287
etiladi va ularda zarur ishlab chiqarish va ish yuritish infratuzilmasi barpo etiladi.
Erkin iqtisodiy zonalar, ko’p
hollarda, davlatlararo tutash hududlarda, xalqaro
aeroportlar, port shaharlarda yoki transport yo’llari tutashgan
hududlarda tashkil
etiladi. O’zbekistonda bunday zonalar Navoiy viloyati Karmana tumanida va
Toshkent viloyati Angren shahrida tashkil etilgan.
Yuridik shaxs
– fuqarolik huquq va majburiyatlarining sub’ektlari
hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar. O’zbekiston
Respublikasi fuqarolik
qonunchiligiga ko’ra, yuridik shaxs o’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ
boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan
ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan va mulkiy va shaxsiy nomulkiy
huquqlarga ega bo’la oladigan va
ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni
bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilotdir.
Yuridik shaxslardan olinadigan soliq
– qo’shilgan qiymat solig’i, korxona va
tashkilotlarning daromadi(foydasi)dan olinadigan soliq, aktsizlar, yo’l
fondini
shakllantirish uchun manba sifatida foydalaniladigan soliqlar, korxona mol-mulki
solig’i, er uchun to’lovlar, reklama solig’i, birjada amalga
oshirilgan bitimlardan
olinadigan yig’im, mahalliy auktsion va lotoreyalarni o’tkazish huquqi uchun
litsenziya yig’imi, boshqa soliq, yig’im va majburiy to’lovlardan iborat.
Dostları ilə paylaş: