Mavzu: O'qituvchining kasbiy pedagogik refleksiya asosida o'z pedagogik mahorat imkoniyatlarini takomillashtirish reja


Pedagogik mahoratni nazariy- tarixiy asoslari va kasbiy faollikning dolzarbligi



Yüklə 112,27 Kb.
səhifə2/7
tarix30.12.2023
ölçüsü112,27 Kb.
#167434
1   2   3   4   5   6   7
10 Ped.mah. refleksiv faoliyat

1.Pedagogik mahoratni nazariy- tarixiy asoslari va kasbiy faollikning dolzarbligi.
Antik davrdagi maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar. Qadimgi Yunonistonda bunday joylar akademiva deb nomlangan. «Akademiya» so’zi afsonaviy qahramon Akademiya nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi V asrda Afina yaqinidagi Akadema so’zi bilan nomlanuvchi joyda Platon o’z shogirdlariga ma‘ruzalar o’qigan bo’lib, keyinchalik ta‘lim- tarbiya berish uchun tashkil etiluvchi maskanlar ham shunday nom bilan atala boshlangan. Qadimgi Yunonistonda bolalarga ta‘lim-tarbiya berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan edi.
Ular notiqlik san‘atining yetuk namoyondalari bo’lib, o’zlarining chiroyli so’zlari, baland va ta‘sirchan ovozlari bilan ta‘lim oluvchilaming tafakkuriga, ongiga kirib borganlar, ta‘lim va tarbiyada ulkan yutuqlarga erishganlar. Shu sababli, notiqlik san‘ati va nutq madaniyatining nazariyasiga, uning cheksiz tarbiyaviy ahamiyatiga ilk marotaba qadimgi Yunonistonda asos solinganligi ilmiy adabiyotlarda bayon etiladi.
Taniqli rus pedagogi K.D.Ushinskiy ta‘lim-tarbiya jarayonida o’qituvchining roli va shaxsiga yuqori baho berib, o‘qituvchi kasbiga oid ilmiy mulohazalarida hech bir qonun yoki programma, ta‘lim-tarbiya to’g’risidagi metod yoki tamoyillar o’qituvchi shaxsining pedagogik faoliyatdagi mahorati o’rnini bosa olmaydi deb hisoblaydi.
K.D.Ushinskiy o’qituvchi ma‘naviyati va kasbiy faoliyatiga yuqori baho beradi hamda ularning kasbiy malakalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish maqsadga muvofiq ekanligi to’g’risidagi g’oyani ilgari suradi. Mazkur g’oyaning ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlovchi tizim - o’qituvchilami qayta tayyorlovchi kurslar tizimini tashkil etishni u ilk bor asoslab bergan.
«Aqlli, fikran boy, bag'ri keng insonchalik hech narsa yoshlarni qiziqtirmaydi, o’zining ortidan ergashtira olmaydi ham, aql-aql bilan tarbiyalanadi, vijdon -vijdon bilan, vatanga sadoqatlilik bevosita vatan uchun xizmat qilish bilan, deb ta‘kidlagan edi mashhur rus pedagogi V.A.Suxomlinskiy.
O'qituvchi о‘zining butun borlig’i, kundalik hayoti, аn‘naviy madaniyati bilan hamkasblari va о’quvchilarga о’rnаk bo’ladi va ularni o’zi ortidan ergashtiradi».
O‘qituvchida pedagogik mahoratni shakllantirishning ilmiy - nazariy asoslari pedagog olim V.A. Slastyonin tomonidan ham tadqiq qilingan. U kasbiy- pedagogik tayyorgarlik, o‘qituvchining shaxsi va kasbiy shakllanish yo’nalishi va bunda pedagogik mahorat to’g’risida so’z yuritib, shunday yozadi: o‘qituvchi muntazam ravishda pedagogik nazariyalarga tayansagina, о’qituvchilik mahoratini egallaydi. Chunki, pedagogik amaliyot doimiy ravishda pedagogik nazariyaga murojaat qilishni taqozo etadi.
Birinchidan, ilmiy nazariyalar taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalarini aks ettiruvchi ilmiy bilimlardir, dmaliyot bo’lsa, doimo aniq vaziyatga asoslanadi.
Ikkinchidan, pedagogik faoliyat -falsafa, pedagogika, psixologiyaga oid bilimlar sinteziga asoslanuvchi yaxlit jarayondir. Bu bilimlar sintezisiz pedagogik amaliyotni maqsadli qurish juda mushkul»1. Demak. o’qituvchidan nafaqat pedagogik mahoratni mukammal egallash talah etiladi, balki, pedagogik amaliyotni to’g’ri va maqsadli tashkil qilish uchun chuqur ilmiy - nazariy ma‘lumotlarga ham ega bo’lish lozim.
Ma‘lumki, pedagogik mahorat tizimida o‘qituvchining pedagogik nazokati (odobi) muhim mavqega ega. O‘qituvchi nazokatsiz, kasb odobisiz yuksak cho’qqilar sari odimlay olmaydi.
Demak o‘qituvchi kasbiy mahoratini oshirishga intiladi ammo uning ham chegarasi bormi? Bizga ma‘lumki, bo‘lajak o‘qituvchining pedagogik mahorati aslida pedagogika oliy ta‘lim muassasalarida rasmiy ravishda egallanadi va bunga tajribali ustozlar, olimlar jalb etiladi. So‘ngra o‘quv tarbiyaviy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi xujjat bilan ta‘minlanadi.
Shu bilan birga, ba‘zan yosh o‘qituvchining tajribasi va malakasi yetarli emasligi ham tan olinadi. Demak, o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligini yanada oshirish uchun, avvalo uning malakasini oshirishga sabab bo‘ladigan, pedagogik mahoratini shakllantiradigan zamonaviy manbalarni, omillarni, vosita va metodlarni izlab topish zarur. Ushbu yondashuv o‘qituvchi pedagogik mahoratini rivojlantirish muammolarini hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik mahoratning maqsadi talabalarda pedagogik jarayonni mustaqil, yuqori saviyada tashkil etish va o‘z faoliyatida eng yuqori samaradorlikka erishish malakalarini shakllantirish bo‘lib hisoblanadi. Bu maqsadga erishish quyidagi vazifalarni hal etish, bo‘lajak pedagog shaxsida ba’zi bir xislatlarni tarkib toptirish bilan bog‘liq:
-insonparvarlik xislatlarini rivojlantirish;
-kasbiy mustaqillik, ishchanlik, hissiy barqarorlik, o‘z ishiga ijodiy yondoshish xislatlarini tarkib toptirish;
-pedagogik takt va pedagogik texnikadan oqilona foydalanishni shakllantirish;
-nutq texnikasini, o‘z tovushi va gavdasini boshqarish, jamoaga va shaxsga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatlarini takomillashtirish.
Pedagogik mahorat- bu o‘quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘naltirish, talabalarda (o‘quvchilarda) dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘otishdir.
Pedagogik maqsadning o‘ziga xosligini quyidagilarda bilish mumkin:
Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya’ni pedagog faoliyatining natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo‘naltirilgan. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-ketligi)ni ta’minlaydi. Bir avlod tajribasini, ikkinchi avlodga o‘tkazadi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi.
Ta‘kidlash joizki, har bir o‘qituvchi ko‘nikma va malakalarini oshirish bilan birga, o‘z kasbiga sadoqatli bo‘lishi, uni sevishi hamda uzluksiz takomillashtirib borishi shart. Bunda belgilangan maqsad sari intilish, albatta pedagogik mahoratning eng yuksak cho‘qqilarini egalashga ishonch o‘qituvchi uchun muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi zamon ilmiy pedagogik tadqiqotlar tahliliga ko‘ra, o‘qituvchining kasbiy mahoratini oshirish muammolarini hal etish quyidagicha talqin etiladi:
- o‘quv - tarbiyaviy jarayonni eng qulay uslublarini topish va joriy etish;
- o‘z mehnatini muntazam ilmiy asosda tashkil yeta olish;
- o‘qituvchi pedagogik qobiliyatini va pedagogik madaniyatini oshirish;
- pedagogik muammolarni mohirona hal etish yo‘llarini takomilashtirish;
- amaliy va nazariy bilimlarni doimiy oshirib borish;
- kasbiy ijodkorlikni uzluksiz rivojlantirish.
Shuni ta‘kidlab o’tish joizki, Sharq va G’arb olimlari tomonidan tahlil qilingan o‘qituvchining pedagogik faoliyati haqidagi ko’pgina mulohazalar hozirgi kungacha o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda, demak millati va kelib chiqishidan qat‘iy nazar ajdodlar merosini takomillashtirish evaziga hozirgi kunda ta‘lim va tarbiyani yanada yuksak bosqichlarga ko’tarish mumkin.



Yüklə 112,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə