O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi hamda “Suvqurilishinvest” davlat muassasalarida faoliyat yuritayotgan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloq



Yüklə 76,58 Kb.
səhifə6/15
tarix24.02.2023
ölçüsü76,58 Kb.
#101411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Одоб-ахлоқ қоидалари ва низоми

7-bob. Manfaatlar to‘qnashuvi
22. Davlat xizmatchilari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak.
23. Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda xodimlar o‘zining rahbarini darhol xabardor qilishi shart.
Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan rahbar bu to‘qnashuvning oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishga majbur.
8-bob. Davlat xizmatchilarining manfaatini himoya qilish
23. Davlat xizmatchilarini xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq tahdid, haqorat, tuhmat va qonunga xilof boshqa xatti-harakatlardan himoya qilish davlat organlari va tashkilotlarining rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
24. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga to‘sqinlik qilish, jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etishga og‘dirishga qaratilgan murojaatlar, shuningdek, hamkasblari tomonidan sodir etilgan yoki sodir etishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan qonunbuzilishlar haqida xabar bergan xodimlarni vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tahdid va xavf-xatarlardan himoya qilish choralari ko‘riladi.

9-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish
26. Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini boshqarish bo‘linmalari yoki Odob-axloq komissiyalari, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
27. Davlat organlari va tashkilotlarida lavozimga tayinlangan davlat xizmatchilari inson resurslarini boshqarish bo‘linmalari tomonidan mazkur Odob-axloq qoidalari bilan tilxat asosida imzo qo‘ydirgan holda tanishtiriladi.
28. Mazkur Odob-axloq qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi davlat organlari va tashkilotlari rahbarining ko‘rsatmasiga muvofiq Odob-axloq komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi.
Xizmat tekshiruvini o‘tkazish tartibi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan belgilanadi.


Yüklə 76,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə