Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə104/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Ekologik ta’lim


1972-yil Atrof-muhit bo‘yicha Stokgolm konferensiyasida ekologik ta’limning xalqaro dasturini yaratish bo‘yicha tavsiyanoma qabul qilindi. Unda «inson-jamiyat-tabiat» munosabatiga oid bilim ekologik ta’limdan boshlanishi haqida uqtirildi, chunki bugungi kunda Yer kurrasida ekologik ta’lim atrof-muhit muhofazasi sohasida kadrlar tayyorlashning zaminidir. BMTning «Rio+20» konferensiyasining qarorida insoniyatni yer yuzida saqlab qolish strategiyasi va barqaror rivojlanishini tatbiq qilishda ekologik ta’limning o‘rni ulkanligi alohida ta’kidlab o‘tilgan edi.
Chet mamlakatlarda ta’limni ekologiyazatsiyalash bizning mamlakatimizdan barvaqt boshlangan. Sharqiy Yevropa va AQSH mamlakatlarida tabiiy muhit ifloslanishining oldini olish maqsadida atrof-muhitni saqlash strategiyasidan uning holatini hamma bosqichda nazorat qilishga tomon bormoqda. Davlatlarning ichki va tashqi siyosatida atrof-muhit muhofazasi masalalari kiritilganligi nazoratga olinib, insoniyatning atrof- muhitdagi barcha faoliyati barqaror rivojlanish tamoyillariga to‘liq mos kelishi xalqaro hamjamiyat e’tiboridadir. Yangicha yondashuvning diqqatga sazovor tomonlaridan biri jamoatchilikka turli xil ekologik yo‘sindagi axborotlarni erkin olish va tarqatishlariga keng huquqlar berilganligidadir.
Ekologik ta’lim sohasida chet el olimlari bir necha o‘n yilliklar mobayanida quyidagi muammolar ustidan
izlanishlar olib bormoqdalar. Masalan:



81 Раxимбеков Р.У. Отечественная экологическая школа: история её формирования и развития. – T.:«Шарі», 1995. 256 c.


82 O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit holati va tabiiy resusrlardan foydalanish to‘g‘risida Milliy ma’ruza – 2008. (1988–2007-yillar
bo‘yicha retrospektiv tahlil). – T.: «Chinor ENK», 2008. 224–228-b.

  • V.E. Girusov, V.I. Danilov-Danilyan, H.A. Karmayev, I.I. Kravchenko, G.A. Kuznetsov, H.H. Moiseyev, N.F. Reymers, A.D. Ursul, R.G. Barker, V.R. Catton, D.D. Chiras, R.E. Dunlap va boshqalar ekologik ta’lim asoslarining falsafiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa jihatlari;

  • G.V. Akopov, A.A. Aldashev, A.A. Brudniy, V.E. Girusov, A.D. Ioseliani, D.N. Kavtaradze, N.M. Mamedov,

    1. Medvedev, E.I. Cherdimova, B.A. Yasvin, D.H. Meadovs, D.L. Meadovs, J. Randers, A.W. Wiecker va boshqalar insonlarning tabiatga munosabatini keskin o‘zgartiruvchi ekologik ta’lim mazmuni va mohiyati, tuzilishi, ekologik ong va madaniyatni shakllantirish masalalari;

ekologik ta’limning asosiy maqsadi sifatida ekologik madaniyatni shakllantirish;

      • A.F. Baranov, N.B. Dementyev, Y.I. Mixalchenko, J.B. Moiseyeva, O.V. Popova, B.I. Strelets, L.F. Tararina

va boshqalar uzluksiz ekologik ta’lim tizimini hamda uning mintaqaviy jihatlarini yaratish;

      • A.N. Zaxlebniy, I.D. Zveryev, V.M. Senkevich, G.P. Sikorskaya, I.T. Suravegina, Ch.M. Geesteranus, J.C. Smith, L.F. Schmore, A.J. Suvan va boshqalar umumiy ekologik ta’lim va tarbiyaning nazariy-metodik asoslarini aniqlash;

      • V.I. Blinnikov, G.S. Kamerilova, S.S. Kashlev, A.B. Mironov, O.D. Duncan, S. Foresman va boshqalar

umumta’lim muassasalarida pedagoglarni ekologik ta’lim va tarbiyaga tayyorlash;

      • E.I. Yefimova, I.N. Kondrashova, H.A. Liz, N.M. Mamedov, K.A.Romanova, U.Halbach va boshqalar turli darajadagi kasbiy ta’lim muassasalarida ekolog mutaxassislarni tayyorlashning turli yo‘nalishlari tahlili va ilmiy-amaliy ishlanmalarini yaratishga harakat qilmoqdalar.

Xalqaro standartlarga monand ravishda ekologik ta’limda atrof-muhit haqida, yordamida va uning uchun ta’limlari mavjud. Bu uchta komponent ekologik ta’limning bo‘laklangan masalalarini kompleks ravishda yechishni ta’minlaydi. Masalan, G‘arbiy Yevropada bolalar maxsus xo‘jaliklarda yovvoyi hamda uy hayvonlari bilan muloqotda bo‘lishi, hattoki ularni parvarish qilish orqali ekologik ta’lim-tarbiya sifatida uch yoshdan boshlanadi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə