Book · June 020 citations reads 18,691 author



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Erkin iqtisodiy zonalar
– 1) davlatlararo kelishuvlarga yoki maxsus 
qonunlarga muvofiq, xo’jalik va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish uchun 
imtiyozli soliq, moliya, huquqiy sharoitlar joriy qilinadigan muayyan hududlar; 2) 
mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, 
istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq 
belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo’lgan maxsus 
ajratilgan hudud. Xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb etish maqsadlarida tashkil 


287 
etiladi va ularda zarur ishlab chiqarish va ish yuritish infratuzilmasi barpo etiladi. 
Erkin iqtisodiy zonalar, ko’p hollarda, davlatlararo tutash hududlarda, xalqaro 
aeroportlar, port shaharlarda yoki transport yo’llari tutashgan hududlarda tashkil 
etiladi. O’zbekistonda bunday zonalar Navoiy viloyati Karmana tumanida va 
Toshkent viloyati Angren shahrida tashkil etilgan. 
Yuridik shaxs 
– fuqarolik huquq va majburiyatlarining sub’ektlari 
hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar. O’zbekiston Respublikasi fuqarolik 
qonunchiligiga ko’ra, yuridik shaxs o’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ 
boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan 
ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan va mulkiy va shaxsiy nomulkiy 
huquqlarga ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni 
bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilotdir.
Yuridik shaxslardan olinadigan soliq 
– qo’shilgan qiymat solig’i, korxona va 
tashkilotlarning daromadi(foydasi)dan olinadigan soliq, aktsizlar, yo’l fondini 
shakllantirish uchun manba sifatida foydalaniladigan soliqlar, korxona mol-mulki 
solig’i, er uchun to’lovlar, reklama solig’i, birjada amalga oshirilgan bitimlardan 
olinadigan yig’im, mahalliy auktsion va lotoreyalarni o’tkazish huquqi uchun 
litsenziya yig’imi, boshqa soliq, yig’im va majburiy to’lovlardan iborat. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə