Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə91/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Qurg‘oqchilik va cho‘llanish jarayonlarining oldini olish. Cho‘llanish – yer yuzasida o‘simlik qoplamining yo‘qolib borishi va o‘z-o‘zini qayta tiklay olmasligi. Qurg‘oqchilik – kutilmagan quruq ob-havo va haroratning keskin ko‘tarilishi natijasida tuproqdagi namlik darajasining keskin pasayishi. Cho‘llanish va qurg‘oqchilik jarayonlarining oldini olish va boshqarish juda dolzarb masala hisoblanadi, chunki har yili dunyoda o‘rtacha 1 mln gektar yer mazkur jarayonlar ta’siriga uchramoqda.
Xalqaro miqyosda cho‘llanish va qurg‘oqchilik jarayonlarini boshqarishga, ayniqsa cho‘l va sahro mintaqalarida alohida e’tibor berilgan. Yer yuzasining 6/1 qismi cho‘llanish jarayoniga uchragan. Shu bois sug‘oriladigan maydonlarning 30 foizida rejalashtirilgan hosil yig‘ishtirib olinmayapti va oqibatda yuz millionlab sayyoramiz aholisi yetarli darajada birlamchi ozuqa bilan ta’minlanmayapti. Bu borada barqaror rivojlanish konsepsiyasi quyidagilarni ko‘zda tutadi:

  • tegishli ma’lumotlar bankini, asosan mazkur jarayonlar kechayotgan hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini hisobga olgan tarzda yaratish;

  • tuproq degradatsiyasining, asosan yerdan oqilona foydalanish va o‘rmonlarni qayta tiklash hisobidan,

oldini olish;

  • cho‘llanish jarayonlari kechayotgan hududlardagi aholining ijtimoiy holatini tiklashda qo‘shimcha mablag‘ manbalarini izlab topish;

  • cho‘llanishning oldini olishning kompleks boshqarish chora-tadbirlariga oid milliy dasturlarni ishlab chiqish;

  • ekologik qochoqlar muammosiga alohida e’tibor berish;

  • aholining mazkur yo‘nalishdagi ishlarini qo‘llab-quvvatlash va keng jamoatchilik orasida ekologik

ta’lim tadbirlarini o‘tkazish va h.k.
Tog‘ ekotizimlari muhofazasi. Tog‘ – suv, energiya va biologik xilma-xillik manbai, qazilma boylik makoni, chorva yaylovlari asosi, tabiiy tizimning ekologik barqarorlik hududi hamda rekretsiya va salomatlikni tiklash imkoniyatini beruvchi hudud. Tog‘ murakkab va bir paytning o‘zida nozik ekotizimlar majmui, zero relyefi og‘ir geodinamik jarayonlarga o‘ta beriluvchandir. Ishlab chiqarish jarayonlarida kam ishtirok etgani uchun ham ulardagi aholi ijtimoiy jihatdan nisbatan kambag‘allashgan guruhlar toifasiga kiritiladi. Dunyo aholisining 10 foizga yaqini tog‘ resurslariga bog‘liq holda yashaydi, 40 foizidan ortig‘i esa uning mahsulotlaridan foydalanadi.
O‘zbekiston Respublikasi yer maydonining 20 foizini tog‘ ekotizimlari tashkil etadi. Lekin, biologik xilma- xillik nuqtayi nazaridan juda boy. U chuchuk suv manbai hisoblanadi va rekretsion hududga kiradi. Shuning uchun ham tog‘ ekotizimlarining barqarorligi mamlakatimiz rivojida muhim ekologik ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Tog‘ ekotizimlarining barqarorligini ta’minlashda quyidagilar alohida ahamiyat kasb etadi:

  • toza ichimlik suvi manbai sifatida alohida muhofaza etiladigan hududlarni tashkil qilishni birlamchi masala sifatida kiritish;

  • tog‘lardan aksariyat hollarda rekreatsiya va dam olish maskanlari sifatida foydalanish;

  • iqtisodiyot tarmoqlarini joylashtirish va loyihalashda uning nozik ekotizimlarini geodinamik

jarayonlardan saqlash masalasiga alohida e’tiborni qaratish;

  • sun’iy ravishda tog‘ o‘rmonlarini tashkil etish, borlarini esa qayta tiklash yuzasidan qayta ko‘rib

chiqish;

  • tog‘ yaylovlari kadastrini va monitoringini uning «yer sig‘imi» va «ekologik iz» nuqtayi nazaridan olib

borish;

  • qishloq xo‘jaligida tog‘larni o‘zlashtirishda uning geomorfologik ko‘rsatkichlari va qayta tiklash imkoniyatlariga alohida urg‘u berish;

  • tog‘-kon sanoatida rekultivatsiya tubdan melioratsiya qilish zamonaviy texnologiyasini yaratish;

  • mahalliy aholining ekologik bilimi va madaniyatini ko‘tarishga qo‘shimcha investitsion mablag‘larni

jalb etish va h.k.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə