18
xususiyatlariga ega bo’lgan barcha iqtisodiy loyihalar: loyihaning maqsadi tizimning
iqtisodiy ko’rsatkichlari ishlashining yaxshilanishi hisoblanadi, shuning uchun ularni
avvalroq ko’rib chiqilgan holatlarga
nisbatan baholash qiyinroqdir; maqsadlar
taxminan belgilanadi, lekin, loyihani siljib borishi bo’yicha to’g’rilanishini
(korrektirovka)
talab qiladi; loyiha muddatlari ham xuddi shunday, loyiha uchun
resurslar zaruriyat yuzasidan imkoniyat doirasida taqdim etiladi; xarajatlar taxminan
aniqlanadi, iqtisodiyligi nazorat qilinadi va loyihani siljib borishi aniqlanadi. Bu
shuni bildiradiki, iqtisodiy natijalarga belgilangan muddatlarda o’rnatilgan xarajatlar
asosida
erishilishi kerak, resurslar talab bo’yicha taqdim etiladi.
5. Ijtimoiy loyihalar.
Ijtimoiy ta’minot tizimini qayta qurish, sog’liqni saqlash, axolining kam
ta’minlangan tabaqalarini
ijtimoiy ximoya qilish, tabiiy va ijtimoiy siljishlar
oqibatlarini yengib o’tish (Orolni qutqarish, ko’chatlar o’tqazish va bog’lar (Yoshlar
bog’ini) yaratish, tabiatni turli chiqindilardan tozalash, yozgi oromgohlarda bolalarni
sog’lomlashtirish dasturlari, nogiron yoki bolalar uyidagilarga mehr ko’rsatish, ularga
turli o’yin, konsert dasturlarini tashkil etish, nochor
oilalarda sunnat va nikoh
to’ylarini o’tkazish kabilar) – bularning barchasi o’z xissasiga ega ijtimoiy
loyihalardir: maqsadlar faqat oraliq natijalarga erishish doirasida to’g’rilanishi kerak
va ko’zda tutiladi, ularni miqdor va sifat jixatdan baholash ancha murakkablashgan;
loyihaning muddati va davomiyligi taxmininy omillarga bog’liq
yoki faqat
belgilanadi va oqibatda aniqlanishi zarur; loyiha xarajatlari,
odatda byudjet
assignatsiyalariga bog’liq; resurslar talab bo’yicha imkoniyat doirasida ajratiladi.
Ijtimoiy loyihalar yuqori aniqlikka ega.
Dostları ilə paylaş: