Borliq tushunchasi tarixiy borliq muamosi borliq va yoʻqlik dialekttikasi


Jonli narsalarning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 123,5 Kb.
səhifə15/15
tarix30.12.2023
ölçüsü123,5 Kb.
#165608
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Borliq tushunchasi tarixiy borliq muamosi borliq va yoʻqlik dialekttikasi

Jonli narsalarning o‘ziga xos xususiyatlari. Hozirgi ilmiy tasavvurlar har qanday jonli organizmni ochiq tipdagi o‘z-o‘zini tashkil etuvchi, ya'ni atrof muhit bilan moddalar, energiya va axborot almashinuvini amalga oshiruvchi tizim sifatida tavsiflash imkonini beradi. Jonli narsalarning yana bir o‘ziga xos belgisi shundaki, ular ko‘payish qobiliyatiga ega. Barcha jonsiz narsalardan farqli o‘laroq, faqat jonli organizmlargina o‘ziga o‘xshash organizmlarni yaratishi, sirtdan o‘sish va hayotni quvvatlash uchun zarur moddalarni olib, o‘z faoliyati chiqindilarini atrof muhitga chiqarib, o‘sishi, rivojlanishi mumkin. Boshqacha aytganda, jonli organizmlar borlig‘i funksionaldir, u jarayon sifatida yuz beradi, ya'ni muayyan jonli narsa mavjud bo‘ladi yoki, u faoliyat ko‘rsatayotgani uchun ham unda hayot mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, jonli organizmlar mavjudligi uchun tegishli va mutlaqo muayyan fizik va kimyoviy muhit talab etiladi, zero ularning hayot faoliyati faqat muayyan sharoitda: joiz harorat, havo, namlik, oziq va shu kabilar mavjud bo‘lgan holda yuz berishi mumkin.
Qayd etilgan omillar aniq va ularni tekshirish mumkin bo‘lsa-da, jonli va jonsiz narsalar o‘rtasida uzil-kesil chegara o‘tkazish oson ish emas. Masalan, virusli zarralar jonli organizm hujayralaridan tashqarida moddalar almashinuvini amalga oshirmaydi, ko‘paymaydi va h.k. Bu ayrim olimlar ularni jonli narsalar qatoriga, ayrimlarning esa – jonsiz narsalar dunyosiga kiritishiga asos bo‘ladi. Chuqurlikda muzlatilgan taqdirda quritilgan urug‘lar yoki o‘ta sodda organizmlarda ham yashash jarayonlari nomuayyan vaqtga to‘xtaydi, ammo ular avvalgi (normal) sharoitga qaytarilgach, mazkur jarayonlar tiklanadi.
Xulosalar. Borliq bizning mavjudligimiz asosi, notirik, tirik tabiatning yashash usulidir. Borliq yo‘qdan bor bo‘lmaydi bordan yo‘q bo‘lmaydi. Dunyodagi barcha narsalar biri ikkinchisining mavjudligini taqozo qiladi.


1 Qarang: Malyukova O.V. Materiya, prostranstvo i vremya s tochki zreniya fiziki XX veka / Ontologiya, gnoseologiya, logika i analiticheskaya filosofiya. – SPb.: 1997. – S.93.

2 Qarang: Derrida J. Of Spirit: Heidegger and the Question. The University of Chicagopress, 1989. – 14-b.

3 Djems U. Zavisimost veri ot voli. – SP(b).: 1994. –S. 35.

Yüklə 123,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə