Book · January 013 citation reads 419 1


Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə92/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit. Rivojlanish yo‘lida turgan va asosan agrar sektori ustuvorlik qiladigan mamlakatlarda aholining taxminan 70 foizi aynan qishloqlarda yashaydi. Aholining kundalik o‘sib borayotgan oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun agrar sektorni intensiv rivojlantirish talab etiladi. Bu esa ko‘pincha mineral o‘g‘itlardan keng foydalanish hisobiga amalga oshiriladi. Oqibatda yer usti va ostidagi tirik organizmlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishning buzilishi atrof-muhitning ifloslanishi, zararkunandalarning muhitga chidamli shakllarining ko‘payib ketishi, ekologik jihatdan toza bo‘lmagan mahsulotlarning yetishtirilishi va aholining turli kasalliklar bilan kasallanishini va ekologik nosog‘lom muhitni yuzaga keltiradi.
Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonda uzoq yillar davomida paxta yakkahokimligiga asoslangan xalq xo‘jaligi bunga misol bo‘la oladi. Buning natijasida nafaqat mahalliy, balki eng mudhish va global muammo Orol va Orolbo‘yi inqirozli holati vujudga keldi. Respublikamizda sug‘oriladigan ekin maydonlari qishloq xo‘jaligi umumiy yer maydonining 15 foizini tashkil etsada, ammo u yalpi mahsulotning 93 foizidan ortig‘ini beradi. Barqaror rivojlanish konsepsiyasidan kelib chiqqan tarzda ekologik xavfsizlikni ta’minlash va ekologik toza qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olish uchun quyidagilarga e’tibor berish talab etiladi:

  • tuproq unumdorligini saqlash va qayta tiklash;

  • aholini inson resurslarini rivojlantirishga va atrof-muhit muhofazasiga ko‘proq jalb qilish;

  • qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga zamonaviy, ekologiyalashtirilgan texnologiyalarni jalb etish, qishloq

aholisi infrastrukturasini rivojlantirish;

  • yer resurslaridan qishloq xo‘jaligida foydalanishning axborot tizimlarini shakllantirish;

  • iqtisodiy rivojlanishga o‘tayotgan davlatlarda agrar siyosatni to‘g‘ri tashkil etish va uni targ‘ib qilish;

  • qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish;

  • agrar sohada o‘simlik va hayvonot genofondidan ilmiy asosda foydalanish;

  • tabiiy zararkunandalarga qarshi kurashning ekologik boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

  • qishloq xo‘jalik ekinlari va hayvonlarini zararli ekologik omillardan saqlashning samarali usullarini izlab topish va h.k.


Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə