Book · January 013 citation reads 419 1


Iqtisodiyot tarmoqlarida tuproqlarni muhofaza qilish istiqbollari



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə90/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Iqtisodiyot tarmoqlarida tuproqlarni muhofaza qilish istiqbollari


Iqtisodiyot tarmogi



Chora-tadbirlar

Atrof-muhit muhofazasida

Barcha yer toifalaridagi tuproqlarni ekologik jihatdan optimallashtirish yo‘llarini, yerlarning son va sifat bahosini aniqlash, operativ ekologik nazorat va monitoringni olib borish, huquqbuzarliklarga javongarlik muqarrarligini ta’minlash tizimini yaratish hamda amaliy mexanizmini shakllantirish.

Moliya va


ta’minotda

Ichki moliyaviy zaxiralar va maqsadli yo‘naltirilgan tashqi investit- siyalar orqali «Yer jamg‘armasi»ni tashkil etish. Buning uchun yer solig‘i va javobgarligi orqali budjetga tushayotgan mablag‘larning 60%
«Yer fondi»ga tushishi darkor. Zero ushbu mablag‘lar tuproqqa yetkazilayotgan zararni qoplashi va hattoki, davlatning dotatsiyalash va kreditlash siyosati aynan yerga «yuz tutishi» maqsadga muvofiqdir. Tashqi iqtisodiy aloqalar va qishloq xo‘jalik tovar mahsulotlarini rea - lizatsiya qilish keng tarmoqlangan xizmat ko‘rsatishga asoslanishi, ya’ni «bir dehqonga uch xizmatkor» prinsipida ish yuritmoq kerak. Qishloqda xizmat ko‘rsatishni xomashyoni qayta ishlay oladigan va kam chiqitli texnologiyalarini joriy qila oladigan kichik va o‘rta biznes sohiblariga topshirish darkor.

Qonunchilikda



Konstitutsiyamizning 55-moddasida yer bilan bir qatorda tuproqni alohida bir tabiiy zaxira, to‘g‘rirog‘i tabiiy «boylik» sifatida e’tirof etish va «Tuproq unumdorligi to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilish lozim. Unda unumdor o‘ta qimmatli sug‘oriladigan yerlarni faqatgina qishloq xo‘jalik maqsadlaridagi toifada ushlab turish va ixtisoslashgan fermerchilikni rivojlantirish lozim. Bonitet bahosi 30 balldan kam bo‘lgan sug‘orma yerlarni aholi punktlari va uning atrofini noqishloq xo‘jalik maqsadlarida ishlatish, mehnat resurslari kam bo‘lgan yerlarda esa kreditlash va dotatsiyalashning birlamchi obyekti sifatida qaramoq lozim. Chunki sug‘oriladigan yerlarning yarmidan ko‘pi turli darajada sho‘rlangan, 5/1 qismi eroziyaga uchragan, 12/1 qismi texnogen buzilgan, qolgan qismi esa ifloslangan. Yer qonunchiligida qishloq xo‘jalik subyektlari uchun 30 baldan boniteti past yer uchastkalarini yer solig‘iga tortmaslik yoki muddatini «ushbu yerlardan foyda olish muddatiga qadar», deb belgilanishi lozim. Chunki tabiiy va texnogen buzilgan yerlarning «o‘zlashtirish muddati» 3–25 yilgacha davom etishi mumkin. Yerlarning o‘zlashtirish muddati bo‘yicha yo‘riqnoma, tavsiyanoma va metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va doimo eks- pertlash normalarini ishlab chiqish lozim.

Tashkiliy- xo‘jalik yuritishda



Tuproqlarni diagnostika qiladigan, tez yordam ko‘rsatishni ta’minlaydigan
«Agrodoktor», «Yer tez yordami», «Yer klinikasi» kabi firmalarni tuzish va ularni kerakli moddiy-texnika va mutaxassislar bilan ta’minlash. Firmalarni tashkil etish va birlamchi faoliyatini yuritishda davlat bosh islohotchi bo‘lishi, ya’ni ularni soliqlardan ma’lum muddatga ozod qilish va ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ib qilish hamda ularga imtiyozli kretidlar berish, keyinchalik esa mustaqil xo‘jalik shartnomalari asosida ish yurituvchi subyektlarga aylantirish lozim. Tuproq nazoratida umumiqtisodiy, umumsiyosiy va umumekologik ahamiyatga molik bo‘lmagan yer uchastkalarini o‘zini o‘zi boshqaradigan uyushma va nodavlat-notijorat tashkilotlariga boshqarish va nazorat qilish uchun topshirish fuqarolik jamiyatining asosiy talablaridan biri hisoblanadi.



Ta’lim va
tarbiyada

Yer tuzish, kadastrlash, ekspertizalash, nazoratlashning yagona tizimini amalga oshirish yo‘nalishidagi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash. Qishloqda yuridik xizmatni yo‘lga qo‘yuvchi agroyuristlarni tayyorlash. Buning uchun maxsus davlat dasturini ishlab chiqish va amalga tatbiq qilish mexanizmini yaratish kerak. Umumiy ta’limda «Tuproq – bizning boyligimiz», «Ona zamin sening ixtiyoringda» kabi o‘quv predmetlar, to‘garaklar va klublarni ochish va ularni tegishli davlat standarti, dastur va rejalar hamda o‘quv-amaliy qo‘llanmalar bilan ta’minlash lozim.



Ma’naviyat va ma’rifatda

«Yer bebaho boyligimiz», «Yeri boyning – eli boy», «Yer rizqu ro‘zimiz» degan mavzularda maxsus konkurslar, viktorinalar, ko‘rsatuvlar, eshittirishlar va ruknlarni tashkil etish. Ularga nafaqat o‘zimizni balki shu sohadagi yetuk mutaxassislarni chet ellardan ko‘proq jalb qilish. Rivojlangan mamlakatlardan tuproq muhofazasiga doir ko‘rsatuv va reportajlarni tayyorlash hamda ular bilan tajriba almashishni qo‘llab-quvvatlash, adabiyot va san’at kunlari kabi «Bobo dehqon kunlari» ruknidagi xalqaro uchrashuvlarni davlat miqyosida olib borish. «Yer qo‘shig‘i», «Yer tarixi»,
«Yer falsafasi», «Yer dardi» mavzuidagi shou-dastur, uchrashuv, ko‘rgazma, konferensiya, konsert, muloqot va, hattoki, lotoreyalar o‘yinini uyushtirish o‘z ona yerimizga bo‘lgan mehrni orttiradi.

Garchand O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida «o‘rmon» mustaqil tabiiy zaxira, to‘g‘rirog‘i boylik deb ifoda qilinmagan bo‘lsa-da, dunyoning aksariyat mamlakatlarida u amaliy jihatdan alohida tartibga solish obyekti hisoblanadi. Chunki o‘rmon o‘zining ekologik tizimda tutgan muhim ahamiyatiga ko‘ra juda katta o‘ziga xos majmua hisoblanadi. O‘rmon nafaqat o‘simlik dunyosiga, balki o‘rmonsiz yerlarga nisbatan keskin ajralib turadigan hayvonot dunyosi, tuprog‘i, atmosfera havosi va, hattoki, suviga ham ega. O‘rmonlarda uchraydigan bo‘ri bilan yaylovdagi bo‘ri, «podzol» o‘rmon tuprog‘i bilan och qo‘ng‘ir rangli cho‘l tuprog‘i, kislorod bilan boyitilgan o‘rmon havosi bilan baland tog‘ havosining tarkibiy qismida juda katta farq bor, albatta. Shuning uchun ham o‘rmon ekotizimlari alohida tadqiqot obyekti bo‘lib hisoblanadi, amaliy ekologik nuqtayi nazardan esa mustaqil iqtisodiyot tarmog‘idir.
O‘zbekistonda o‘rmonlar Yevropa, Shimoliy yoki Janubiy Amerika singari juda rang-barang va zich, deb aytolmaymiz. O‘zR Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra 2008-yil 1-yanvarga kelib Respublikamizda davlat o‘rmon fondi yerlarining umumiy maydoni 8,2 mln gektarga teng bo‘lib, shundan o‘rmon bilan qoplangani 2,7 mln gektarga teng. Undan tabiiy o‘rmonlar maydoni 2,1 va madaniy o‘rmonlar – 0,6 mln gektarni tashkil etadi.
O‘rmonlarning tarqalishi, o‘sishi va rivojlanishiga qarab, mamlakatimizda uch mintaqa ajratib olinadi — tog‘, cho‘l va sohil o‘rmonlari. Tog‘ o‘rmonlari 0,9 mln gektar yoki o‘rmonli yerlarning 10,1 foizini (204 ming ga archazorlar), 7,1 mln gektar cho‘l o‘rmonlari yoki 86,6 foizini (saksovul va psammofitlar turkumiga kiruvchi butalar), 0,2 mln gektar yoki 2,3 foizini (to‘qayzorlar — mayda tol, terak va turli butalar) tashkil qiluvchi

o‘rmonlar mavjud. Keyingi 100 yil davomida garchand o‘rmon fondi yerlari ko‘paysa-da, lekin o‘rmonlar


maydoni 4–5 barobarga kamaygan va, ayniqsa, sohildagi o‘rmonlarning yo‘qolib ketayotgani achinarli holdir.
Shunday qilib, O‘zbekistonda o‘rmonlar organizmlar uchun ekologik barqarorlikni ushlab turuvchi omil sifatida xizmat qilar ekan. Ular tirik organizm, xususan, insonlar uchun kislorod manbai, tuproqdagi mineral xomashyo uchun organik manba, yerlarni yemirilishdan saqlovchi «qalqon», mikroiqlim hosil qiluvchi
«konditsioner», biosferadagi va yer ostidagi namlikni bir me’yorda ushlab turuvchi «balansyor», minglab turdagi jonzotlar uchun «yashash makoni», qolaversa, go‘zal landshaftlarning asosiy ko‘rsatkichidir. O‘rmonlarning ushbu muhim ijtimoiy-ekologik ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda, uni O‘zbekistonda qolgan o‘simlik dunyosidan ajratilgan tarzda alohida muhofaza qilish tartibi o‘rnatilgan.
Barqaror rivojlanish dasturida o‘rmonlarga alohida bir muhim tabiat obyekti sifatida qaraladi, masalan:

  • barcha o‘rmonlarni saqlash va ularni ko‘p qirrali ekotizimdagi ahamiyatini hamda biosferadagi o‘rnini ko‘rsatib berish;

  • o‘rmonlarni saqlash va ularni muhofaza qilishning samarali usullarini ishlab chiqish;

  • o‘rmonlardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash;

  • keng jamoatchilik orasida o‘rmonlarni saqlash va ularning ahamiyatini keng targ‘ib qilish.


Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə