Boshlang'ich maktablarda tabiatshunoslik fanining mazmuni,O'quv-dasturining tahlili



Yüklə 4,14 Kb.
tarix17.10.2023
ölçüsü4,14 Kb.
#127897
Boshlang\'ich maktablarda tabiatshunoslik fanining mazmuni,O\'quv--azkurs.org


Boshlang'ich maktablarda tabiatshunoslik fanining mazmuni,O'quv-dasturining tahlili

  • BOSHLANG'ICH MAKTABLARDA TABIATSHUNOSLIK FANINING MAZMUNI,O'QUV-DASTURINING TAHLILI

Boshlang’ich sinflarda bolalarni o’qitishning qulay sharoitlaridan foydalanib, fanlararo bog’lanishni to’la darajada amalga oshirish zarur. Atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha mashg’ulotlarda shakllantiriladigan aniq tasavvurlar boshqa predmetlar bo’yicha vazifalarni hal qilishga yordam beradi va aksincha. Fanlararo aloqa nutqni rivojlantirish kabi vazifalarni hal qilishda amalga oshiriladi. “Atrof olam bilan tanishtirish” kursi o’quv materialining o’zi, foydalaniladigan ish uslublari va metodlari bola nutqini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Bu mashg’ulotlarda bolalar bir - birlari bilan bevosita muloqotda bo’ladilar, taassurotlari bilan o’rtoqlashadilar, o’zlarining sevgan ishqibozliklari haqida hikoya qiladilar va hokazo. Syujetlirolli o’yinlarda bolalar tasavvurlar qilib, o’z qahramonlari uchun matn yaratadilar. Mehnat ta‘limi, o’qish, atrof olam bilan tanishish kabi fanlar bilan bog’lanish tabiatga va ishlab chiqarishga kompleks ekskursiyalar o’tkazishda amalga oshirilishi mumkin.



  • Darslikdagi hamma maqollarni ham o’qib aytibberish mo’ljallanmagan, ularning ba‘zilarini bolalar faqat o’qib chiqishlari va savollarga javob berishlari kerak xolos, ba‘zilari bo’yicha ishning qisman ikkala turi amalga oshiriladi. Olib boriladigan ishlar hikoyaning mazmuniga, hikoya tilining qiyinligi yoki tushunarligiga bog’liq. Darslik mazmuniga she‘rlar, maqollar, matallar, topishmoqlar, hikoyalar, ertaklar kiritilgan. “Bizning maktab”, “Bizning mahalla”, “Bizning bog’”, “Biz va tabiat” mavzulari bo’yicha tekstlar qisqacha ishchanlik ruhidagi maqolalar tarzida berilgan.Darslikdagi she‘rlarni, albatta yod olish shart emas. Asosiy maqsad - mavzu mazmunining mohiyatini tushunishdir.

  • Mavzu bo’yicha yangi atamalar va xulosalar darslikda yo’g’on harf bilan ajratilgan, bu esda yaxshi qoldirishga yordam beradi. Xalq ertaklarining har xil vaziyatlarda tasvirlangan qahramonlari ko’pgina mavzularda bordir. Ular go’yo bolalar bilan birga atrof olamni bilib olishga o’rganadilar. Bunday uslub o’qituvchiga o’yin vaziyatini o’rgatishga va yaratishga, bolalarda tabiatga va o’quv faniga qiziqishni oshirishga yordam beradi. Rasmlar bolalarda kuzatuvchanlikni rivojlantiradi, shunga ko’ra ulardan ko’rilayotgan rasmda ilgarigiga qaraganda nimalar yangi vujudga kelganini so’rash zarur. Darslik rasmlar bilan bezatilgan, ularga savol va topshiriqlar berilgan. Ularning ba‘zilari o’qituvchiga bolalar e‘tiborini tabiat jismlari va hodisalarining har xil xususiyatlari, belgilarini aniqlashga, bu bilan dars mavzusi bo’yicha faktik materialni umumlashtirishga qaratishga yordam beradi. Savol hamda topshiriqlarning guruhi ikki yoki bir nechta rasmlarni o’zaro taqqoslashni talab qiladi yoki tabiat va odamlar mehnatidagi ba‘zi sabab bog’lanishlarni ochishni taklif qiladi. Darslikning savol va topshiriqlari o’qituvchiga bolalar e‘tiborini maqola mazmuniga qaratishga, undagi asosiylarni aniqlashga yordam beradi. Savollar yordamida bolalar o’rganiladiganlarni chuqur va ravshanroq tasavvur qiladilar. Darslik materialida har bir mavzu bo’yicha o’rganilganlarning asosiy mazmunini aks ettiruvchi va tushunchalar mohiyatini ochib beruvchi qisqacha xulosalar ham bor. Tabiatshunoslik mazmunidagi matnlardan keyin tabiatdagi kuzatishlar uchun topshiriqlar, amaliy ishlarning rejalari berilgan. Darslikda ekskursiya hamda fan bo’yicha darslar o’tkazish uchun savol va topshiriqlar ko’rinishidagi material bor. Darslik yil fasllarining O’zbekiston uchun xos belgilarni ta‘riflaydi, bolalarning tabiatdagi kuzatishlarini osonlashtiradi, jonsiz va jonli tabiat o’zaro bog’lanishlarini ta‘kidlaydi.


http://azkurs.org
Yüklə 4,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə