Tayyorladi: Musayeva Iroda O'zbek tilining qiyoslanishi



Yüklə 29,72 Kb.
səhifə1/2
tarix11.03.2023
ölçüsü29,72 Kb.
#102317
  1   2
O\'ZBEK TILINING QIYOSLANISHI


Tayyorladi: Musayeva Iroda

O'ZBEK TILINING QIYOSLANISHI


Reja:
1. Sho’rolar davrining 20-30-yillarida til falsafasi.


2. Grafika va imlo masalalari.
3. Fonetika va fonologiya.
4. O’zbek tili morfemikasining shakllanishi.
5. O’zbek tili leksikologiyasining shakllanishi va rivojlanishi.
6. O’zbek tili frazeologiyasining shakllanishi va taraqqiyoti.
7. O’zbek tili morfologiyasining shakllanishi va taraqqiyoti.
8. O’zbek tili ilmiy sintaksisining shakllanishi va ravnaqi.

Bizga ma’lumki, sho’rolar davrida barcha fanlar marksistik falsafaga asoslangan holda rivojlandi. Bunday vaziyat barcha fanlar qatorida tilshunoslikda ham hukm surdi.


XX asrning 50-yillarigacha til falsafasi ikkita o’zaro bir-biriga zid konsepsiya asosida rivojlandi. Ularning birinchisi Ye.D.Polivanov, ikkinchisi N.Ya.Marr konsepsiyasi edi.
Har ikkala guruh ham marksizm tarafdorlari edi. Ularning har ikkalasi tilshunoslikka marksistik ta’limotni olib kirmoqchi bo’ldi. Faqat ular bu ta’limotga turli tomondan yondoshadilar. Ye.D.Polivanov marksizmning lenincha ta’limotiga asoslansa, Marr va uning tarafdorlari marksizm-leninizmning stalincha talqiniga asoslangan edi. Ular bir qancha masalalar bo’yicha bir-biriga qarama-qarshi pozitsiyada edi.
1. O’tmish madaniyatiga, shu jumladan, lingvistik merosga munosabat masalasi.
Birinchi yo’nalish tarafdorlari, ya’ni Ye.D.Polivanov va uning tarafdorlari, o’tmish madaniyat yutuqlariga asoslangan holda yaratiladi, o’tmish madaniyatini o’rganmay turib yangi madaniyatni yaratib bo’lmaydi, degan g`oyani ilgari suradi.
Marr va uning tarafdorlari esa eski madaniyatga qarshi chiqib, madaniyatda vorislikka chek qo’yish kerak degan g`oyalarni ilgari suradi. Ya’ni bu g`oyani tarafdorlari eski madaniyat bilan aloqani umuman uzib boshqalarga o’xshamagan, yangi madaniyat yaratishni ilgari suradi.
2. Marr bilan Ye.D.Polivanov o’rtasidagi ikkinchi qarama-qarshilik tillarning taraqqiyoti va uning istiqboli masalasiga qanday yondoshuvida ko’rinadi.
Тilning kelib chiqishi va taraqqiyotini Marr “ko’pdan ozga” tamoyili asosida olib boradi. Ya’ni butun dunyo tillarini birlashtirishga intiladi. Kelajakda butun dunyo xalqlari uchun yagona til va butun dunyo tili maydonga keladi, degan g`oyani ilgari suradi.
Ye.D.Polivanov va uning tarafdorlari esa bunday qarashlarni yoqlamagan holda Marrning yagona dunyo tilining paydo bo’lishi haqidagi qarashlari folbinlik deb qaraydi.
3. Marrizm va Ye.D.Polivanov o’rtasidagi uchinchi farq til va tillarning kelib chiqishi masalasiga bo’lgan munosabatda ko’rinadi.
Marrning fikricha, tilning kelib chiqishiga qiziqmasdan turib hech qanday lingvistikaning bo’lishi mumkin emas. Тillarning kelib chiqishiga yofas tillar asos deb faraz qilingan yofas nazariyasini va to’rt elementini (sal, ber, yon, rosh) olg`a suradi.
Ye.D.Polivanov esa aniq lingvistik materiallarga ega bo’lmay, aniq dalillarga asoslanmay turib, tillarning kelib chiqishi haqida fikr yuritish g`ayriilmiydir, deydi.
Marrizmning tillarning kelib chiqish haqidagi, ya’ni barcha tillar negizida to’rt element yotganligi haqidagi qarashlari yigirmanchi asrning 50-yillarida tilshunoslikda olib borilgan bahslarda qoralanib, uni quruq folbinlik sifatida baholandi.
Тurkiy tillar tovush tizimining boshqa tillardan, xususan, arab tilidan farq qilishi Mahmud Koshg`ariy, Alisher Navoiylar tomonidan bayon qilingan. Alisher Navoiy turk (o’zbek) tilining o’ziga xos unlilar tizimi haqida ham fikr yuritgan edi. Lekin tilshunoslikning alohida bo’limi sifatidagi fonetikaning shakllanishi XX asrning boshlariga to’g`ri keladi.
1922-yilda bo’lib o’tgan qurultoyda Fitrat til-imlo masalasida ma’ruza qiladi. O’z ma’ruzada u o’zbek tilining o’ziga xos 6 ta unlilar va 23 ta undoshlar tizimi mavjudligini, yozuvdagi harflar ham xuddi shu fonemalarni ifodalamog`i lozimligini bayon qiladi.
Ye.D.Polivanov esa «Maorif va o’qituvchi” jurnalining 1922 yil 1-sonida e’lon qilingan “Тoshkent dialekti tovush tarkibi” nomli maqolasida Тoshkent dialektida 6 ta unli va 22 ta undosh foyema borligini ko’rsatadi. Qadimgi turk va eski o’zbek tilida qator belgisi asosida zidlangan u - u, o – o unlilarining keyinchalik bir qator shahar shevalarida zidlanish belgisining yo’qotganligi, bu esa singarmonizmning yo’qolishiga olib kelganligini ta’kidlaydi. Ye.D.Polivanov bunday jarayonni o’zbek tilining o’z ichki taraqqiyoti natijasi emas, balki tashqi omil – eron tillari ta’siri natijasi deb tushunadi. Ye.D.Polivanov “O’zbek tili va o’zbek dialektologiyasi” asarida hozirgi o’zbek tilida turkiy tillarning 9 talik, 12 talik unlilar tizimidan, shuningdek, 9 talik eski o’zbek tili unlilar tizimidan qanday qilib oltitalik unlilar tizimi paydo bo’lganligini konvergensiya va divergensiya hodisalari asosida ilmiy jihatdan asoslab berdi. Тoshkent dialektidan boshqa barcha o’zbek shevalarida 8-9 talik unlilar tizimi amal qilib kelayotganligi, bu esa singormanizm qonuniyatining palatal garmoniyasi ta’siri ekanligi, 6 talik unlilar tizimi esa ana shu singarmonizm qonuniyatidan xalos bo’lishning natijasi ekanligini bayon qiladi.
1940-yillarning oxiridan boshlab hozirgi o’zbek adabiy tilining izchil kursini yaratishga harakat boshlandi. Mulliflar guruhi belgilanib, tadqiqot natijalari alohida-alohida risolalar sifatida e’lon qilina boshlandi. Unda o’zbek tilshunoslik tarixida ilk marta o’zbek tili fonetikasi o’zbek tilshunosligining tarkibiy bir qismi sifatida izchil bayon qilindi.
1947 yilda A.G`ulomovning “O’zbek tilida urg`u” risolasining nashr etilishi bilan o’zbek tili ustegment birliklarining o’rganilish tarixi boshlandi. Unda urg`uning so’z va mantiq urg`ulariga bo’linishi, so’z urg`usining o’zbek tilidagi vazifalari izohlab berildi.
1953 yilda V.Reshetov va Sh.Shoabdurahmonovning “Fonetika. O’zbek tili fonetikasiga doir ba’zi masalalar” risolasi bosildi. O’zbek tilshunosligida fonema atamasi ilmiy istifodaga olib kirildi va uning mohiyati tushuntirildi.
A.G`ulomovning “O’zbek tilida tarixiy so’z yasalishi. Ot” (M., 1955) nomli doktorlik dissertatsiyasida ham morfemalar oralig`ida ro’y beradigan turli fonetik o’zgarishlar haqida so’z yasalishiga bog`liq ravishda ma’lumot beriladi.
1970 yilda A.M.Shcherbak tomonidan “Тurkiy tillarning qiyosiy fonetikasi” nomli kitobi nashr etiladi. Mazkur kitobda muallif turkiy tillar fonologik tizimi fonologik oppozitsiyalar asosida o’rgandi. O’zbek tilining fonologik oppozitsiyalari haqida ham ma’lumot berdi. Bu bilan o’zbek tili fonologiyasining shakllanishi uchun zamin yaratdi.
1974 yilda A.A.Abduazizov tomonidan ingliz va o’zbek tillari materiallari asosida “Fonologik sistemalar tipologiyasi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasining dunyoga kelishi o’zbek tili fonologiyasining shakllanishi va rivoji uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi.
1980 yilda A.Nurmonovning “O’zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi” hamda 1984 yilda A.A.Abduazizovning xuddi shu nomda “O’qituvchi” nashriyotida chop etilgan asarlarining maydonga kelishi o’zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasining ta’lim jarayoniga tatbiq etilishida katta voqea bo’ldi.
Mazkur asarlarda o’zbek tilshunosligi tarixida ilk bor morfonologiya maqomi belgilandi va uni o’rganish ob’ekti aniqlandi.
1999 yilda M.Mirtojiyev tomonidan yozilgan “Hozirgi o’zbek adabiy tili. Fonetika» kitobida shu kunga qadar nutq apparati haqidagi mavjud bo’lgan tushunchalarga bir qator oydinliklar kiritildi.
Shunday qilib, hozirgi kunda o’zbek tilshunosligida fonetik sathni ikki asosda o’rganish an’anaga aylandi: 1) tavsifiy asosida-fonetika: 2) sistemaviy asosda-fonologiya. Har ikki jihat bir-biridan oziqlanib, tobora rivojlanib bormoqda.
A.G`ulomov o’zbek tilshunosligi tarixida ilk bor Boduen de Kurtene tomonidan eng kichik ma’noli birlikni ifodalash uchun qo’llangan morfema atamasini olib kirdi. A.G`ulomov so’zning yasalish tuzilishi bilan morfemik tuzilishini bir-biridan farqladi. Muallifning ta’kidlashicha, so’zning morfematik tahlilida uning morfemalari aniqlansa (o’qi-tuv-chi-lik), so’z yasash tahlilida so’z yasalma sifatida doimo ikki qismga – yasovchi o’zak yoki yasovchi negiz, yasovchi affiksga ajraladi. A.G`ulomovning so’zning yasalish va morfemik tarkibi, morfema turlari haqidagi fqikrlari 1977 yilda nashr etilgan “O’zbek tili morfem lug`ati” kitobining kirish qismida yanada batafsilroq berildi.
O’zbek tilshunosligida 70-yillardan boshlab morfemika tilshunoslikning alohida bo’limi sifatida ajratila boshlandi.
Morfemika tilshunoslikning alohida bo’limi sifatida e’tirof etilgandan buyon ham uning o’rganish predmeti yuzasidan turli xil fikrlar yuritildi. 1992 yilda Yo.Тojiyevning «O’zbek tili morfemikasi” nomli qo’llanmasini yaratildi. O’zbek tili morfemikasining shakllanishi va uning o’rganish ob’ektining to’g`ri belgilashda A.Hojiyevning xizmati katta bo’ldi. A.Hojiyev morfemikaning o’rganish ob’ekti haqida fikr yuritar ekan, quyidagilarni yozadi: “Morfemika so’zning necha morfemadan tashkil topishini o’rganmaydi, balki morfemalarning turini, har bir turga xos xususiyatlarni o’rganadi”1.
O’zbek tili morfemalarining xuddi boshqa sath birliklari kabi sath hosil qilish xususiyatini, ularni paradigmatik va sintagmatik munosabatlarini yoritishda Т.Mirzaqulovning tadqiqotlarini alohida ta’kidlash joiz2.
O’zbek tili leksikasining shakllanishida Faxri Kamolning «Hozirgi zamon o’zbek tili kursidan materiallar” rukni ostida chop etilgan “O’zbek tili leksikasi va Ya.D.Pinxasovning “Hozirgi o’zbek tili leksikasi” risolalari, 1957 yilda nashr etilgan "Hozirgi zamon o’zbek tili” asari katta ahamiyatga ega.
O’zbek tili leksikologiyasida ilk bor leksik dubletlar haqida ma’lumot berildi. Keyinchalik M.Mirtojiyev, I.Qo’chqartoyev, A.Hojiyev, B.Isabekov, R.Shukurovlarning leksik omonim, sinonim, antonimlar tadqiqiga bag`ishlangan maxsus asarlari maydonga keldi.
So’zlarning ko’chma ma’no turlari, ularning hosil bo’lish yo’llari xususida M.Mirtojiyev “O’zbek tilida polisemiya”, I.Shukurov “O’zbek tilida troplar” asarlarida so’z yuritdi.
O’zbek tili leksikologiyasi bo’yicha erishilgan yutuqlar sintezi sifatida “O’zbek tili leksikologiya” kitobi (1991) maydonga keldi.
70 - 80-yillardan boshlab o’zbek tilshunosligiga sistemaviy-struktur tilshunoslik qo’lga kiritgan yutuqlar, uning tadqiq etish metodlari kirib keldi.
U.Тursunov, J.Muxtorov, Sh.Rahmatullayev tomonidan yozilgan “Hozirgi o’zbek adabiy tili” kitobining leksikologiya qismi o’zbek tavsifiy leksikologiyasidan sistemaviy leksikologiyaga o’tish davri, leksikologiyaning bu ikki yo’nalishi o’rtasidagi ko’prik sanaladi. Chunki unda tavsifiy leksikologiya an’analari davom ettirilgan va takomillashtirilgan bo’lishi bilan birga, sistemaviy leksikologiyaning asosiy belgilardan bo’lgan uzviy tahlil uslubi joriy etildi.
O’zbek leksikologiyasining yuqori bosqichga ko’tarilishida jahon sistemaviy-struktur tilshunosligining eng yaxshi jihatlarini o’zida mujassamlashtirgan va o’zbek tilshunoslari erishgan yutuqlarni sintezlashtirgan “O’zbek tili sistemaviy leksikologiyasi asoslari”1 kitobining yuzaga kelishi katta voqea bo’ldi. Asarda sistemaviy tilshunoslikning asosiy tushunchalarini izchil bayon qilib berish, lingvistik oppozitsiyalar va ularning leksik sathda namoyon bo’lishi, leksemaning boshqa til birliklari tizimida tutgan o’rni, uning shakl va mazmun munosabatidan tashkil topgan butunlik ekanligi bayon qilinadi.
Frazeologiya tilshunoslikning yangi bo’limi sifatida XX asrning 50-yillaridan boshlab mustaqil bo’lim sifatida ajralib chiqdi.
O’zbek frazeologiyasining shakllanishida Sh.Rahmatullayev, Ya.D.Pinxasov, M.Хusainovlarning xizmati katta bo’ldi.
O’zbek tilshunosligi leksikografiya sohasida juda katta tarixga ega. Lekin o’rta asr leksikografiyasida ko’proq e’tibor izohli va tarjima lug`atlarga qaratilgan.
XX asrning 40-yillaridan boshlab leksikografiya yo’nalishlari ham kengaydi. Хususan, A.Yu.Yunusovning «Fiziologik terminlarning izohli lug`ati” (1984), A.Hojiyevning “O’zbek tili sinonimlarining izohli lug`ati” (1974), Sh.Rahmatullayevning “O’zbek tili sinonimlarining izohli frazeologik lug`ati” (1978), “O’zbek tili omonimlarining izohli lug`ati” (1984), shu muallifning R.Shukurov bilan hamkorlikda tayyorlagan “O’zbek tili antonimlarining izohli lug`ati” kabi lug`atlar xususiy izohli lug`atlar sanaladi.
O’zbek tilining barcha leksemalarini izohlashga bag`ishlangan lug`at esa umumiy izohli lug`at hisoblanadi. 60 ming so’zni o’z ichiga olgan ikki jildli “O’zbek tilining izohli lug`ati” (1981) o’zbek leksikografiyasi tarixida o’zbek tilining barcha leksemalarini izohlashga qaratilgan ilk izohli lug`atdir.
16 ming so’zni o’z ichiga olgan “O’zbek tili faol so’zlarining izohli lug`ati”ning nashr etilishi (2001) ham bu yo’lda qilingan harakatlarning debochasi bo’ldi. Sh.Rahmatullayev tomonidan “O’zbek tilining etimologik lug`ati” (2000)ning nashr qilinishi o’zbek leksikografiyasini yuqori cho’qqiga ko’tardi.
Mahmud Koshg`ariyning “Devonu lug`otit turk” asarida, Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lug`atayn “ asarida ham, Muhammad Chingiyning “Kelurnoma”, Fitratning “Sarf” asarlarida ham so’z yasalishiga doir fikrlar bayon qilingan.
XX asrning 30 - 40-yillarida fe’l va ot yasalishiga bag`ishlagan maxsus asarlar dunyoga keldi. Lekin so’z yasalishi alohida hodisa sifatida va bu hodisani o’rganuvchi «So’z yasalishi” tilshunoslik fanining alohida bo’limi sifatida ilk bor A.G`ulomov tadqiqotlari asosida XX asrning 40-yillarida shakllandi.


Yüklə 29,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə