Bosh ilmiy-metodik markaz fayziyeva maxbubaxon raximjonovna raqamli transformatsiya sharoitida ta


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə10/21
tarix28.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#135979
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Avtoreferat Fayziyeva 14.06

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 4 ta xalqaro va 5 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 26 ta ilmiy ish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 12 ta maqola, jumladan, 9 tasi respublika va 3 tasi xorijiy jurnallarda hamda 5 ta darslik va 2 o‘quv qo‘llanma chop etilgan.
Dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi. Dissertatsiya kirish, to‘rt bob, xulosa, 240 sahifa asosiy matn, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovadan iborat.


DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi asoslangan, mavzu bo‘yicha xorijiy ilmiy-tadqiqotlar sharhi va muammoning o‘rganilganlik darajasi bayon etilgan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, shuningdek, obyekti va predmeti aniqlangan, tadqiqot ishining fan va texnologiyalarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan hamda tadqiqotning ilmiy yangiligi, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, e’lon qilinganligi, ishning tuzilishi borasida ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyani “Raqamli transformatsiya sharoitida ta’limni tashkil etishning nazariy-metodologik asoslari” deb nomlangan birinchi bobida ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalaridan foydalanish masalalari, raqamli texnologiyalarni o‘qitishning pedagogik muammolari va raqamli ta’lim resurslarini yaratish bo‘yicha olib borilgan izlanishlar tahlili, raqamli texnologiyalarning ta’limga integratsiyasiga ta’sir etuvchi omillar, raqamli texnologiyalarning mazmun-mohiyati, ularning turlari va imkoniyatlari tahlil etildi, shuningdek, Informatika va axborot texnologiyalari ta’limining umumta’lim maktablarida o‘qitilishining amaldagi joriy holati va to‘plangan tajribalar tahliliga ko‘ra, umumta’lim maktablari “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining takomillashgan mazmuni yoritib berildi.
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar ta’lim mazmuni va ko‘lamiga o‘zgarishlar kiritdi va butun dunyo ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalarni integratsiyasi bo‘yicha strategiya va siyosatlarni qabul qilishga olib keldi. Shu bilan birga raqamli texnologiyalardan foydalangan holda ta’lim tizimi sifatini joriy texnologik tendentsiyalarga muvofiq oshirish, moslashtirish va loyihalash muammolarini keltirib chiqardi. Bu esa maktablarning raqamli salohiyati va tayyorgarligini hamda raqamlashtirish darajasini oshirish va muvaffaqiyatli raqamli transformatsiyaga erishish uchun o‘rganish va tajribaga asoslanish zaruratini keltirib chiqardi.
Raqamli transformatsiya (inglizcha raqamli transformatsiya, DT ) - bu asosiy texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini optimallashtirish bilan birga tashkilot tomonidan raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayoni28.
Raqamli transformatsiya har bir sohani shakllantirgani kabi ta’lim sohasiga ham ta’sir qildi. Taʼlimdagi raqamli transformatsiya barcha ishtirokchilar uchun taʼlim va oʻqitish tajribasini oshirish maqsadida taʼlim jarayonlariga zamonaviy texnologiyalar va yechimlarni joriy etishdan iborat. Bu cheksiz imkoniyatlar dunyosini ochadi hamda o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida soddalashtirilgan muloqot va hamkorlikni ta’minlaydi, ichki boshqaruv jarayonlarini yaxshilaydi, kampuslarda xavfsizlikni kuchaytiradi.
Yuqoridagilarga asoslanib, ta’limning raqamli transformatsiyasi – bu ta’lim rejalari va natijalari, ta’lim mazmuni va metodlari hamda tashkiliy shakllarini yangilash, shuningdek, jadal rivojlanayotgan raqamli muhitda har bir o‘quvchi erishgan natijalarni baholashni tubdan yaxshilash jarayonidir, deb tavsiflashimiz mumkin.
Tadqiqot davomida raqamli transformatsiya, raqamli texnologiyalar, raqamli ta’lim muhitini shakllantirish, xususan raqamli ta’lim platformalarini yaratish bo‘yicha xorij, MDH, respublika olimlarini ishlari tahlil etildi. Shuningdek, NSW ta’lim departamenti, YUNESKO, OECD, Microsoft, ISTE larning raqamli ta’limni yo‘lga qo‘yish strategiyalari va mazmuni o‘rganildi. Unga asosan, respublikamizda raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim muhitini tashkil etish, xususan ta’lim platformalarini yaratish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha ilmiy ishlarga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Raqamli transformatsiya jarayonida raqamli texnologiyalarning ta’limga ta’sirini aniqlovchi bir-biriga bog‘langan turli omillar muhim rol o‘ynaydi. Raqamli texnologiyalar maktablarning raqamli transformatsiyasiga qanday ijobiy hissa qo‘shishi va maktablarda samarali o‘zgarishlarga erishish uchun qaysi omillarni hisobga olish kerakligiga oydinlik kiritish maqsadida raqamli texnologiyalarni ta’limga integratsiyasiga ta’sir etuvchi omillar aniqlandi(1-jadval).
1-jadval

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə