O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi hamda “Suvqurilishinvest” davlat muassasalarida faoliyat yuritayotgan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloq


-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik



Yüklə 76,58 Kb.
səhifə7/15
tarix24.02.2023
ölçüsü76,58 Kb.
#101411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Одоб-ахлоқ қоидалари ва низоми

10-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik
29. Davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik holati ularga nisbatan axloqiy va intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi.
30. Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun Odob-axloq komissiyasi tomonidan davlat xizmatchilariga quyidagi axloqiy ta’sir choralari qo‘llaniladi:
ogohlantirish;
uzr so‘rash yoki rasmiy uzrnoma keltirishni talab qilish;
davlat organlari va tashkilotlarining Hay’at va apparat yig‘ilishlarida tanbeh berish.
31. Odob-axloq komissiyasi davlat xizmatchisiga nisbatan intizomiy ta’sir chorasini qo‘llash uchun davlat organlari va tashkilotlari rahbariga taqdimnoma kiritishi mumkin.
Odob-axloq komissiyasi odob-axloq qoidalari davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan buzilgan taqdirda, ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish masalasi yuzasidan takliflarni yuqori turuvchi davlat organi va tashkiloti rahbariga yuboradi.
32. Davlat xizmatchisining Odob-axloq qoidalarini buzishi ularni qonunga muvofiq intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
11-bob. Yakuniy qoida
33. Agenlik tizimidagi “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mazkur Odob-axloq qoidalariga muvofiq o‘z idoraviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlaydi.


O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligining 2022-yil
“___” oktyabrdagi ___-sonli buyrug‘iga
3-ilova


O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi hamda “Suvqurilishinvest” davlat muassasalarida faoliyat yuritayotgan Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu nizom O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi hamda “Suvqurilishinvest” davlat muassasalarida Odob-axloq komissiyasi (keyingi o‘rinlarda - Komissiya) faoliyatini tartibga soladi.
2. Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi hamda “Suvqurilishinvest” davlat muassasalarida faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilari (keyingi o‘rinlarda - davlat xizmatchilari) tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etishini nazorat qilish, ularning axloq normalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olish va odob-axloq qoidalariga rioya etish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rib chiqish maqsadida tuziladi.
3. Komissiya faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatchilari odob-axloqining Namunaviy qoidalariga, ushbu Namunaviy nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Komissiya Komissiya raisi, kotibi va a’zolaridan iborat bo‘lib, umumiy soni besh nafardan kam bo‘lmasligi va toq sonda bo‘lishi lozim.
Komissiya tarkibiga tajribali, mehnat jamoasida obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan davlat xizmatchilari kiritiladi.
Komissiya tarkibi davlat organi va tashkiloti rahbari qarori bilan tasdiqlanadi va doimiy ravishda faoliyat yuritadi.
Komissiya tarkibiga komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi ehtimolini nazarda tutgan holda o‘zgartirish kiritiladi.


Yüklə 76,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə