Book · January 013 citation reads 419 1


O‘zbekistonda umumiy ekologik nazorat organlari



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə65/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   144
Ekologiyanazariyasi

O‘zbekistonda umumiy ekologik nazorat organlari Oliy Majlis (ekologik qonunlar va o‘z qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi), Prezident (ekologik xavfsizlik va davlat ekologik nazorati xizmatlarini tuzadi, ularning rahbarlarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi), Vazirlar Mahkamasi (ekologik qonun va qonun osti normativ hujjatlar, jumladan, dastur, reja va loyihalarning bajarilishini nazoratlaydi), Mahalliy davlat hokimiyati organlari (o‘z vakolat doirasida ekotizimlarni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha nazorat ishlarini) olib boradilar.
Respublikamizda maxsus ekologik nazorat organlari Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (ekotizimlarni muhofaza qilish, ularning resurslaridan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan komp- leks davlat nazoratini), Sog‘liqni saqlash vazirligi (ekotizim sanitariyasi, gigiyenasi va epidemiologik holati bo‘yicha nazoratni), Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish inspeksiyasi (xalq xo‘jaligi tarmoqlarida yer osti va usti mineral boyliklaridan foydalanish ishlarini ekotizimlar holatiga keskin zarar yetkazmaydigan qilib olib borilishini), Ichki ishlar vazirligi (joylarda ekologik huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik nazoratga ko‘maklashish, jamoat joylari tozaligini nazoratlash, avtotransportdan atmosfera havosining ifloslanishini va shovqinlanishini nazorat qilish, tabiiy va xalq xo‘jaligi obyektlarining yong‘inga qarshi turish holatining nazoratini), Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (qishloq xo‘jaligi yer, suv va o‘rmon fondlaridan unumli foydalanish hamda ularning muhofaza qilinishi nazoratini), Yer resurslari davlat qo‘mitasi (yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan nazoratni) tashkil etadilar va amalga oshiradilar.
Ekologiya sohasidagi idoraviy nazoratni amalda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ekologik xizmatlari o‘z tasarrufidagi korxonalar hamda tashkilotlar ustidan nazoratni olib boradilar.
Ekologiya sohasidagi ishlab chiqarish nazoratini korxona, tashkilot, birlashma, muassasalardagi ekologik xizmatlar amalga oshiradilar. Bu o‘rinda milliy qonunlarda ko‘pincha aks etmay qolgan muassasani alohida
ta’kidlab o‘tish darkor. Chunki ta’lim sohasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarida ekotizimlardan oqilona foydalanish, yangi turdagi madaniy o‘simliklar, ximikatlar va dorilarni yaratish, ularni sinab ko‘rish mobaynida ishlab chiqarish faoliyatining ekologik talablarga javob berishini nazorat qilish ham ekologik xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Idoraviy ishlab chiqarish va jamoatlarning ekologik nazoratining tashkil etilishi, faoliyat yuritishi, huquq va majburiyatlari tegishli qonun hujjatlari va nizomlarda berilgan bo‘ladi.
Ekologiya sohasidagi jamoat nazorati nodavlat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, o‘zini o‘zi boshqaruv organlarining ekologik boshqaruv funksiyasidan kelib chiqadi. Unda ekologik nazorat — fuqarolar yig‘ini kengashi, kengash qoshidagi maxsus ekologik komissiyalar yoki shaxslar, ekologik nazorat bo‘linmalari, mehnat jamoalari, faol mutaxassislar guruhi, jismoniy shaxslar tomonidan olib boriladi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə