Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə105/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Avstriyada ekologik ta’lim zamini maktab dasturlariga kiritilgan. Masalan, maxsus maktab loyihalarini tashkillashtirish («Maktab bog‘i», «Atrof-muhit tarixi», «Maktabda ekologiya», «Ekologik ustaxona», «Tabiat uchun ijodiyot»); tabiatni muhofaza qilish aksiyalarini o‘tkazish («Ozon», «Alp faoliyati»); turli xil didaktik materiallar va maxsus o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash; pedagog-ekologlar uchun seminarlar hamda bolalarning ekologik ta’limida ishtirok etuvchi barcha mutaxassislarni qayta tayyorlash kurslari; ekologik ta’lim masalalari bo‘yicha jurnal va gazetalar nashri; «Atrof-muhit, maktab va jamoat» va shu yo‘sindagi maxsus ekologik ta’lim dasturlarini tayyorlash; ekologik ta’lim masalalari bo‘yicha umumdavlat ma’lumotlar bankini yaratish; koordinatsion funksiyalarni amalga oshirish; bolalarni ekologik ta’limi bilan bog‘liq bo‘lgan maktab va maktabdan tashqari ekologik ta’lim, turli loyihalarda ishtirok etish xohishini bildirgan o‘qituvchilarni konsultatsiyalash. Avstriyaning oliy kasbiy ta’lim bosqichida ekologik ta’lim to‘g‘ridan to‘g‘ri maxsus va kasbiy fanlarni tanlov asosida o‘qitishdan boshlanadi. Umumiy ekologik ta’lim va tarbiya esa umumiy ta’lim tizimiga kiritilgan.
Daniyadagi ekologik ta’lim va tarbiya muammolari barcha pedagogik kasbiy ta’lim tizimiga kiritilgan. Pedagoglarni tayyorlashda majburiy ekologik ta’lim, fanlararo mustaqil ta’lim, tegishli o‘quv materiallarning ommabopligida namoyon etilgan. Daniya, Skandinaviya yarimoroli davlatlari bilan Shimoliy Simpozium o‘tkazish va «Skandinaviyada atrof-muhit sohasida ta’lim», «Boltiq dengizi», «Shimoliy dengiz» xalqaro va
«Toza daryolar», «Kislotali yomg‘ir», «Yashil bayroq» milliy ta’lim loyihalarini amalga oshirish, dengiz sohillarining ekologik holatini kartalashtirish va o‘rganish yo‘li bilan uzoq muddatli hamkorlik loyihalarining doimiy qatnashchisidir.
Germaniyada ekologik ta’lim yoshlarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini o‘zgartirish va bilimlarini rivojlantirish, ularning tabiatni muhofaza qilishga tayyorligini oshirish, o‘sib kelayotgan avlodda ekologik mas’uliyatli xulqni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Bunda asosiy urg‘u inson, jamiyat va tabiiy muhit orasidagi munosabatlarni ochib berishga qaratiladi. Ekologik ta’limda inson omili asosiy bo‘lib, u ekotizimlarni halokatli ifloslanishga olib kelmoqda.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə