Mavzu: O'qituvchining kasbiy pedagogik refleksiya asosida o'z pedagogik mahorat imkoniyatlarini takomillashtirish reja



Yüklə 112,27 Kb.
səhifə6/7
tarix30.12.2023
ölçüsü112,27 Kb.
#167434
1   2   3   4   5   6   7
10 Ped.mah. refleksiv faoliyat

Libеral usul. Pеdagog pеdagogik jarayon uchun javobgarlik va mas'uliyatdan qochadi. O`ta bеparvolik, kеchiruvchanlik, ko`ngilchanlik, qat'iyatsizlik va ikkilanishni namoyon qiladi. Talabalarga o`ta erkinlik va mustaqillik muhitini yaratib bеradi. Ularning istak-xohishlariga bеriladi, o`zi faollik ko`rsatmaydi. Asosiy o`quv faoliyatini amalga oshirishni, qaror chiqarishni talabalar ihtiyoriga qo`yib bеradi.
Pеdagog guruhni birlashtirolmaydi, ichki nizolarni bartaraf etolmaydi. Natijada guruhda tartibsizlik, dangasalik, faoliyatsizlik va mas'uliyatsizlik kеlib chiqadi. O`quv vazifalari kam bajariladi, sifat va natija qoniqarsiz bo`ladi. Bu usul mustaqil rivojlanish malakasi mavjud talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda qo`l kеladi. Shu sababli bu usulni guruhga nisbatan emas, balki ayrim talabalar shaxsiga nisbatan qo`llash lozim.
Bu usullarning barchasi o`z afzallik va kamchiliklariga ega. Shuning uchun ulardan o`z vaqtida, talabaning shaxsiy-individual xususiyatlarini hisobga olib, sharoit va vaziyatdan kеlib chiqqan holda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi zamon o’qituvchisi o’z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo’nalishlari bo'yicha maxsus bilimlarga ega bo’lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlami egallagan, ta‘lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxsdir. Ushbu nuqtai nazardan hozirgi kunda quyidagi burch va mas‘uliyatlar o’qituvchilardan talab qilinadi:
1. O‘qituvchi, eng avvalo, mas‘uliyatni his etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq, madaniyat va ma‘rifat targ’ibotchisidir.
2. O‘qituvchi tabiatan o’quvchilami seva olishi, o’z mehrini, his- tuyg’ularini har lahzada o’quvchilar ichki dunyosi bilan bog'lay olishi, ularning ham mehriga, hurmatiga sazovor bo’lishi kerak,
3.O'qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi va ularga xolisona baho berib, bu borada o’quvchilarga to’g’ri, asosli ma‘lumotlami doimiy bera olishi lozim.
4. Zamonaviy o’qituvchining ilm-fan, texnika va axborot-kommu- nikatsion texnologiyalari yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo’lib borishi talab etiladi.
5. O'qituvchi o'z mutaxassisligi bo'yicha chuqur va puxta bilimga ega bo'lishi, barcha fanlar integratsiyasini o'zJashtirib borishi, bunda o'z ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishi.
6. O'qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, o'quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta‘lim-tarbiya faoliyatini tashkil etishi kerak.
7. O'qituvchi kasbiy pedagogik faoliyatida ta‘lim va tarbiyaning eng samarali zamonaviy shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo'lmog’i lozim.
8. O'qituvchi ijodkor, ta‘lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va yosh avlod kelajagi uchun javobgar shaxsdir.
9. O'qituvchi kasbiy faoliyati jarayonida yuksak darajadagi pedagogik mahorat, kommunikativ layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo'l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, takt) qoidalarini chuqur o'zlashtirib borishi shart.
10. O'qituvchi nutq madaniyatiga ega bo'lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o'zida aks ettirishi kerak: turli sheva so'zlardan holi bo'lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi; o'qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo'lishi; hikmatli so'zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko'chirma gaplardan o'rinli foydalana olishi lozim. Jargon (muay- yan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so'zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o'zga millatlarga xos so'zlarni noo'rin qo'llanilishi), vulgarizm (haqorat qilish, so'kishda qo'llaniladigan so'zlar) hamda konselyarizm (o‘rni bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy so'zlardan foydalanish.
11.O'qituvchining kiyinish madaniyati o'ziga xos bo'lishi, ya‘ni sodda, ozoda, bejirim kiyinishi, ta‘lim-tarbiya jarayonida o'quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqin- choqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishi talab etiladi.
12. O'qituvchi ta‘lim muassasasida sinf jamoasining asosiy tashkilotchisi va ta‘lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning eng faol ishtirokchisidir.
13. O'qituvchi pedagogik muioqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi shart. Shuning uchun kasbiy faoliyatida pedagogik mahoratning bir qator sifatlarini uzluksiz tarkib toptirib borishi zarur.
14. O'qituvchi, eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to’g’ri baholay oladigan hamda mustaqil ravishda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak.
O'qituvchilar unutmasliklari kerakki, o'quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muioqot jarayonida fikrini aniq va lo’nda bayon etilishiga ahamiyat qaratishlari maqsadga muvofiqdir. Ular bilan munosabat jarayonida so'zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan boshlamasligi, aksincha, o’quvchilaming (yoki hamkasbi, ota-onalar) muvaffaqiyatlarini e‘tirof etishlari, ulami yanada boyitishga ishonch bildirishi bilan muloqotni tashkil qilishi lozim. Muioqot jarayonida o‘qituvchining so’zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, sami- miylik, do’stona munosabat, yaxshi kayfiyat sezilib tursin.
O‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o’quvchilar, hamkasblari hamda ota-onalar o’rtasida obro’-e‘tibor qozonishini ta‘minlaydi.
Hozirgi sharoitda jamiyatning o’qituvchilik kasbiga nisbatan qo’yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to’g’ri tashkil qilish vazifasi o’qituvchiga bog’liq.
Zamonaviy maktab o’qituvchisi qator vazifalami bajaradi. O‘qituvchi avvalo sinfdagi tarbiyaviy jarayonning tashkilotchisidir. O'qituvchi tarbiyachi sifatida quyidagi talablarni bilishi lozim:
-0shaxsni ma‘naviy va ma‘rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uyg’onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklaming mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o’z Vataniga, tabiatga va oilasiga bo’lgan muhabbati;
-kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga, turli bilimlardan xabardor bo'lishi;
-yosh pedagogik psixologiya, pedagogika va psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, tarbiyaviy ish metodikasi, maktab gigiyenasidan o’z kasbiga oid bilimlarni mukammal bilishi;
- o’z kasbi bo’yicha jahon fanida erishilayotgan so’nggi yutuqlar, tarbiya texnologiyasi, kompyuter va axborot texnologiyalari, yangiliklaridan doimiy xabardor bo’lib borishi;
-ta‘lim-tarbiya metodikasidan ko’nikma va malakalarini oshirib borishi;
-o’z kasbiga ijodiy yondashishi;
-pedagogik texnika (mantiq, nutq ta‘limining ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo’lishi;
- o’z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur. Pedagogik mahoratning asosiy qonuniyati oz mehnat sarf qilib, ulkan natijalarga erishish. Ijodkorlik uning hamisha hamrohi boladi. Pedagogik faoliyatga qiziqqan, qobiliyatli, iste'dodli kishidagina pedagogik mahorat hislatlari shakllanib boradi.
Pedagogik faoliyat o’z mohiyatiga ko’ra ijodiy xapakterga ega. o‘qituvchi o’quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik muammolami echadi, o’quv jarayonini mustaqil boshqaradi. Bularning hammasi ijodkorlikning tub mohiyati, ishning maqsadi va xarakteri bilan bog’liq.O‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy faoliyatda, malum maqsadga erishmoq uchun o’qituvchilar bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarur. o‘qituvchi o’quvchilarni o’zi bilan hamkorlik qilishga jalb eta olishda quyidagi vazifalarni bajaradi:
- hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim bolgan faoliyat o’quvchilar uchun qiziqarli boiishi, o’quvchilarning yosh xususiyatlariga va qiziqishlariga to’g’ri kelishi lozim;
- o’quvchilami biror ishga ja!b qilar ekan, o’qituvchi ularga pedagogik va psixologik jihatdan to’g’ri vazifa qo’yishi, yo’l yo’riq ko’rsatishi shart;
- o’quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida o‘qituvchi bir vaqtning o’zida ham ishtirokchi, ham maslahatchi vazifasini bajaradi.
Ijodiy faoliyat olib boruvchi o’qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o’qitish va tarbiyalash, iig’or o’qituvchilar ish tajribalarini o’rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko’nikma va malakalariga ham ega boiishi zarur. Hozirgi zamon o’qituvchisi fan va texnika taraqqiyotining eng so'nggi yutuqlaridan foydalanishi, o’z kasbiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalami unumli qollay olishi taqozo etiladi.
O‘qituvchi pedagogik mahoratning asosiy xususiyatlaridan biri uning rivojlanishida uzluksizlikning mavjudligidir. Demak, refleksiv jarayonda o‘qituvchining kasbiy mahorati, kasbiy sifatlari mavjudmi yoki yo‘qmi deb qayd etish kerak emas, balki ularning rivojlanishini, boyib borishini, kuchayishini rag‘batlantirish inobatga olinishi lozim. Ta’lim jarayoni aynan shunga xizmat qilishi kerak, qachonki bilimlar, ko‘nikma va malakalar ongli ravishda o‘z–o‘zini takomillashtirishga ichki undov bilan qabul qilinsagina u ishlanadi.
O‘qituvchining «o‘z–o‘zini kasbiy jihatdan har tomonlama mukammal takomillashtirishi», hamisha amalga oshadigan faoliyat emas. SHunga qaramay, o‘qituvchining o‘zi haqidagi deyarli har qanday fikr-mulohazasi, kasbiy refleksiyaning deyarli har bir jarayoni, kasbiy faoliyatni qiziqarli qilish uchun muhim ahamiyatga ega: chin ko‘ngildan bajariladigan og‘ir mehnat ham kasbiy faoliyatni osonlashtiradi, bu esa refleksiyaning mazmun mohiyati asoslaridan biridir.
Xulosa qilib aytilganda, o‘qituvchi tomonidan o'z kasbiy faoliyati natijalarini anglab etishi uning pedagogik faoliyatni amalga oshirishini yanada takomillashgan usullarini izlash va ulami o'zlashtirish zaruriyatini ta‘minlaydi. Faoliyatni o’zgartirish esa, ma‘lumki, faoliyat subyektining o’zgarishiga olib keladi. O’qituvchining analitik (tahlil qilish) qobiliyatlari rivojlanishi jarayonida uning kasbiy refleksiyasi ham rivojlanadi, bu o’z navbatida, o’qituvchining o’z-o’zini rivojlantiristi jarayonini ma‘lum bir yo’nalishga solib, uning shaxsiy ijodiy faolligi oshiradi.

Yüklə 112,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə