Book · June 020 citations reads 18,691 author



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

6. Innovatsion loyihalar. 
Bunday loyihalar bozor uchun hali tanish bo’lmagan yangi mahsulot yoki 
uning yangi tarkiblarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishga qaratilgan loyihalar 
hisoblanadi. 
Loyiha sinfi (loyiha tarkibi va tizimini hamda uning fan sohasi) bo’yicha: 
monoloyiha, multiloyiha, megaloyiha. Monoloyiha – bu har xil tur, qurilish va 
hajmdagi alohida loyiha. Multiloyiha – bu bir necha monoloyihalardan tashkil topgan 


19 
va ko’p loyihali boshqaruvli tadbiqni talab qiluvchi kompleks loyiha. Megaloyiha – 
bu ta’lim sohalari va h.k.larni rivojlantirishning maqsadli dasturlari bo’lib, bu tartibga 
bir qator mono va multiloyihalar kiritiladi.
Loyiha ko’lami – (loyihaning hajmi, qatnashuvchilar soni va atrof-muhitga 
ta’sir darajasi) bo’yicha: kichik loyihalar, o’rta loyihalar, yirik loyihalar, juda yirik 
loyihalar. Loyihalarning bunday taqsimoti juda shartlidir. Loyiha ko’lamlarini 
aniqroq shaklda ko’rish mumkin. Davlatlararo, xalqaro, milliy mintaqalararo va 
mintaqa, tarmoqlararo va tarmoqlar bo’yicha, kooperativ, tashkiliy loyihalar. 
Loyihalarning murakkabligi (murakkablik darajasi) bo’yicha: oddiy, murakkab, 
juda murakkab. 
Loyiha turi (loyihaning fan sohasi xarakteri) bo’yicha: investitsion
innovatsion, ilmiy-tadqiqot, aralash. Investitsion loyihalarga, odatda, investitsion 
qo’yilmalarni talab qiluvchi, bosh maqsadi asosiy fondlarni ishlab chiqarish ya’ni 
yangilash bo’lgan loyihalar kiritiladi. Innovatsion loyihalarga, tizimlar rivojlanishini 
ta’minlaydigan, bosh maqsadi yangi texnologiyalarni, nou-xau va boshqa 
yangiliklarni ishlab chiqish va qo’llash bo’lgan loyihalar kiritiladi. 
Har bir loyiha 4 ta asosiy jihati bo’yicha farqlanadi: 
2. 
Loyiha ko’lami bo’yicha: (kichik loyiha, megaloyiha)
3. 
Amalga oshirish muddatlari bo’yicha (qisqa muddatli, o’rta muddatli va 
uzoq muddatli loyihalar). 
4. 
Sifati bo’yicha. 
5. 
Resurslarning cheklanganligi bo’yicha. 
Yuqorida keltirilganidek, loyihalarni turlicha tavsiflash mumkin. Biroq, bu 
tavsiflar uning ma’lum tasnifiy jithatini namoyon etadi. Shunga ko’ra, loyihalarning 
mumuiy tasnifini quyidagi 1.4-rasm orqali ifodalash o’rinlidir. 
O’z navbatida, investitsiya loyihasi loyihadan farqlanishi sababli uning o’ziga 
xos xususiyatlarga egaligini namoyon etuvchi jihatlarni investitsiya loyihasi tasnifi 
keltirilgan quyidagi 1.5-rasm orqali ifodalash maqsadga muvofiqdir. 


20 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə