Book · January 013 citation reads 419 1


Barqaror rivojlanishning asosoiy vazifalari va talablari



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə72/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Barqaror rivojlanishning asosoiy vazifalari va talablari:


  • qashshoqlikni yo‘qotish;

  • ishlab chiqarish va iste’mol qilishning barqaror bo‘lmagan modellarini o‘zgartirish;

  • iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning tabiiy resurslarini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish.

Barqaror rivojlanish bo‘yicha Sammit rejasida asosiy e’tibor davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligiga qaratildi. Global miqyosda aniq hal etilishi mumkin bo‘lgan ekologik masalalar faqatgina qit’alar va mintaqalar miqyosida ko‘rib chiqildi, xolos.
7.1.3-rasm. Barqaror rivojlanish konsepsiyasida atrof-muhit muhofazasi.

Rejaning IV bo‘limi 24–26-moddalarida ko‘rsatilganidek, milliy hududda va uning tashqarisida atrof- muhitni muhofaza qilishga erishish uchun:



  • ichimlik suvi bilan ta’minlanish sohasida «Mingyillik deklaratsiya»si dasturini moliyaviy va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash;

  • 2015-yilga qadar toza chuchuk suv bilan bevosita foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan kishilarning sonini

ikki barobargacha kamaytirish;

  • moliyaviy resurslar mobilizatsiyasi;

  • texnologiyalarning uzatilishi;

  • ilg‘or tajribalarni ommalashtirish;

  • suv bilan ta’minlash;

  • sanitariya sohasida milliy va xalqaro miqyosda xizmatlarni tashkil etish;

  • kam ta’minlangan kishilarning ehtiyojlarini, gender huquqlarini hisobga olgan tarzda amalga oshirish;

  • okean resurslarini barqaror o‘zlashtirishni maxsus organlar orqali barcha bosqichlardagi chora-

tadbirlarni samarali muvofiqlashtirish va hamkorlikni ta’minlash;

  • okeanlar muhofazasini yagona tizimda, ya’ni okean – dengiz – orol – qirg‘oq hududi orqali amalga

oshirilishi;

  • global dasturlardagi faoliyatni tezlashtirish yo‘li bilan, Monreal deklaratsiyasiga muvofiq ravishda,

dengizlarni shaharlardan oqib kelayotgan suvlar bilan ifloslanishining oldini olish;

  • tabiiy ofatlarning oldini olishga kompleks yondashuvni amalga oshirish uchun xavf-xatarli omillarning jadallashuvi va tabiat majmualarining nozikligini hisobga olish;

  • iqtisodiy barqarorlik asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;

  • qurg‘oqchilik yoki cho‘llanish jarayonlari tez-tez sodir bo‘layotgan davlatlarda BMTning cho‘llanishga

qarshi kurash Konvensiyasini tatbiq qilish;

  • yer yuzasining noyob flora va faunasiga ega bo‘lgan nozik va zaif tog‘ ekotizimlarini saqlash;

  • «Xalqaro ekoturizm yili» (2002-yil), «Xalqaro madaniy meros yili» (2002-yil), Kvebek deklaratsiyasi va Butunjahon turizm tashkilotining «Global turizm etikasi kodeksi»dagi normalarga asoslanib ekoturizmni rag‘batlantirish;

  • barqaror rivojlanish muhim ahamiyat kasb etayotgan biologik xilma-xillik konvensiyasidagi

normalarni kengroq amalga tatbiq etish.
Mazkur vazifalar, «BRBS qarorlarini bajarish rejasi»dagi nizomdan kelib chiqqan tarzda, rivojlanayotgan davlatlar – Afrika, Lotin Amerikasi va Karib havzasi, Osiyo va Tinch okeani, G‘arbiy Osiyo va Yevropa iqtisodiy komissiyasi mintaqalarida hamda orollarida joylashgan davlatlar misolida ko‘rib chiqildi.
Institutsional masalalar, ya’ni barqaror birlashishdagi ko‘rsatmalar BMT Bosh Assambleyasi, uning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi, Barqaror rivojlanish hay’ati, global, regional va milliy tashkilotlarning maqsadi, vazifalari va faoliyat yo‘nalishlarini aniqlashtirdi, ularning rolini oshirishda hamda barqaror rivojlanishni ta’minlashda aholi asosiy guruhlarining ekologik xavfsizligi uchun sharoit yaratish imkoniyatlarini kengaytirdi. Ruminiya Delegatsiyasi barqaror rivojlanish bo‘yicha mahalliy va regional markazlarni (BRRM) tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. Bu esa Markaziy Osiyo uchun ayni muddao edi. Sammitda 200 dan ortiq
sherikchilik tashabbuslari, jumladan Markaziy Osiyodagi nodavlat tashkilotlardan ham e’lonlar berildi.
BRBSning ikkinchi muhim hujjati «Barqaror rivojlanishga doir Yoxannesburg Deklaratsiyasi» 37
banddan iborat bo‘lib, u quyidagi qismlarga ajratilgan:

  • chashmalarimizdan kelajakka tomon;

  • Stokgolmdan Rio-de-Janeyroga va Yoxannesburggacha;

  • oldimizda turgan vazifalarimiz;

  • barqaror rivojlanishga bizning tarafdorligimiz;

  • kelajakka ko‘p tomonlama yondashishda;

  • shunday bo‘lsin.

Yoxannesburg Deklaratsiyasining 35-moddasida «Sayyoramizni saqlab qolish, kishilar imkoniyatini ko‘tarish va umumfarovonlik yo‘lida totuvlikka erishishda bir bo‘lib harakat qilish majburiyatini olamiz», deb ta’kidlangan edi.
BRBSning yopilishiga bag‘ishlangan press-konferensiyada BMT Bosh kotibi Kofi Anan: «Yoxannesburg – bu Rio emas. Rioda berilgan va’dalar bajarilmadi, biroq umid qilamizki, qabul qilingan hujjatlar – barqaror rivojlanishni yuzaga chiqaradigan aniq faoliyat rejasidir. Biroq, menimcha, Sammitda qabul qilingan qarorlar deklarativ (ixtiyoriy) xarakterga ega, shuning uchun ham uning maqsadi va tashabbuslariga erishmoqlik hamma manfaatdor tomonlarning butun kuch va g‘ayratini ishga solmoqligi zarur. Qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha yakuniy xulosalarni puxta tahlil qilish darkor. Reja va Deklaratsiyaning hayotiyligini vaqt ko‘rsatadi», – deb aytgan edi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə