Boshlang'ch sinf o'quvchilarinig filrlash qobiliyatini rivojlantirishda innavatsion yondashuv meliyeva Dilfuza – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti magistranti



Yüklə 30,1 Kb.
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü30,1 Kb.
#161081
  1   2
2 5224397553134476517


BOSHLANG'CH SINF O'QUVCHILARINIG FILRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA INNAVATSION YONDASHUV
Meliyeva Dilfuza – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti magistranti


Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda innovatsion yondashuv asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Milliy ma’naviy merosimiz hamda ilmiy-metodik asarlar tahlili, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ko‘p yillik ijodiy tajribalarini o‘rganish, tahlil qilish asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatishning ilmiy va amaliy asoslarini aniqlahdi.
В статье разработаны методические рекомендации, основанные на инновационном подходе к развитию навыков мышления у учащихся начальных классов. Анализ нашего национального духовного наследия и научно-методических работ, изучение и анализ многолетнего творческого опыта учителей начальных классов определили научную и практическую основу обучения младших школьников самостоятельному мышлению.
The article developed methodological recommendations based on an innovative approach to the development of thinking skills in primary school students. The analysis of our national spiritual heritage and scientific and methodological works, the study and analysis of many years of creative experience of primary school teachers determined the scientific and practical basis for teaching independent thinking to younger students.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mustaqil fikrlash mohiyati hamda bosqichlarini tashxis qilish va ilmiy asoslash;



  • boshlang‘ich ta’lim jarayonida «fikrlash qobliyatini rivojlantirish» tushunchasi mazmunini yoritish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish;

  • boshlang‘ich sinf o‘quvchilar fikrlash qobliyatini rivojlantirishning mazmuni va uni egallashning shart-sharoitlarini aniqlash;

  • boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobliyatini rivojlantirishning samarali tizimini ishlab chiqish va tajriba davomida isbotlash;

  • boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash qobliyatini rivojlantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda quyidagilarga amal qilish zarur:

  • darsda o‘quvchining mustaqil fikrlashi uchun zaruriy sharoitlar yaratilsa;

  • har bir darsda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatadigan didaktik o‘yinlar, mashqlar va topshiriqlardan izchil foydalanilsa;

  • ta’lim jarayonida mustaqil ishlarni izchil va muntazam o‘tkazib borilsa;

  • bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘qituvchi tomonidan muammoli vaziyatlar yaratilsa, mazkur muammolarni o‘quvchilarning o‘zlari hal etishlari uchun imkon berilsa;

  • o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatida «subyekt-subyekt» munosabati o‘rnatilsa, muvaffaqiyatga erishish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda ko‘rsatib o‘tilganidek, demokratik jamiyatda inson erkin va mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalanishi zarur.
O‘quvchilar faqat darslik va o‘qituvchi tomonidan dars jarayonida beriladigan ma’lumotlarga tayanib qoldilar. O‘quvchilarga o‘qituvchi tomonidan qo‘yiladigan talablar ularda mustaqil fikr yuritish ehtiyojini tug‘dirmaydi [1].
Ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilar mustaqil faoliyatini tashkil etish muammosi bir qancha tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan. O‘quvchilar tafakkurini o‘stirish, o‘quv-biluv jarayonini ijodiy tashkil etish va faollashtirish muammosi A.G‘ulomov, M.Haqberdiyev, T.Ziyodova, S.Yaminova, M.Saidov, B.Adizov, Ya.Raxmonov tadqiqotlarida atroflicha yoritib berilgan. Q.Yo‘ldoshev tadqiqotida adabiyot darslarini pedagogik hamkorlik asosida tashkil etish yo‘llari ishlab chiqilgan. M.Maxmutov, V.Okon, R.Ibragimovlar esa ta’lim jarayonida muammoli vaziyatlar yaratish va shu asosda o‘quvchilar o‘quv-biluv faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llarini tadqiq etishgan. Mustaqil ishlar va uning o‘quvchilar o‘quv-biluv faoliyatiga va tafakkuriga ta’siri jarayoni O.Roziqov, R.Mallayev, A.G‘ulomov, T.Niyozmetova, N.Sattorova, S.Matchonov, L.Mirdjalalova, Y.Raxmonovlar tomonidan tadqiq qilingan. Ta’lim jarayonini o‘yinlar asosida tashkil etish muammosini R.Tolipova, J.Tolipova, A.Bobomurodova, F.Qodirovalar tadqiqotlarida ko‘rish mumkin.
A.Choriyev mustaqil fikrlash faoliyatini shaxs mustaqilligining asosiy komponenti sifatida falsafiy jihatdan tahlil qilgan. Tafakkurning psixologik asoslarini E.G‘oziyev, V.Karimova, Z.Nishonovalar o‘z tadqiqotlarida ochib berganlar.
Tadqiqotlar tahlilidan ko‘rinib turibdiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatish vositalari alohida-alohida tarzda tadqiq etilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlashini rivojlantirish pedagogik muammo sifatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish malakalarini, mustaqil ravishda muammolarni hal qila bilish ko‘nikmasini shakllantirish ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Modomiki, shunday ekan, ta’lim jarayonini shunday tashkil etish kerakki, toki o‘quvchilar bilim olish bilan birgalikda, ta’lim jarayonining obyekti bo‘lib qolmasdan, ta’lim jarayonida o‘qituvchining teng hamkoriga aylansin va mustaqil fikrlay olish malakasini ham egallay borsin [2].
Hayot jumboqlarini, tabiat tug‘dirgan muammolarni o‘rganish, ularga tegishli javob topish istagi, yana ham to‘g‘rirog‘i, baxt-saodatga erishish muammosi, insonning o‘zini va olamni bilishga bo‘lgan qiziqishi asrlar mobaynida fikrlashga, o‘z fikrlarini mantiqiy asoslashga da’vat qilib keladi. Sharq allomalari asarlarida bu muammoga alohida to‘xtalib o‘tilgani bejiz emas. Zero, mustaqil, ongli faoliyat yuritadigan insongina o‘z xalqi, Vatani, ota-onasi oldidagi burchini uddalay oladi va har qanaqa yot ta’sirlarga berilib ketmaydi, inson degan ulug‘ nomga munosib ish ko‘radi. Sharq va G‘arb olimlari bu muammoni o‘zlari yashab o‘tgan davr ijtimoiy muhitidan kelib chiqqan holda yechishga harakat qilganlar.
Inson tafakkurining beqiyos kengliklari xususida «Qur’oni Karim» va
«Avesto»da diniy asosda talqin qilingan bo‘lsa, o‘rta asrlarda yashab ijod etgan Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy kabi qomusiy olimlar ilmiy-badiiy usulda talqin qilganlar. So‘nggi davrlarga mansub olimlarning asarlarida esa ilmiylik uslubi ustunlik qiladi [3].
Buyuk Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino nafaqat tibbiyot olamidagi kashfiyotlari bilan, balki ta’lim va tarbiya sohasidagi asarlari bilan ham milliy pedagogika tarixida muhim o‘rin tutadi. U «Tadbiri manozil» («Bolani maktabda o‘qitish va tarbiyalash») asarida o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini yaxshilash, bilim berish jarayonining samaradorligini oshirishda o‘quvchilarni birga o‘qitish zarurligiga diqqat qaratadi. Bunda o‘quvchi zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi. Shu asosda o‘quvchilar o‘qigan kitoblari, fikr-mulohazalari, kattalardan eshitgan fikrlari bilan o‘rtoqlashadilar va ana shu jarayonda ularning fikrlash darajasi shakllana boradi [4].
Ibn Sino suhbatdoshiga hurmat bilan yondashish haqida to‘xtalib, shunday deydi: «Sening fikring (bolaning) yuragiga yetib borib, unga o‘ylab, fikr yuritib ko‘rishga imkon bersin... Agarda sening suhbatdoshing yoki do‘sting sening
so‘zlaringga va nasihatlaringga e’tibor bermayotganini sezsang, suhbatni boshqa vaqtga ko‘chir». 
Ibn Sino insonning fikrlash qobiliyatiga, xayol-xotirasi va iroda sifatlariga yuqori baho beradi. Tafakkurning kuchi shundaki, uning yordamida voqea va hodisalarni bir-biriga chog‘ishtirib, abstraksiyalash bilan haqiqatni yolg‘ondan ajratish mumkin, xotira yordamida esa idrok qilingan narsa va hodisalar kishi ongida mustahkam saqlanib qoladi va idrok qilingan bir obyektni ikkinchisidan ajratishga yordam beradi. Xayol kishi ongida obyektiv voqelikning aks ettirilishidir, degan fikrlarni bayon qiladi.
Kaykovus ilmiy asarlar mutolaasidan olingan bilimlar nechog‘lik haq bo‘lmasin, hayotda o‘z fikriga tayanib mustaqil ish ko‘rish lozim bo‘lgan vaziyatlar ham bo‘lishi mumkinligini o‘g‘liga nasihat tarzidagi «Qobusnoma» asarida yozadi: «Ey farzand, bilgilki, barcha hukmni kitob bo‘yicha qilmasdan, o‘z fikrlari bilan ham hukm qilurlar va bunday tadbirlar bilan ham ishni bilib olurlar» [5].
Buyuk qomusiy olim, faylasuf va pedagog Abu Rayhon Beruniy ham bilimlarning hosil bo‘lishida aql, fikr, sezgilarining o‘rni haqida so‘z yuritar ekan, shunday deb yozadi: «Faqat sezgi orqali, sezgi organlari yordamida o‘zlashtirilgan bilimlar xatolarga olib kelishi mumkin. Agar inson sezgilardan fikrlash va xulosa chiqarish yordamida foydalansa, ana shu sezgilar yordamida idrok qilinadigan narsalarni o‘rganishda juda katta yutuqlarga erishmog‘i mumkin... Istaklarga mehnat tufayli erishiladi». Olimning fikricha, faqat eshitilgan, ko‘rilgan yoki umuman sezgi organlari orqali qabul qilingan ma’lumotlar shundayligicha idrok qilinmasdan, balki aql chig‘irig‘idan o‘tkazilsa va tegishli xulosalar chiqarilsa, ana shu bilimgina haqiqiy va mustahkam bo‘ladi.
Beruniyning ilmiy merosida tabiatni o‘rganish va bilishning ilmiy metodiga ham katta o‘rin ajratilgan. Beruniy ilmiy metodining xarakterli xususiyatlari obyektivlik va oqilona yondashuv, kuzatish, tajribalar, og‘zaki va yozma yodgorliklarni o‘rganish, dalillarga tanqidiy yondashuv, ularni aqliy xulosalar shaklida mantiqiy umumlashtirish va haqiqatni aniqlash maqsadida qiyoslashdan iboratdir.
Buyuk olim ta’limning izchil, ko‘rgazmali, maqsadga qaratilgan bo‘lishi va muayyan tizim bo‘yicha olib borilishi zarurligini, ko‘rgazmalilik ta’limni ancha qulay, aniq va qiziqarli qilishi va tafakkurni rivojlantirishini alohida ta’kidlaydi.
G‘azal mulkining sultoni, ma’rifatparvar davlat arbobi Alisher Navoiy asarlarida ham insonning o‘z fikri, dunyoqarashiga ega bo‘lishi, bilim olishi va olgan bilimlarini hayotda qo‘llay bilishda inson tafakkurining o‘rni katta ekanligiga alohida ahamiyat beriladi. Shoir «Mahbub-ul-qulub» asarida bilim olib mustaqil mushohada yurita olmaydigan insonni «ustiga kitob ortilgan eshak»ka qiyoslaydi va «nodon» deb ataydi.
Ma’rifatparvar olim Abdulla Avloniy o‘zining «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida badan tarbiyasi bilan bir qatorda fikr tarbiyasiga ham alohida ahamiyat beradi. Uning ta’kidlashicha, fikr tarbiyasi «muallimning yordamiga so‘ng darajada muhtojdir» va inson hayotida muhim ahamiyatga ega.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, O‘quvchilarning mustaqil faoliyati ijodning turli darajasi bilan kechishi mumkin. Ammo o‘quvchilarning har qanaqa mustaqil faoliyati, albatta, o‘qituvchi tomonidan tashkil etiladi: sharoit yaratiladi, ko‘rsatmalar beriladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash qobliyatini rivojlantirishga o‘rgatishning ilmiy-metodik asoslariga oid izlanishlar davomida o‘quvchilarning fikrlash faoliyatida individual va tipik xususiyatlari mujassamlashadi, degan xulosaga keldik.

Yüklə 30,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə