Book · June 023 citations reads 121 author


Belgilar tizimining pragmatik (amaliy) tomoni



Yüklə 10,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/181
tarix11.12.2023
ölçüsü10,33 Mb.
#144445
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   181
IbraimovaA.A.Kartalarniloyihalashvatuzish-DARSLIK-2

Belgilar tizimining pragmatik (amaliy) tomoni 
belgilarning 
iste’molchiga munosabatini ko‘rib chiqadi. Pragmatika xaritada 
tasvirlanadigan 
anglangan 
(dekodlashtirilgan) 
hodisaning 
ko‘rgazmali va o‘qishga soddaligini ta’minlaydi. Belgilar 
tizimining pragmatika ko‘rsatkichlari kartografik belgilar va 
umuman 
butun 
tizimning 
vizual, 
ehtimol 
mashina 
kommunikabelligidarajasi hisoblanadi. Ushbu toifaga belgilar 
tizimining “axborot sig‘imi” tushunchasi ham kiritiladi. 
Pragmatika nuqtai nazaridan kartogarfik belgilar tizimi 
qurilishining asosiy qoidalariga quyidagilar kiradi: 

kartografik belgilarni qurish uchun ularni tez, oson qabul 
qilish va dekodlash maqsadida xaritani ko‘z bilan qabul qilishning 
asosiy qoida va qonuniyatlaridan foydalanish; 

EHMda kartografik shartli belgilarni qurish uchun 
obrazlarni tanish nazariyasi qonuniyatlarini hisobga olish; 

belgilarning ko‘rgazmaliligi va estetikasisini ta’minlash 
maqsadida didaktika va sanoat dizaynining asosiy tamoyillaridan 
foydalanish. 
Kartografik belgilarni loyihalashning formal jihati asosida 
kartografik belgilarning yuqori kommunikabelligi va estetik 
parametrlarini ta’minlovchi ular qurilishining asosiy qonuniyatlari 
yotadi. Kartografik belgilar tizimi va kartografik tasvirlash usullari 
yordamida berilgan xaritada tasvirlangan ma’lumotlar uning 


- 15 - 
iste’molchilari tomonidan qabul va tafakkur qilinadi. Bu 
ma’lumotlar xabar xarakteriga ega bo‘ladi, ya’ni axborotga 
aylanadi. Shartli belgilarni tanlash xaritani loyihalashda qiziqarli 
va muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Tanlov juda keng va hech 
qanday qat’iy qoidalar mavjud emas. Biroq, shartli belgini tanlash 
tasvirlanadigan geografik hodisa turi va muayyan grafik belgilar 
yoki o’zgaruvchilar bilan bog’liq. 
Turli o’lchamga ega juda ko’p shartli belgilardan kartograf 
geografik hodisani eng yaxshi tasvirlaydigan belgini tanlaydi. Bu 
vazifa ba’zi kartografik qoidalar va aksariyat o’quvchilarning 
murakkab belgilarni tushuna olmasligi kabi omillar bilan ancha 
soddalashadi. Uchta umumqabul qilingan kartografik shartli belgi 
tipi bevosita joy ma’lumotlari tavsiflari bilan bog’liq. Bu nuqtali, 
chiziqli va maydonli belgilar mavzuli kartografiyalashda standart 
bo’lib qolmoqda.
GATdan 
foydalanish 
va 
dasturiy 
ta’minotning 
takomillashtirilishi kartografga ikki yoki uch o’lchamli xaritalarni 
yaratish imkonini berdi (1.3.1-rasm). Uch o’lchamli xaritalar yo 
hajmli ma’lumotlarni yoki yuzadagi hodisalarni aks ettiradi.
1
Geografik hodisalar (nuqtali, chiziqli, maydonli va hajmli) va 
shartli belgi turi (nuqta, chiziq, maydon) ishlatilishi orasida 
mantiqiy muvofiqlik bor. Albatta, muvofiqlik qulay o’zaro bir xil 
emas. Nuqtali ma’lumotlar (masalan, tegishli masshtabdagi 
shaharlar), odatda, nuqta yoki doirachalar kabi nuqtali belgilar 
bilan tasvirlanadi.
Chiziqli obyekt hisoblangan yo’llar chiziqli belgilar bilan; 
maydonli geografik hodisalar (ko’l, mamlakatlar) maydonli shartli 
belgilar – o’zgaruvchan to’yinganlik, tus yoki qiymat, ba’zan 
shablon bilan qoplash orqali tasvirlanadi.
1
Dent, Borden D. Cartography: thematic map design / Borden D. Dent, Jeffrey S. Torguson, Thomas W. 
Hodler. - 6th ed. New York, NY 10020. Copyright © 2009. p. 70. 


- 16 - 

Yüklə 10,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə