5-mavzu: ilmiy tadqiqot mavzusi, maqsadi va vazifalarini shakllantirish Reja



Yüklə 45,11 Kb.
səhifə5/6
tarix22.03.2024
ölçüsü45,11 Kb.
#182761
1   2   3   4   5   6
Nazariy-metodologik tusdagi – umumiy nazariy konsepsiyalar, metodologik muammolarning ishlab chiqilishi.
O’ziga xos xususiyatlari: magistrlik tadqiqoti darajasida kam ommalashgan, chunki tadqiqotchi rivojlangan nazariy tafakkurga ega bo’lishi kerak.
6. Empirik tusdagi - muayyan korxonalar, firmalar, tashkilotlarning muayyan tajribasining tadqiqi, tahlili.
O’ziga xos xususiyatlari: tashkilotning ilg’or tajribasi, amaliyoti markaziy o’rinni egallaydi, unga bu tajribadan milliy iqtisodiyotda foydalanish bo’yicha nazariy dalillar va mulohazalar qo’shimcha qilinadi.


5.4. Ilmiy tadqiqot ishlarining turlari

Ilmiy tadqiqot ishlari (ITI) o’z maqsadiga, tabiat yoki sanoat bilan bog’liqlik darajasi va ilmiy chuqurligiga ko’ra uchta asosiy turga ajratiladi: fundamental (nazariy), amaliy va ishlanma.


Fundamental (nazariy) tadqiqotlar atrof borliqdagi yangi qonunlarni ochishga, hodisalararo aloqalarni aniqlashga, yangi nazariya va tamoyillar yaratishga yo’naltiriladi. Ular ijtimoiy bilimni kengaytirishga, tabiat qonunlarini yanada chuqurroq anglashga imkon beradi. Bu tadqiqotlar fanning ichida ham, ijtimoiy ishlab chiqarishda poydevor va asos (fundament) hisoblanadi.
Amaliy tadqiqotlarning ilmiy negizi (bazasi) ishlab chiqishga yo’naltiriladi. Mazkur negiz ishlab chiqarishning yangi vositalari (uskunalar, mashinalar, materiallar va texnologiyasi)ni yaratish yoki mavjudlarini takomillashtirish bilan bevosita bog’liq. Bu tadqiqotlar jamiyatning ishlab chiqarish muayyan tarmoqlarini rivojlantirishga bo’lgan talablarini qondirish maqsadida bajariladi.
Ishlanmalar yoki tajriba konstruktorlik ishlari (TKI)dan maqsad amaliy (yoki fundamental) tadqiqotlarning natijalaridan texnika va ishlab chiqarish texnologiyasining yangi xillarini barpo qilish hamda o’zlashtirish yoki mavjud namunalarni takomillashtirish maqsadida foydalanishdan iboratdir. TKI jarayonida ilmiy-tadqiqotlar texnikaviy takliflarga aylanadi. Fan va ishlab chiqarishning uyg’unlashgan tizimida bunday aylanish tarxi 1-rasmda keltirilgan.
Fundamental va amaliy ITIlarni bajarish jarayoni bir qator asosiy bosqichlarni o’z ichiga oladi. Ular muayyan mantiqiy ketma-ketlikda joylashadi.



Yüklə 45,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə