Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə62/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   144
Ekologiyanazariyasi

(Ekoharakat)ning huquqiy maqomi.

Ayrim mamlakatlarda «Kedr», «Grinpis», «Yashillar partiyasi» kabi ekologik oqimlar faoliyat yurgizishmoqda. Bu ham aholining ekologik boshqaruvda qatnashishining bir yo‘li, chunki ilmiy-texnika revolutsiyasi tabiatga «bostirib» kelar ekan uning zararli oqibatlarining oldini olish, avvalambor, fuqarolar, ularning maqsadli va qonuniy uyushmalarining xohish va irodasini inobatga olgan tarzda ekologik munosabatlarni tartibga solinishi maqsadga muvofiqdir.


    1. Ekologik boshqaruvda ekologik kadastr, nazorat va ekspertizaning ahamiyati


Ekologik boshqaruv samaradorligini ta’minlashda mutaxassislar uch muammoning yechimini topishni tavsiya etadilar (E.S. Navasardova, 2002, 2007; «Ekologiya huquqi», 2003, A.N. Nigmatov, 2004, 2012 va boshq.): ekologik kadastr, monitoring va nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish; ekologiyalashtirilgan texnologiyalarni amaliy ekologiyaga keng jalb etish; fuqarolarning ekologik ongi va madaniyatini ko‘tarish. Keyingi ikki muammoning yechimi davlatning izchil ekologik boshqaruv va nazoratini yo‘lga qo‘yish bilan uzviy bog‘langandir. Ekologik boshqaruvni amalga oshirish uchun, albatta unga bir necha talablar qo‘yilgan (6.3.1- rasm).

6.3.1-rasm. Ekologik boshqaruv talablari.


Yuqorida keltirilgan ekologik boshqaruv tizimining qismlari, albatta, mana shunday ketma-ketlikda va ierarxik pog‘onada turadi. Ularning birisiz ikkinchisini amalga oshirish yoki boshqaruv mexanizmini yuri- tishning imkoniyati yo‘q. O‘zingiz bir tasavvur qilib ko‘ring ekotizimlarni aniqlamay turib, ularning o‘ziga xos sifat va son ko‘rsatkichlarining holatini ayta olmaymiz. Ekotizim komponentlarining holati qanday darajada, ularning sifati, tarkibi va soni ekologik kadastr uchun indikator bo‘lib xizmat qiladi va h.k. Hech qachon ekologik monitoringni ekotizimlar komponentlarini baholamay yoki kadastrini olib bormay turib o‘tkazilishining iloji yo‘q. Ekologik boshqaruvning eng asosiy elementlari – ekologik kadastr, nazorat va ekspertizaga alohida to‘xtalib o‘tamiz. Chunki ularning amaldagi holati qaysi bir mamlakatda yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, ana shu yurtda ekologik-huquqiy boshqaruv mexanizmi harakatda bo‘ladi va unda real ekologik boshqaruv imkoniyati yuzaga keladi.


Ekologik boshqaruv aynan ekologik kadastr, aniqrog‘i, tabiiy obyektlarning kadastrini yuritishdan boshlanadi. Kadastr — fransuz tilida «Cadastre» — reestr, ro‘yxat, degan ma’noni anglatadi. Odatda, ushbu ro‘yxatlash umumiy obyektlar bo‘yicha emas, balki aniq bir moddiy, jumladan, tabiiy obyektlarga nisbatan qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi Davlat kadastrlari to‘g‘risidagi qonunining 3- moddasiga binoan ekologik kadastr davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu yagona tizim respublika va uning muayyan hududlari tabiiy-iqtisodiy salohiyatining yagona umumdavlat hisob-kitobi yuritilishini, baholanishini ta’minlashga mo‘ljallangan ko‘p maqsadli tizimi tarzida yaratiladi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə