Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə63/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Ekologik kadastr – uning obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to‘g‘risidagi yangilanib turiladigan (o‘zgaruvchan) ma’lumotlar va hujjatlar tizimi. Ekologik kadastr obyektlari turli mamalkatlarda turlicha belgilanadi Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat kadastrlari to‘g‘risidagi qonunining 5-moddasi ekologik kadastr obyektlariga 11 ta kadastrlash obyekti kiritilgan (6.3.2- rasm).
Ekologik kadastrni yuritishda hududni to‘liq qamrab olishlik, fazoviy koordinatalarining yagona tizimini qo‘llash, uslubiyatning umumiyligi, axborotning aniqligi va ommaviyligi kabi huquqiy prinsiplarga asoslaniladi. Mazkur kadastrlarni Ijroiya hokimiyat, maxsus vakolatlangan davlat va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, aksariyat hollarda davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ularni nomlashda ko‘pincha «Davlat» so‘zi qo‘shib ishlatiladi.
Davlat ekologik kadastr obyektlarini baholash tabiiy unsur hamda komplekslarning sifat va qiymat jihatlarini o‘z ichiga oladi. Masalan, «Davlat yer kadastri to‘g‘risidagi qonun»ning 17-moddasiga binoan, yer sifati — qishloq xo‘jaligi bo‘yicha uni rayonlashtirishni, tuproq va yerlarni tasniflashni, ularning agronomik, ekologik, texnologik va shaharsozlik belgilari bo‘yicha tavsiflashni, tuproqni guruhlarga ajratishni o‘z ichiga oladi. Yerlarning qiymat bahosi 1998-yil 6-avgustda tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni sifat, iqtisodiy va qiymat bahosini aniqlashning Muvaqqat uslubi»ga binoan yerlarning me’yoriy baholari, banklardan ipoteka qarzlari berishda, xususiy turar joylar qurish uchun yer ajratib berish, dehqon xo‘jaligiga qo‘shimcha yer berish va yer solig‘i stavkalarini aniqlash kabi hollarda yer uchastkasining dastlabki (boshlang‘ich) bahosi belgilanadi. Respublikamizda boshqa tabiiy obyektlarni kadastrlash bo‘yicha ham Nizomlar ishlab chiqilgan va amalda tatbiq qilinmoqda.
6.3.2-rasm. Ekologik kadastrni olib borish obyektlari.


Ekologik kadastr obyektlari bo‘yicha hujjatlar — ekotizim va uning komponentlariga nisbatan mulk huquqi va boshqa huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar yig‘ma jildi, kartasi (plani), kitobi, holati haqidagi hisobotlarni o‘z ichiga oladi.
Ekologik kadastr obyektlari bo‘yicha axborot davlat hokimiyati organlariga bepul, boshqa yuridik va
jismoniy shaxslarga esa belgilangan tartibda haq evaziga taqdim etiladi.
Ekologik tizim va uning komponentlari kadastri ekologik nazoratni olib borishning iqtisodiy, ijtimoiy, tabiiy, huquqiy asosi bo‘la oladi. Ekologik nazorat ekologik munosabat subyektlarining faoliyatlarini vakolatlangan davlat organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari tomonidan tekshirib borish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish tizimi.
Ekologik nazorat ekologik monitoringni o‘tkazish; ekologik qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan me’yor va qoidalarning bajarilishini tekshirib borish hamda tegishli yuridik oqibatlarni keltirib chiqarish; davlatning ekologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan dastur, reja va loyihalarini ro‘yobga chiqarish kabi vazifalarni bajarish uchun olib boriladi.
Ekologik nazorat ekologik boshqaruv mexanizmining ajralmas bir qismi bo‘lib, u ekotizimlarni muhofaza qilish, buzilganlarini esa qayta tiklash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Ekologik nazorat tizimiga:

  • ekologik munosabatlarning davriy o‘zgarishini ekologik kadastr ma’lumotlariga asoslangan holda

kuzatib borish;

  • olingan ma’lumotlarni umumlashtirish va tegishli davlat organlari va jamoat birlashmalariga topshirish;

  • fuqarolarning ekologik faoliyatlarini baholash;

  • tegishli xulosalar chiqarish va chora-tadbirlarni belgilash;

  • yuridik va jismoniy shaxslarning ekologik faoliyatlariga litsenziyalar berish;

  • noekologik faoliyat yuritayotgan shaxslarning harakat yoki harakatsizliklarini ogohlantirish, huquqlarini

cheklash, faoliyatlarini bekor qilish yoki to‘xtatib turish

  • hamda tegishli javobgarlikka tortish (6.3.3-rasm).

Yuqoridagi fikrimizdan ko‘rinib turibdiki, ekologik nazorat juda keng qamrovli va turlicha yo‘nalishdagi
faoliyat hisoblanadi. Shuning uchun ham u yagona tizimga birlashtiriladi. Ekologik nazorat xizmati tizimiga:

  • ekologik monitoring xizmati;

  • davlat ekologik inspeksiyalarining xizmati;

  • huquqni muhofaza qilish davlat organlarining xizmati;

  • ichki idoraviy va ishlab chiqarish organlarining xizmati;

  • jamoat birlashmalarining xizmati kiradi.


Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə