5-mavzu: ilmiy tadqiqot mavzusi, maqsadi va vazifalarini shakllantirish Reja



Yüklə 45,11 Kb.
səhifə2/6
tarix22.03.2024
ölçüsü45,11 Kb.
#182761
1   2   3   4   5   6
Nazariya va amaliyot.
Nazariya bilan amaliyot o’rtasida metodologiya va uslubiyot orqali amal qiladigan murakkab munosabatlar qaror topgan bo’lib, ularni quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin
Metodologiya – bu ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatining ilmiy tamoyillari va usullari tizimi haqidagi ta’limot.
Bilish jarayonida metodologiya tadqiqot obyektiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi va bilish natijalarini oldindan belgilab beradi.
Tadqiqot uslubiyoti (texnologiyasi) – tadqiqot usullarining bir tizimli majmui, tadqiqot uslublari, usullari, texnikalarini qo’llanish va ular yordamida olingan natijalarni talqin qilish qoidalari tizimi.
Uslubiyot o’rganiladigan obyekt xarakteriga, tadqiqot metodologiyasi, maqsadlariga, ishlab chiqilgan uslublar, tadqiqotchi malakasining umumiy darajasiga bog’liq bo’ladi.
Ilmiy tadqiqot uslubi bu muayyan bilish maqsadini hisobga olgan holda muayyan bilish vazifalarini hal etishga qaratilgan aqliy va (yoki) amaliy operasiyalar (rusum-qoidalar) tizimidir.
Yo’nalish olish - tadqiqotni amalga oshirishning predmetli sohasini ajratish.
Muammolarni belgilash – muammoni – hozirgi vaqtda javobi bo’lmagan aniq masalani aniqlash va idrok etish; tadqiqot maqsadini qo’yish.
Uslublarni belgilash- tadqiqot uslublari, uslubiyotlarini tanlash va asoslash.
Tadqiqot chegaralarini aniqlash va tadqiqot materiallarini tanlash tamoyilini belgilash.
Rejalashtirish – tadqiqotning izchil vazifalarini ifodalash; tadqiqotni o’tkazish uchun amallar izchilligini taqsimlash.
Material yig’ish yoki eksperiment o’tkazish - empirik materialni yig’ish; eksperimentni qo’yish va o’tkazish; olingan ma’lumotlarni dastlabki tizimga keltirish.
Tahlil – ma’lumotlarning umumlashtirilishi, qiyoslanishi, tahlil etilishi, talqin qilinishi.


Refleksiya – o’zining xulosalarini olingan xulosalarga, tadqiqotni o’tkazish jarayoni, ilgari mavjud bo’lgan bilimlar va ma’lumotlarga muqoyasa qilish.

Yüklə 45,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə