Book · January 013 citation reads 419 1


Barqaror rivojlanishning geoekologik jihatlari



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə80/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Barqaror rivojlanishning geoekologik jihatlari


Hammamizga ma’lumki ekologiyadagi ayrim tadqiqotlar boshqa turdosh fandagi tadqiqotlarni qaytaradi yoki unga juda yaqin keladi. Bunday parallelizm «Geoekologiya» bilan «Umumiy ekologiya»da ham bor. Masalan: ekologik va geokologik monitoring, ekologik va geoekologik bashoratlash, ekologik va geoekologik nazorat kabi tadqiqotlar. Bunday tadqiqot metodlarini aniqlashtirib olishdan avval geoekologiyani mustaqil fan sifatida e’tirof qiladigan tomonlariga alohida to‘xtab o‘tishimiz zarur.
Birinchidan, ekologiyadan farqli geoekologiyaning obyekti bo‘lib ekosfera emas, geosfera hisoblanadi. Geoekologiyada yer yuzasiga bevosita ta’sir qiluvchi, endogen va ekzogen jarayonlar yuzaga keluvchi hamda organizmlarning nisbatan (chunki gidrosferaning eng chuqur qatlamlarida organizmlar unchalik faol emas) faol harakati sodir etiladigan qobig‘i olinadi. Ushbu faol geografik qobiqni geotizim deb to‘g‘ri yuritiladi. Shunday qilib geoekologik izlanishlar hech qachon ushbu geosfera doirasidan chiqib ketmaydi.
Ikkinchidan, geoekologiya fanining predmeti, ya’ni geotizimning qaysi bir jihatdan o‘rganmoqchi ekanligi. Geoekologiya geografik ekologiya bo‘lgani uchun ham u geografik qobiq doirasi tabiat va inson tizimida sodir bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarning hududiyligi, davriyligi va kompleksliligini tadqiq qiladi.
Geoekologiya faqatgina tabiiy yoki ijtimoiy geografiyaga xos yoki faqat yer yuzasining quruqlik qismini o‘rganadi desak, mutlaq noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki geografik qobiq yer yuzasining suv qismini ham, unda kechayotgan tabiiy, ijtimoiy, sotsial, iqtisodiy, huquqiy jarayon va hodisalarni ham inobatga olishi mumkin. Chunki barcha tabiiy va ijtimoiy hodisa va jarayonlar geografik qobiqdagi ekologik vaziyatga ta’sir etadi.
Uchinchidan, geoekologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishining yana bir talabi o‘ziga xos o‘rganish, izlanish va tadqiq qilish metodlarining bo‘lishidadir. Bu metodlar boshqa tabiiy, gumanitar yoki ijtimoiy fan sohalarida ham bor. Lekin geoekologiya o‘zining maqsadi, obyekti va predmetidan kelib chiqqan holda ularni ixtisoslashtiradi yoki umumlashtiradi. Geoekologik metodlarga biz geotizimlarda kechayotgan hodisa va jarayonlarni muayyan bir hududga bog‘lay oladigan, davriy o‘zgarishlarni inobatga oladigan va kompleks yondasha oladigan usullarni kiritishimiz mumkin, xolos.
Geoekologik metodlarga masofaviy hududiy kompleks kuzatish usuli (tabiat komplekslarini geoinformatsion tizimli – GIT (GIS) orqali tadqiq qilish va nazoratlash usuli); tabiiy geografik komplekslar bo‘yicha yarim statsionar va statsionar tajriba (eksperiment) o‘tkazish; landshaftlarda kechayotgan ekzogen va endogen jarayonlarni yoki undagi boshqa dinamik hodisalarni kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda modellashtirish va hokazo.
So‘nggi yillarda geoekologik izlanishlar olib borishda kichik kosma (mikrokosma) – geotizimlarni sun’iy ravishda yaratish orqali tajriba o‘tkazish metodidan keng foydalanilmoqda. Inson tomonidan yaratilayotgan
sun’iy «Bios–6» (Rossiya Federatsiyasi) va «Biosfera–2» (AQSH) rusumli biokameralardan olingan
ma’lumotlar juda qiziqarli xulosalarga olib kelmoqda.
Zamonaviy geoekologik usullardan yana biri geoekologik modellashtirishdir. Model – organizmlar va atrof tabiiy muhit o‘zgarishlarini matematik tarzda ifoda etish demakdir. Ushbu imitatsion metod juda katta jara- yonlarni kichik muddatda informatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali sinab ko‘rish imkoniyatini bermoqda. Geotizimlardagi voqea, hodisa va jarayonlarni son jihatidan baholash metodlari (neyron shoxobchalar yoki ko‘p omilli nazariy apparat dasturlari) geoekologik monitoringni olib borish va uning istiqbolli dasturlarini yaratishga xizmat qilmoqda.
To‘rtinchidan, geoekologik tadqiq qilish va izlanishlardan olingan natijalarni aniq bir xalq xo‘jaligi sohasiga milliy, regional va global miqyosda tatbiq qilish ham zamonaviy fanlarga qo‘yiladigan talablardan biri hisoblaniladi. Chunki inson, jamiyat, davlat va xalqaro hamjamiyatning asosiy maqsadi – farovonlikka erishish. Farovonlikning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri ekologik xavfsizlikdir. U nafaqat inson farovonligi, balki milliy va xalqaro xavfsizlikning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov, «Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo‘l qovushtirib o‘tirish o‘z-o‘zini o‘limga mahkum etish bilan barobardir», deb bejiz aytmagan edi72.
Beshinchidan, geoekologik baholash, nazoratlash va bashoratlash o‘zining mazmun va mohiyatiga ko‘ra umumekologik baholash, nazoratlash va bashoratlashdan farq qiladi. Ushbu farq asosan uning obyekti va unda qo‘llaniladigan usullardadir. Masalan, ekologik monitoring kuzatuvini olib borish ko‘lamiga ko‘ra: mahalliy (lokal), milliy, regional, mintaqaviy bo‘lsa, geoekologik monitoring muayyan tabiiy geografik komplekslarning geografik qobig‘ida olib boriladi va unda yuqorida aytib o‘tilgan geoekologik metodlar ko‘proq qo‘llaniladi.
Aniqlangan geografik qobiq doirasidagi tabiiy hududlarni ekologik jihatdan kuzatib borish, hisobga olish, istiqbolini belgilash va ularga baho berishning turli xil metodlari mavjud. Masalan, an’anaviy (yer yuzasida turib geografik) kuzatish va aerokosmik (masofadan turib) kuzatish.
An’anaviy kuzatish – instrumental va vizual tarzda olib boriladi. Instrumental kuzatish geotizimlardagi barcha ekologik indikatorlar, ya’ni organizmlar va ularning atrof tabiiy muhitiga ta’sir etuvchi hodisa va jarayonlarni qayd etuvchi asbob-uskunalar orqali olib boriladi. Masalan, erozion jarayonlarni taxeometrik, geofizik va reperlarni ishlatish orqali o‘lchab borish.
Kameral–dala–kameral izlanishlar orqali turli masshtabdagi kartalarda yuzaga kelgan geoekologik holatni aks ettirish. Vizual kuzatish esa marshrut-ekspeditsiyalarda yuzaga kelgan holatni muayyan geokartochkalarda qayd etish orqali olib boriladi.
Aerokosmik masofali geoekologik monitoring samolyot, vertolyot, kosmik apparatlardan olingan rasmlar asosida geografik komplekslarni yoki ularning komponentlari bo‘yicha baholash, tahlil etish va tegishli chora-tadbirlarni tavsiya qilish orqali amalga oshiriladi. Yuqorida nomlari tilga olingan metodlar yordamida ikki guruh geoekologik indikatorlar aniqlanadi. Birinchisi, geotizimlarga ta’sir etuvchi abiotik, biotik va antropogen omillarni aniqlash hamda ularning ta’sir kuchi, yo‘nalishi, hajmi, maydoni kabi ma’lumotlarni yig‘ish, ularni tahlil qilish. Ikkinchisi, tabiiy geografik komplekslar holatini baholash, tahlil qilish va tegishli optimallashtirish yo‘llarini tavsiya etish.
Odatda, lokal (mahalliy) va milliy monitoring davlatning vakolatlangan organlari tomonidan olib boriladi. Regional va global monitoring davlatlararo tuzilgan maxsus birlashmalar yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan olib boriladi. Bunday ekologik monitoring geomonitoringdan kengroq va chuqurroq qatlamni qamrab oladi. Lekin, ekologik monitoring geoekologik monitoringdan kelib chiqadi va biri ikkinchisini to‘ldirib boradi.
Ekologik, jumladan geoekologik monitoring O‘zbekistonda 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning XII bobi (Ekologik nazorat), 28-moddasida umumlashtirilgan tarzda ifoda etilgan. Unga binoan O‘zbekistonda monitoring tuzilishi, mazmuni va uni amalga oshirish tartibi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan



72 И. Каримов. ¤збекистон XXI аср бґсаІасида: хавфсизликка таµдид, баріарорлик шартлари ва тараііиёт кафолатлари. – Т.:
«¤збекистон», 1997. 112-б.
tasdiqlanadi. Geoekologik monitoring, davlat kadastrlaridan farqli, nafaqat davlat organlari, balki nodavlat tashkilotlar, o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari, ilmiy va o‘quv muassasalari tomonidan ham olib borilishi mumkin. Lekin ularning ma’lumotlari va xulosalari faqatgina tavsiya kuchiga ega bo‘ladi, xolos.
Geoekologik monitoring ma’lumotlarning oshkoraligi va keng ommaga e’lon qilinishi mumkinligi bilan boshqa nazorat turlaridan ajralib turadi. Geoekologik monitoring ma’lumotlari davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga bepul, yuridik va jismoniy shaxslarga esa muayyan haq evaziga beriladi. Chunki ekologik holatning buzilishi xalqaro hamjamiyat, davlatlar va davlatning ekologik xavfsizligini ta’minlovchi shoshilinch chora-tadbirlarni qo‘llashga, huquqbuzarlarga nisbatan tegishli javobgarliklarni qo‘llashga asos bo‘la oladi. Shunday qilib, geoekologik monitoring ekologik monitoringning o‘ziga xos va zarur bir qismi bo‘lib, u tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat komplekslarini qayta tiklashda ham ilmiy, ham amaliy asosdir.
Umuman olganda barqaror rivojlanishning geoekologik xususiyatlari to‘liq o‘rganilmagan zamonamizning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib hisoblaniladi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə