Mavzu: O'qituvchining kasbiy pedagogik refleksiya asosida o'z pedagogik mahorat imkoniyatlarini takomillashtirish reja



Yüklə 112,27 Kb.
səhifə1/7
tarix30.12.2023
ölçüsü112,27 Kb.
#167434
  1   2   3   4   5   6   7
10 Ped.mah. refleksiv faoliyat


MAVZU: O'QITUVCHINING KASBIY PEDAGOGIK REFLEKSIYA ASOSIDA O'Z PEDAGOGIK MAHORAT IMKONIYATLARINI TAKOMILLASHTIRISH
REJA

  1. KIRISH

  2. ASOSIY QISM

  1. Pedagogik mahoratni nazariy- tarixiy asoslari va kasbiy faollikning dolzarbligi.

  2. Kasbiy pedagogik refleksiya faoliyatini rivojlantirishda pedagogik mahoratning vazifalarining o’rni.

  3. Pedagogik mahoratni rivojlantirish orqali o’qituvchilarning kasbiy faolligi boshqaruv uslublarining uzviyligi.




  1. XULOSA

  2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH Pedagogik mahoratni biz o‘qituvchida bo‘lishi lozim bo‘lgan bir qancha shaxsiy sifatlar majmuasi sifatida tushunamiz. Bu shaxsiy sifatlar kasbiy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etishga imkon beradi. Shunday muhim sifatlarga – o‘qituvchi faoliyatining insonparvarligi; uning kasbiy bilimi; pedagogik qobiliyatlari va pedagogik teknikasini kiritish mumkin. Shu o‘rinda quyidagi holatlarni ta‘kidlash joiz: birinchidan, pedagogik mahorat shahs ruhiyatidagi o‘z–o‘zini tashkil etuvchi tizim bo‘lib, insonparvar yo‘nalganlik bu tizimning asosiy omili bo‘lib hizmat qiladi; ikkinchidan kasbiy mahoratni rivojlantirish zaminida (asosida) o‘qituvchi hatti–haraktalarining asl mohiyati asoslanganligi, ongliligini belgilaydigan kasbiy bilim yotadi.
Yo‘nalganlik va kasbiy bilim professional yuqori darajadagi faoliyatning skelet»i sanalanadi, u o‘z-o‘zini tashkil etuvchi tizimning yahlitligini ta‘minlaydi; uchinchidan, pedagogik qobiliyatlar mahoratning shakllanishini tezlashtiradigan hamirturush bo‘lib hisoblanadi; to‘rtinchidan, bilim va qobiliyatga tayanadigan pedagogik texnika, u barcha ta‘sir vositalarini maqsad bilan bog‘lashga hizmat qiladi, shuningdek, pedagogik faoliyat strukturasini muvofiqlashtiradi.
Shunday qilib, pedagogik mahorat tizimining to‘rt tarkibiy qismi ham o‘zaro bog‘liq. Ularning o‘sishida faqat tashqi ta‘sirning o‘zigina kifoya emas, ular o‘z–o‘zini rivojlantirishni ham talab etadi. O‘z-o‘zini rivojlantirish mahsus bilim va ko‘nikmalarga asoslanadi.
Ma‘lumki, pedagogik faoliyat – ta‘lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan holda maxsus tashkil etiluvchi va o‘qituvchi hamda ta‘lim oluvchilarning o‘zaro munosabatlariga asoslanuvchi ijtimoiy faoliyat turidir. Pedagogik faoliyat samaradorligining shartlaridan biri ―kasbiy tayyorgarlik» tushunchasini quyidagicha ta‘riflash mumkin bo‘ladi:
Kasbiy tayyorgarlik - maxsus nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar, metodik bilimlar, shuningdek, ma‘naviy-axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish asosida shaxsning kasbiy faoliyatni olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik darajasi.
Kasbiy refleksiv tayyorgarlikni shakllantirish - DTS talablari asosida shaxsda maxsus nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar, shuningdek, ma‘naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, bo‘lajak mutaxassisni kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorlash jarayonidir.



Yüklə 112,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə