Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə64/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Ekologik monitoring ekologik nazoratning birinchi bosqichi bo‘lib, u atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslarning davriy o‘zgarishini (kadastr ma’lumotlariga asoslangan tarzda) kuzatib borish, hisobga olish, baho berish va istiqbolini belgilash tizimi. U milliy, regional (mintaqaviy) va global miqyosda olib boriladi. O‘zbekistonda milliy ekologik monitoring tizimi 1972-yil BMTning Stokgolm konferensiyasida qabul qi- lingan atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan rezolutsiyasida aks ettirilgan prinsiplarga mos ravishda olib borilmoqda. Uning huquqiy asosi bo‘lib «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 28 -moddasi, 2002-yil 3-aprelda Vazirlar Mahkamasining 111-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risida»gi Nizom, maxsus vakolatlangan davlat organlarining Nizomlari hamda boshqa qonun osti normativ hujjatlari hisoblanadi. Lekin ekologik monitoring faqatgina davlat organlari tomonidan olib boriladi, deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. Ekologik kadastrdan farqli, ekologik monitoring nodavlat tashkilotlari, o‘zini o‘zi boshqaruv idoralariga ham xos bo‘lgan nazorat turidir.
6.3.3-rasm. Ekologik nazorat obyektlari, shakllari, turlari va metodlari.

Ekologik monitoring xizmati davlat boshlig‘i, hokimiyatlar va ijroiya organlariga atrof-muhit holatiga doir ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazib berish orqali ekologik yo‘nalishdagi maxsus vakolatlangan davlat ins- peksiyasi xizmati faoliyatini aniq va jadal sur’atlarda olib borishga asos bo‘ladi. Ekologik monitoring ma’lumotlari ochiq-oshkora ravishda olib borilishi kerak. Ushbu axborot, avvalo, ekologik boshqaruv organlarida umumlashtiriladi va baholanadi. Salbiy ekologik holat bo‘yicha monitoring ma’lumotlari darhol aholiga e’lon qilinishi talab etiladi.


Ekotizimlarning miqdori, sifat va boshqa xil ko‘rsatkichlari, ulardan foydalanish hajmi, tartib-tamoyilini hisobga olib borish uchun davlat tabiiy resurslar kadastrini yuritadi. Ekotizimlar holatiga zararli ta’sir etishi mumkin bo‘lgan obyektlar, ularni ifloslantiruvchi zararli moddalar va ularning miqdori, ishlab chiqarish va kommunal chiqindilarning hajmlari, tarkibi ham nazorat etib boriladi va davlat hisobiga olinadi.
Ekologik nazorat inspeksiyasi davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari hamda maxsus vakolatlangan davlat idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Ular ham o‘z ekologik boshqaruv vakolatlaridan kelib chiqqan tarzda umumiy va maxsus ekologik nazoratlovchi davlat organlariga ajratiladi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə