturlari orqali erishilgan bo‘lib, unda milliy kasbiy tayyorgarlikning barcha bosqichlari qamrab olingan. Yaponlar dinga ko‘p kirishmagan, shuning uchun ham ularda ikonalar o‘rnida go‘zallik mehrobi – gulli vaza turadi. Ikebana Yer planetasidagi barcha insonlarga ma’lumdir. Yaponlarning tabiatga munosabati – bu o‘zgacha milliy psixologiya bo‘lib, uning asosida zamonaviy ong yotadi. Shuning uchun ham ularda ekologik tarbiya qadimiy tarixga ega.
AQSHning umumta’lim maktablaridagi ekologik ta’lim turli shakl, yo‘nalish va uslubiy yondashuv, barcha ta’lim yo‘nalishlari mazmuniga ekologik etikani chuqur kirib borishi, aholining atrof-muhitga ehtiyotkorlik va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishini shakllantirish jarayonida keng ommani, ayniqsa, nodavlat zamoat tashkilotlarini jalb qilish bilan birga olib boriladi.
Rossiya davlatining ekologiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy kasbiy ta’limning Davlat ta’lim standartlarida ekolog quyidagi faoliyatni yurgizishi mumkin: loyihalash, ishlab chiqarish va pedagogika. Unda ta’lim olishni davom ettirish 013100 – «Ekologiya» yo‘nalishi bo‘yicha oliy kasbiy ta’lim dasturini o‘zlashtirgan ekolog magistratura mutaxassisligi bo‘yicha «Ekologiya va tabiatdan foydalanish» hamda «Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish», «Ekologiya» va boshqa yaqin mutaxassisliklar yo‘nalishlarida davom ettirishi mumkin.
Ekologiya mutaxassisligi bo‘yicha ekologlarni tayyorlashda majburiy ta’lim dasturlariga kiritilgan fanlar
quyidagilardan iborat (9.2.1 va 9.2.2-jadvallar):

9.2.1-jadval



Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə