Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə75/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Atrof-muhitni muhofaza qilish uchun barqaror rivojlanishning institutsional asosi. Ekologik muammolarni hal qilishning o‘ziga xos xususiyati – hukumat, boshqaruv, xalqaro tashkilotlar va aholining barcha qatlamlari atrof-muhitni muhofaza qilish choralarini ishlab chiqish va ularni birgalikda hal etishdadir. Atrof tabiiy muhitda hamma narsa o‘zaro uzviy bog‘langan, mahalliy ekotizimdagi salbiy jarayonlar yoki hodisalar regional ekotizimlarda aks etadi, ular o‘z navbatida yig‘ilib global ekotizimlar fojiasiga aylanishi
mumkin. Ekolog-olim N.F. Reymers (1992) «Atrofdagilarni xavfsizlantirmasdan turib, o‘z uyingizning xavfsizligini ta’minlay olmaysiz», deb to‘g‘ri aytgan edi.
Stokgolm, Rio-de-Janeyro, Yoxannesburgdagi Konferensiya va Sammitlarning natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, butun insoniyatning ekologik xavfsizligini ta’minlashning yagona to‘g‘ri yo‘li – atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasidagi faol xalqaro hamkorlikdir.
BMT hay’atining atrof-muhit bo‘yicha ma’ruzasi (London, may 2002-y.) shuni ko‘rsatdiki, Yer sayyorasida odamzod «ekologik chorraha»da turibdi va ushbu kesishuvdan chiqqan yo‘llar quyidagi «manzillar»ga olib kelishi mumkin:

  • bozor iqtisodiyoti qolgan barcha qadriyatlardan ustun turishligiga;

  • maqsadlarga siyosiy vositalar orqali erishishga;

  • ulkan tafovutlar dunyosiga;

  • barqaror rivojlanishning ustunligiga.

Birinchi «manzilda» har bir individ, jamiyat va davlatning asosiy maqsadi – kuchli raqobat muhitida o‘zining va, ayniqsa, birovlarning tabiiy resurslaridan foydalanish orqali maksimal darajada boyish, deb e’lon qilindi.
Ikkinchi «manzilda» har bir davlat o‘z rivojlanish yo‘lida o‘z ekologik muammolarini hal qiladi, bu esa
tabiat qonunlari va qonuniyatlarini inkor etishini ta’kidlaydi.
Uchinchi «manzilda» turli davlat boshqaruv tizimlarining maqsadlari har xil yo‘nalishidagi umumekologik, umumsiyosiy, umumijtimoiy, umumiqtisodiy masalalarni hal qilish uchun imkoniyat bermaydi, deb aytib o‘tilgan.
To‘rtinchi «manzilda» ekologik va boshqa barcha muammolarning hal etilishi barcha davlatlarning barqaror rivojlanish konsepsiyasiga yondashishida, deb ta’kidlangan. Bu individ jamiyat va hamjamiyatning ekologik xavfsizligini ta’minlovchi insoniyat rivojlanishining yagona yo‘lidir.
BMTning «XXI asr kun tartibi» I bo‘lim 2.1-bandida: «Atrof-muhitni va rivojlanish muammolarini hal qilish uchun davlatlar sherikchilik munosabatlarining yangi shaklini yaratishga qaror qilishdi. Ushbu munosabat shakli millatlararo hamjamoalarning uzviy bog‘langanligini hisobga olib barcha davlatlarda doimiy va konstruktiv muloqotni hamda samarali va adolatli jahon iqtisodiyotini tashkil qilish zaruriyati barqaror rivojlanishda ustuvor masala bo‘lishi kerak», deb yozilgan. Atrof-muhit muhofazasi borasidagi barqaror rivojlanish muammolarini hal qilish uchun xalqaro hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari «BRBS qarorlarini bajarish rejasi»da berilgan.
Barqaror rivojlanish institutsional bazasining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: BRBS vazifalarini bajarishga moyillikni mustahkamlash; iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlar o‘rtasidagi muvozanatni saqlash; «XXI asr kun tartibi»ni amalga oshirish; hamjihatlik, muvofiqlashtirish va nazoratni mustahkamlash; qonun ustuvorligi va davlat institutlarini qo‘llab-quvvatlash; xalqaro tashkilotlarning ish faoliyati va samaradorligini parallelizm va qaytarilishlarni tizim doirasida va uning tashqarisida mandatlarni va nisbiy ustunlikni hisobga olgan holda cheklash yo‘li bilan oshirish; «XXI asr kun tartibi»da aholining barcha qatlamlari ishtirokini kengaytirish hamda transparentlik va jamoaning keng ishtirokini rag‘batlantirish; barcha darajadagi boshqaruvda (mahalliy boshqaruvdan tortib to xalqarogacha) barqaror rivojlanish imkoniyatini ko‘tarish.
Yuqorida sanab o‘tilgan maqsad va vazifalarni amalda tatbiq etish uchun milliy, mintaqaviy va global miqyosda barqaror rivojlanishning ekologiya sohasidagi institutsional bazani yaratish orqali amalga oshirilishi mumkin. Masalan,

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə