Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə68/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Barqaror rivojlanish prinsipi


    1. bob. ATROF-MUHIT, EKOLOGIYA VA BARQAROR RIVOJLANISH

    1. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi – jamiyat va tabiatning uyg‘unlikda rivojlanish g‘oyasi


Tabiiy boyliklardan foydalanmasdan turib biror-bir inson, jamiyat yoki davlat yashay olmaydi. Ularning bu boqiy dunyoda farovon hayot kechirishlari va rivojlanishlari esa ularni o‘rab turuvchi ekoti - zimlardan nechog‘li foydalanish imkoniyatlariga ega ekanliklari bilan belgilanadi. Shuning uchun ham qadimdan kishilik jamiyati tabiat ne’matlarini o‘z ehtiyojlarini qondirishlari uchun o‘zlashtirib olishga bor kuch va g‘ayratlarini ishga solganlar. Natijada davlatlar, jamoalar va insonlar o‘rtasida turli ziddiyatlar kelib chiqqan va barqarorlikka jiddiy ziyon yetkazilgan. Dunyo aholisining «demografik portlash» darajasida o‘sishi va ilmiy-texnik inqilobiy jarayonlarning jadallashuvi atrof-muhitga o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda, ya’ni ekotizim unsurlarga nisbatan antropogen bosimni kuchaytirmoqda. Ekotizimlar insonlarning nafaqat iqtisodiy rivojlanishining moddiy asosi, balki ularning ma’naviy -estetik ehtiyojlarini qondirish manbai hamdir. Bu esa insonlarning tabiatga bo‘lgan ehtiyojlarini kundan-kunga oshirayapti. Undan tashqari, inson xo‘jalik faoliyatining ekotizimlarga bo‘lgan bosimini kuchayishi tabiiy hodisa va jarayonlarni ham kuchaytirib yubormoqda. Natijada, hammamizga ayonki, tabiat va uning muvozanati buzilib ketmoqda. Hozirgi kunda butun insoniyat va uning progressiv qatlami qanday qilib inson va tabiat o‘rtasidagi optimal holatni belgilab olishga, ya’ni ekologik xavfsizlikni ta’minlashga intilmoqda. Ushbu yo‘nalishda «Barqaror rivojlanish konsepsiyasi» umume’tirof etilgan va boshqa bir qator dunyoqarashlardan ustun turgan fikrlar hamda real harakatlar majmuasidir. Shuning uchun ham uni atrof-muhit va ekologiya yo‘nalishidagi barcha ta’lim muassasalarida mustaqil o‘quv kursi sifatida batafsil ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə