O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi hamda “Suvqurilishinvest” davlat muassasalarida faoliyat yuritayotgan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloq



Yüklə 76,58 Kb.
səhifə1/15
tarix24.02.2023
ölçüsü76,58 Kb.
#101411
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Одоб-ахлоқ қоидалари ва низоми



O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligining 2022-yil
“___” oktyabrdagi ___-sonli buyrug‘iga
1-ilova


O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi hamda “Suvqurilishinvest” davlat muassasalarida faoliyat yuritayotgan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloq
QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi hamda “Suvqurilishinvest” davlat muassasalarida faoliyat yuritayotgan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda - Odob-axloq qoidalari) davlat fuqarolik xizmatchilarining (keyingi o‘rinlarda - davlat xizmatchilari) kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloqi, tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubining namunaviy qoidalarini belgilaydi.
Odob-axloq qoidalari davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgan.
2. Davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi shart:
qonuniylik;
Vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoyilik, yuklangan funksional vazifalarini to‘liq bajarish, ijro intizomiga qat’iy rioya etish;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik;
adolatlilik, halollik va xolislik;
korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish va qarshi kurashish;
xizmat sirini qat’iy saqlash;
mansab vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik;
manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik.
3. Davlat xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim:
davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti- harakatlardan tiyilish, axloq normalariga doimiy rioya qilish;
mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish;
murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish;
xushmuomalalik, e’tiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otish;
oilasida sog‘lom muhitni ta’minlab, oila a’zolariga doimiy g‘amxo‘r bo‘lish, farzandlarida vatanparvarlik va boshqa yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish;
fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qat’i nazar, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda bo‘lish;
jamiyatda axloqning umume’tirof etilgan qoidalariga amal qilish.
4. Davlat xizmatchilari o‘z vakolatlarini amalga oshirayotganda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Odob-axloq qoidalariga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
5. Davlat xizmatchilari Odob-axloq qoidalariga rioya qilish majburiyatiga, fuqarolar esa davlat xizmatchilaridan mazkur qoidalarga mos bo‘lgan kasbiy madaniyatni talab qilish huquqiga ega.
6. Davlat xizmatchilarining Odob-axloq qoidalariga rioya etishi ularning faoliyati hamda xizmatdagi axloqini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
Davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi holati ularni kelgusida yuqori lavozimlarga tayinlash va rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi.



Yüklə 76,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə