O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi hamda “Suvqurilishinvest” davlat muassasalarida faoliyat yuritayotgan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloq


-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish



Yüklə 76,58 Kb.
səhifə9/15
tarix24.02.2023
ölçüsü76,58 Kb.
#101411
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Одоб-ахлоқ қоидалари ва низоми

3-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
9. Komissiya majlislari zaruriyatga qarab o‘tkaziladi.
Komissiya majlislari ochiq tarzda o‘tkaziladi. Zarur bo‘lgan hollarda Komissiya yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
10. Komissiya majlisini Komissiya raisi, u yo‘qligida esa, uning topshirig‘iga binoan Komissiya a’zolaridan biri olib boradi. Komissiya majlisida bayonnoma yuritiladi, u raislik qiluvchi va Komissiya kotibi tomonidan imzolanadi.
11. Komissiya majlislari, agar ularda Komissiya a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.
12. Komissiyaning navbatdagi majlisi to‘g‘risida uning raisi Komissiya a’zolariga yozma ravishda, qoida tariqasida, kamida ikki kun oldin xabar qiladi, shuningdek, majlisning boshqa ishtirokchilarini oldindan xabardor etadi.
13. Komissiyaning qarorlari majlisda qatnashgan Komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan hollarda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Komissiyaning qarorlari Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
14. Komissiya raisi:
Komissiya ishini tashkil etadi;
Komissiya majlislarini chaqiradi va o‘tkazadi;
Komissiya a’zolariga topshiriqlar beradi;
davlat organi va tashkilotining tarkibiy bo‘linmalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari, mansabdor shaxslar va jamoatchilik bilan bo‘lgan munosabatlarda Komissiya nomidan ish yuritadi;
Komissiya majlislarida Komissiya faoliyati to‘g‘risidagi axborot bilan so‘zga chiqadi;
har yili davlat organi yoki yuqori turuvchi tashkilot rahbariga Komissiya faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
15. Komissiya kotibi:
Komissiyaning faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash masalalarini hal qiladi;
Komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi, davlat organi va tashkiloti xodimlaridan zarur hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rab oladi;
kun tartibiga muvofiq Komissiya majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi;
Komissiyaning a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni Komissiya majlisi o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar haqida xabardor qiladi;
Komissiya majlisining bayonnomasini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomaning manfaatdor shaxslarga jo‘natilishini ta’minlaydi.
16. Komissiya a’zosi:
Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladigan barcha masalalar bo‘yicha ovoz berishga;
Komissiyaning ko‘rib chiqishi uchun masalalar va takliflar kiritishga;
qarorlar tayyorlanishida, muhokamasida, qabul qilinishida, shuningdek, ularning amalga oshirilishini tashkil etishda hamda bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etishga;
ko‘rib chiqilayotgan masalaga doir hujjatlar, ma’lumotnomalar va boshqa zarur axborot bilan tanishishga;
Komissiya qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda o‘z nuqtai nazarini bayon etishga haqli.
17. Komissiyasi a’zosi Komissiya majlisida hozir bo‘lishi va o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi shart.
Komissiya a’zosi Komissiya majlisida hozir bo‘lish imkoni bo‘lmaganda Komissiya raisini oldindan xabardor etishi lozim.
18. Komissiya majlisida ko‘rilayotgan masalalar Komissiya raisi, kotibi va a’zolariga bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan taqdirda o‘zini o‘zi rad qilishi shart.


Yüklə 76,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə