Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə67/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Ekologik audit ekologik munosabat subyektlarining buxgalteriya kitoblari, hisobotlari va hujjatlarini taftish. Auditorlik faoliyati auditor (audit firma)lar tomonidan tadbirkorlik faoliyati ko‘rinishida amalga oshi- riladi. Ekologik audit birmuncha o‘ziga xos ko‘rinishga ega.
Ekologik audit uch xil:

  1. ishlab chiqarish ekologik ekspertiza;

  2. hududiy ekologik ekspertiza;

  3. ekologik konsalting ko‘rinishida olib boriladi.

Ishlab chiqarish obyektlarini ekologik auditlashning maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilishga doir talab va yo‘riqnomalarga korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘ri kelishi, tabiatni muhofaza qilish tadbirlari bo‘yicha tavsiyanomalarni tayyorlash hamda tabiiy resurslardan foydalanishdagi sarf-xarajatlarni tekshirishdir. Bunday tekshiruv ishlarni moliyalashdan avval nazoratlovchi organlar bilan bo‘ladigan nizoli holatlarda amalga oshiriladi.
Hududiy ekologik audit — aniq bir yer uchastkalari yoki hududlarni tabiiy resurs imkoniyatlarini salbiy tabiiy hodisalar hamda atrof tabiiy muhitga texnogen jarayonlarning ta’sirini va ularning turlarini aniqlashni baholashda qo‘llaniladi. Ushbu ekologik audit turiga ko‘chmas mulk va yer uchastkalari yuzasidan bajariladigan operatsiyalar bilan shug‘ullanish; dastlabki xulosani shakllantirish va u bilan jamoatchilikni tanishtirish; ekspertiza xulosasini taqdim qilish va yuqori vakolatli organlar tomonidan tasdiqlash; nizolarni hal qilish kabilar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, ekologik kadastr, nazorat va ekspertiza ekologik boshqaruvning samaradorligini oshiruvchi asosiy chora-tadbirlardandir.


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar


  1. Ekologik boshqaruv so‘zlar birikmasiga izoh bering.

  2. Ekologik munosabat deganda nimani tushunasiz?

  3. Regional ekologik boshqaruv bilan global ekologik boshqaruvning nima farqi bor?

  4. Global ekologik boshqaruv manbalarini sanab o‘ting.

  5. Milliy boshqaruv nima?

  6. Mahalliy boshqaruvni qaysi organlar amalga oshiradi?

  7. Ekologik munosabatlarni tartibga solish kerakmi yoki boshqarish kerakmi?

  8. Global miqyosda qanday ekologik boshqaruv prinsiplariga amal qilish kerak?

  9. O‘zbekistonda ekologik boshqaruvni kimlar amalga oshiradilar?

  10. Vazirlar Mahkamasining ekologik boshqaruv funksiyalarini sanab o‘ting.

  11. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ekologik funksiyalarini yoritib bering.

  12. O‘zbekiston ekologik harakati qanday organ?

  13. Ekologik boshqaruv talablarini sanab o‘ting.

  14. Ekologik kadastr turlari nima uchun kerak?

  15. Ekologik nazorat bilan ekologik monitoringning farqi bormi?

  16. Ekologik ekspertiza turlari, prinsiplari va usullarini sanab o‘ting.



Dunyo, rivojlanish va atrof-muhit muhofazasi o‘zaro bog‘langan va ajralmasdir.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə