5-mavzu: ilmiy tadqiqot mavzusi, maqsadi va vazifalarini shakllantirish Reja



Yüklə 45,11 Kb.
səhifə1/6
tarix22.03.2024
ölçüsü45,11 Kb.
#182761
  1   2   3   4   5   6

5-MAVZU: ilmiy tadqiqot mavzusi, maqsadi va vazifalarini shakllantirish
Reja:
5.1. Ilmiy-tadqiqot:asosiy kategoriyalar vatushunchalar.
5.2. Ilmiy yo’nalish. Ilmiy muammo, ilmiy mavzu.
5.3. Ilmiy tadqiqot yo’nalishlarini tanlash.
5.4. Ilmiy tadqiqot ishlarining turlari.
5.5. Muammmoning dolzarbligi, uning fan va texnikani rivojlantirishdagi ahamiyati.


Tayanch so’zlar: ilmiy ish, maqsadi, obyektiv qonuniyatlar, ilmiy tadqiqot, nazariya va amaliyot, metodologiya, tadqiqot uslubiyoti, tahlil, refleksiya, dissertatsiya.


5.1.Ilmiy-tadqiqot: asosiy kategoriyalar vatushunchalar


Ilmiy ish boshqa har qanday ishdan o’zining maqsadi — yangi ilmiy bilimni olishi bilan farq qiladi. Ayni shu ish jarayonida voqyelik haqidagi obyektiv bilimlar ishlab chiqiladi va bir tizimga solinadi.
Biroq fanda qandaydir bir yangi ilmiy faktni aniqlash kamlik qiladi, unga fan pozitsiyasidan turib izoh berish, uning umumiy bilishga oid, nazariy yoki amaliy ahamiyatini ko’rsatish, shuningdek ilgari ma’lum bo’lmagan yangi jarayonlar va hodisalarni oldindan ko’ra bilish talab etiladi.
Ilmiy ish bu avvalo qat’iy rejali faoliyatdir. Garchi fanda tasodifiy kashfiyotlar qilinib tursa-da, lekin faqat rejali, zamonaviy vositalar bilan puxta qurollangan ilmiy tadqiqot tabiat va jamiyatdagi obyektiv qonuniyatlarni ochish va teran bilishga imkon beradi. Shundan keyin avval-boshdagi fikrning aniq maqsadni ko’zlab ishlanishini davom ettirish, oldindan mo’ljallangan tadqiqot sxemasini aniqlashtirish, o’zgartirish, unga qo’shimchalar qilish jarayoni kechadi.
Ilmiy tadqiqot ishlariga kirishishdan oldin uning metodlarini, shakllarini, vositalarini to’g’ri tanlab olish va metodikani ilmiy asoslash lozim. Ilmiy tadqiqotlar muammoni yuzaga chiqarish, mavzuni tanlash va ma’lum bo’lgan ma’lumotlarni obyektiv tahlili uchun axborotni izlashdan boshlanadi. Axborotni izlashdan so’ng ilmiy izlanishlarga o’tiladi, ya’ni ilmiy ijodga kirishiladi. Bunda shaxsning evristik faolligi yangi nazariyani yaratishga olib keladi.
Ilmiy tadqiqot – fanning mavjudlik shaklidir. Fanning rivojlanishi dalillarni yig’ish, o’rganish va tizimlashtirish, mantiqan tekis ilmiy qonunni yaratish maqsadida ayrim va alohida qonuniyatlarni umumlashtirish va ochib berishdan boshlanadi. Bilishning alohida pog’onalarining dialektikasi tadqiqot faoliyatining turli shakllarini taxmin qiladi. Ular esa shartli ravishda axborotli va ilmiy izlanishlarga bo’linadi. Ushbu shakllarga ilmiy bilishning ikki darajasi ya’ni emperik va nazariy darajasi mos keladi. Emperik daraja bosqichida ma’lumotlar to’planadi, nazariy daraja bosqichida ular ilmiy nazariyaga sintez qilinadi.
Ilmiy tadqiqot. Uning umumiy maqsadi quyidagi ehtiyojlarga javob beradigan nazariyani qurishdan iborat:
1) faktlarni tahlil etish, tasniflash va bir tizimga solish (sintez qilish);
2) real olamning aniq faktlarini talqin qilish va anglab olish;
3) yangi natijalarni oldindan aytib berish va hodisalar rivojini bashorat qilish.

Yüklə 45,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə