Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə71/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   144
Ekologiyanazariyasi

«Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiya» va «Iqlimni o‘zgartirishni cheklash to‘g‘risidagi Konvensiya» ko‘pchilik davlatlar tomonidan imzolandi. Ushbu Konvensiyalar 1993-yil 14-mayda O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlandi va 1996-yilning 7-may oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.
«Iqlimni o‘zgartirishni cheklash to‘g‘risidagi Konvensiya»ning maqsadi – atmosfera «issiqxona»sini global isishga olib keluvchi gazlarning umumiy ta’sir hajmini bir me’yorda ushlab turish. 1996-yil 27-dekabrda qabul qi- lingan «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, 2002-yil 5-apreldagi «Chiqindilar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida mazkur Konvensiyaning asosiy prinsiplari va normalari aks ettirilgan.
«Atrof-muhit va rivojlanish» konferensiyasining 10 yilligini sarhisob qilish («Rio+10») maqsadida 2002- yilning 26-avgust 4-sentabr Janubiy Afrika Respublikasining Yoxannesburg shahrida BMTning
«Barqaror rivojlanish» rukni ostida Butunjahon Sammiti (BRBS) bo‘lib o‘tdi.
«Rio–92»dan farqli ushbu Sammit davlatlar va xalqaro hamjamiyatning barqaror rivojlanishiga doir jiddiy va dolzarb masalalarni muhokama qilish va ularning yechimini topishga intilish uchun chaqirilgan edi. Sammitda ijtimoiy hayotning ekologik muammolari davlat va mintaqalarning bir maromda rivojlanishida, ularning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlovchi eng muhim ko‘rsatkich sifatida ko‘rib chiqildi. BRBSning boshqa shunga o‘xshash uchrashuvlardan farqi shunda ediki, unda ishtirok etayotgan davlat va hukumat boshliqlari, nodavlat va xalqaro tashkilotlarning vakillari, sanoat va biznes namoyondalarining ko‘pligi va xilma-
xilligida edi. Markaziy Osiyo davlatlaridan BRBSda Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va
Turkmaniston delegatsiyalari qatnashdi.
BRBSning tayyorlov hay’ati va tashkiliy qo‘mitasi tomonidan «BRBS qarorlarini bajarish rejasi» va
«Siyosiy deklaratsiya» ishlab chiqildi.
Sammit ishtirokchilarining asosiy e’tibori «BRBS qarorlarini bajarish rejasi» loyihasining muhokamasiga qaratildi. Unda barqaror rivojlanishga tegishli ma’lumotlardan foydalanish, qarorlar qabul qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida sudlardan foydalanish borasidagi Nizomlar ishtirokchilar tomonidan to‘la ma’qullanmadi. Masalan, keng jamoatchilik tomonidan qarorlarni qabul qilishdagi ishtiroki to‘g‘risidagi 151-paragraf ma’qullanmadi. Ushbu muhim qoidalarsiz «BRBS qarorlarini bajarish rejasi» qabul qilindi. Umumiy hajmi 133 betdan iborat bo‘lgan hujjat 170 band, IX bo‘lim, 12 bobdan iborat edi. Mazkur Rejada, «Rio–92»da qabul qilingan «XXI asr kun tartibi»dan farqli, barqaror rivojlanish masalalari ma’muriy birliklarda emas, balki Sayyoramizning turli geotizimlari bo‘yicha ko‘rib chiqildi.
«BRBS qarorlarini bajarish rejasi»ning muqaddimasida, uni amalga tatbiq qilishda jahon hamjamiyatining
birgalikdagi ish rejalarini qabul qilish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan edi.
Rejaning ikkinchi bandida mazkur hujjat «Rio–92»da qabul qilingan hujjatlarning davomi ekanligi ta’kidlangan edi. AMRKda belgilangan, lekin hayotga tatbiq etila olinmagan maqsad va vazifalarni bajarish, XXI asr boshlanishi arafasida yuzaga kelgan holatni hisobga olgan tarzda, xalqaro huquqning yangi prinsiplari va normalarini e’tirof etish uchun qabul qilinganligini ko‘rsatdi. «Barqaror rivojlanish, – deyilgan edi Rejada, – inson huquqlarining barqarorligi, qadrliligi hamda erkinligi, uning rivojlanish huquqi hamda madaniy xilma- xillikni qadrlashda hammaning manfaatlariga va talablariga javob beradi».
«BRBS qarorlarini bajarish rejasi» prinsiplari barqaror rivojlanishning uch tarkibiy qismi: iqtisodiy o‘sish,
ijtimoiy rivojlanish va atrof-muhit muhofazasi talablariga javob beradi (7.1.3-rasm).

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə