Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix12.02.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#100705
  1   2
boshlang-ich-sinflarda-matematika-o-qitish-metodikasi



BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI 
Ominaxon Elmurod qizi Ikromova 
ikromovavazbek08@gmail.com 
Andijon davlat pedagogika instituti 
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematika 
o‘qitish metodlari, ularni qanday amalga oshirish, o‘quvchilarga puxta bilim berishga, 
o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo‘llarini o‘rgatish, matematika o‘qitish 
jarayonida insonni mehnatni sevishga, o‘zining qadr-qimmati bir-biriga hurmati kabi 
fazilatlarni tarbiyalashni ko‘rsatib berish to‘g‘risida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
metod, metodika, taqqoslash, didaktik maqsadlar, malaka va 
ko‘nikmalar, dars turlari, yangi maqsadlar, didaktik materiallar 
METHODS OF TEACHING MATHEMATICS IN PRIMARY CLASSES 
Aminakhan Elmurad kizi Ikromova 
ikromovazbek08@gmail.com 
Andijan State Pedagogical Institute 
Abstract:
In this article, the methods of teaching mathematics to elementary 
school students, how to implement them, to provide students with thorough knowledge, 
to teach the ways of forming the worldview of students, to teach people to love work 
in the process of teaching mathematics, It is thought to show the cultivation of qualities 
such as self-worth and respect for each other. 
Keywords:
method, methodology, comparison, didactic goals, qualifications and 
skills, lesson types, new goals, didactic materials 
So‘ngi yillarda mamlakatimizda maktabda matematika o‘qitish, ayniqsa, 
boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan 
o‘zgarishlarni amalga oshirdi.
Masalan, 1997-yil 27-avgustdagi ‘’Ta’lim to‘g‘risida’’gi qonunning 12-moddasi 
1-4-sinflarni o‘qitishga bag‘ishlangan. O‘zbekiston Respublikasida “Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi’’ning 3.3.1-bandi uzluksiz ta’limni rivojlantirishda 1-4-
sinflarda o‘qitishni tashkil qilishning rejalari ko‘rsatilgan. 
Maktab ta’limi oldiga tamomila yangi maqsadlarning qo‘yilishi matematika 
o‘qitish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib kelmoqda. Matematika boshlang‘ich 
kursi mazmunida ham, darslik va qo‘llanmalardan foydalanish metodikasida ham 
rivojlanish bo‘lishini talab qiladi.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 3 / September 2022
45
http://oac.dsmi-qf.uz


Matematika so‘zi grekcha “mathema’’ so‘zidan olingan bo‘lib, uning ma’nosi 
“fanlarni bilish’’ demakdir. Matematika fanining o‘rganadigan obyekti fazoviy 
shakllar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Maktab matematika 
kursining maqsadi o‘quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan 
holda matematik bilimlar tizimini berishdan iboratdir. Bu matematik bilimlar tizimi 
ma’lum usullari (metodika) orqali o‘quvchilarga yetkaziladi.
Metodika grekcha so‘z bo‘lib , “metod’’ degani “yo‘l’’ ma’nosini anglatadi. 
Matematika metodikasi pedagogika fanlari tizimiga kiruvchi pedagogika fanining 
tarmog‘i bo‘lib, jamiyat tomonidan qo‘yilgan o‘qitish qonuniyatlarini matematika 
rivojining ma’lum bosqichida tatbiq qiladi. O‘qitishda yangi maqsadlarning qo‘yilishi 
matematika o‘qitish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keladi. Boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilariga matematikadan samarali ta’lim berilishi uchun o‘qituvchi boshlang‘ich 
sinflarda matematika o‘qitish metodikasini egallab, chuqur o‘zlashtirmog‘i zarur. 
Matematika boshlang‘ich ta’lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat: 
1.
Matematika o‘qitishdan ko‘zda tutilgan maqsadni asoslash(nima uchun 
matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi). 
2.
Matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‘rgatish) bir 
tizimga keltirilgan bilimlar darajasini o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos 
keladigan qilib qanday taqsimlansa , fan asoslarini o‘rganishda izchillik ta’minlanadi, 
o‘quv ishlariga o‘quv mashg‘ulotlari beradigan yuklama bartaraf qilinadi, ta’limning 
mazmuni o‘quvchilarning aniq bilim bilish imkoniyatlariga mos keladi.
3.
O‘qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak, ya’ni, 
o‘quvchilar hozirgi kunda zarur bo‘lgan iqtisodiy bilimlarni, malaka, ko‘nikmalarni va 
aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o‘quv ishlari metodikasi qanday 
bo‘lishi kerak? 
4.
O‘qitish vositalari - darsliklar, didaktik materiallar , ko‘rgazmali qo‘llanmalar 
va o‘quv texnika vositalaridan foydalanish (nima yordamida o‘qitish). 
5.
Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta’limning darsdan 
tashqari shakllarini qanday tashkil etish).
O‘qitishning maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari metodik 
jihatlarining asosiy tarkiblarida murakkab, uni o‘ziga xos grafik bilan tasvirlash 
mumkin.
Matematika o‘qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, matematika fani - 
o‘zining tayanch fani bilan uzviy bog‘liq Hozirgi zamon matematikasi natural son 
tushunchasini asoslashda to‘plamlar nazariyasiga tayanadi. Boshlang‘ich sinflar uchun 
mo‘ljallangan matematika darsligining birinchi sinfi uchun berilgan quyidagi 
topshiriqlarga duch kelamiz: “Rasmda nechta yuk mashinasi bo‘lib, bir qatorda 
shuncha katakni bo‘ya, rasmda nechta avtobus bo‘lsa, 2-qatorda shuncha katakni 
bo‘ya’’. Bunday topshiriqlarni bajarish bolalarni ko‘rsatilgan to‘plamlar elementlari 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 3 / September 2022
46
http://oac.dsmi-qf.uz


orasida o‘zaro bir qiymatli moslik o‘rnatishga undaydi, bu esa natural son 
tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Matematikani o‘rganish o‘quvchilarning o‘z ona tillarida nutq madaniyatini 
to‘g‘ri shakllantirish, o‘z fikrini aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish 
malakalarini o‘zlashtirishlariga yordam beradi. Bunday bilimlar berish orqali esa 
o‘quvchilarning fazoviy tasavvur qilish xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy 
tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi. 1-sinf o‘quvchilarining bilimlarini aniqlash, sinf 
o‘quvchilarining bilimlarini tenglashtirish, ya’ni past bilimga ega bo‘lgan 
o‘quvchilarning bilimlarini yaxshi biladigan o‘quvchilarga yetkazib olish vazifasi 
turadi. O‘qituvchi quyidagi tartibda o‘quvchilarni bilimini maxsus daftarga hisobga 
olib boradi” 
1.
Nechagacha sanashni biladi? 
2.
Nechagacha sonlarni qo‘shishni biladi?
3.
Nechagacha sonlarni ayirishni biladi? 
4.
> , < , = belgilarini ishlata oladimi? 
5.
Noma’lumlar bilan berilgan qo‘shish va ayirishda bu noma’limlarni topa 
oladimi? 
6.
Qaysi shakllarning nomlarini biladi va chiza oladi? 
7.
Nechagacha sonlarni yoza oladi? 
8.
O‘ngga, chapga, kam, ko‘p, “ta’’, “marta’’, teng kabilarni farqlay oladimi? 
9.
Pul, narx, soat, minut, uzunlik, og‘irlik o‘lchov birliklari bilan muomala qila 
oladimi? 
Bolalarni o‘qitishga tayyorlashda asosiy ish metodi tahlil , sintez, taqqoslash, 
umumlashtirish, tabaqalashtirish kabi aqliy operatsiyalarni bajarish malakalarini 
shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bunda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma 
nutqlarini rivojlantirishga katta yordam beradi, matematik bilimlarini o‘zlashtirishga 
qiziqishi kuchaya boradi.
Matematika darslarida asosiy didaktik maqsadlar: 
Har bir alohida darsning maqsadi darslar tizimining maqsadini aniqlab, uning 
yordamida o‘qitilayotgan mavzuning mazmunini o‘quvchilarga ochib beradi. Bu holda 
yangi tushunchalar bilan o‘quvchilarni tanishtirish bo‘lsa, ikkinchi holda tanishtirilgan 
tushunchani kengaytirish va chuqurlashtirish, uchinchisida, biror malaka va 
ko‘nikmalarni hosil qilish, to‘rtinchisida, bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish va 
h.k. bajariladi. O‘tilganlarni takrorlash oldin o‘tilgan darslarni yangi tizimga solish, 
shu bilan bilimlarni tekshirishni o‘z ichiga oladi. 
Maktab tajribasi darsning ma’lum tizimini yaratdiki, ko‘pchilik o‘quvchilar bu 
tizimga rioya qilib, ma’lum yaxshi natijalarga erishmoqda. Odatda darsning boshida 
uy vazifasi tekshiriladi yoki o‘tgan mavzu takrorlanadi, so‘ngra o‘tgan mavzu 
yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. Shundan keyin yangi material bayon etiladi va uni 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 3 / September 2022
47
http://oac.dsmi-qf.uz


mustahkamlash uchun o‘quvchilarga misol va masalalar yechdiriladi yoki nazorat 
savollari beriladi. Dars oxirida uyga vazifa to‘g‘risida ko‘rsatmalar beriladi. 
Ba’zan, bu maqsadlardan bittasiga bag‘ishlanishi mumkin. Ana shu bitta 
maqsadni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi va boshqalar unga bo‘ysunadi. 
Matematikadan dars turlari va darsning borishi: 
Boshlang‘ich sinflarda matematikadan quyidagi dars turlarini ko‘rsatish mumkin: 
a)
o‘quvchilarni yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va 
ko‘nikmalarni hosil qilish darslari (bu darslarda hisoblash, grafik yoki masala yechish 
bilimlari hosil qilinadi); 
b)
turli xil mashqlar yordamida yangi bilim, malaka, ko‘nikmalarni 
mustahkamlash darslari; 
c)
keyingi bosqichda xatolarning oldini olish maqsadida mustaqil bilim, malaka 
va ko‘nikmalarni tekshirish darslari. Har bir darsda turli xildagi didaktik maqsadlar 
amalga oshirilishi mumkin: uy vazifasini tekshirish, darsning va mazmuning 
maqsadini bayon qilish, oldin o‘tilganlarni takrorlash bilan o‘quvchilarni yangi 
materialni o‘zlashtirishga tayyorlash, og‘zaki hisoblash uchun maxsus mashqlar, yangi 
materialni o‘rganish (darsning asosiy bo‘limi), bolalarning oldin o‘zlashtirilgan bilim 
va ko‘nikmalarini mustahkamlash, o‘rganilgan bilimlarni hisoblash, mashq, bilim va 
malakalarni qo‘llash (darsning asosiy bo‘limi), o‘quvchilarni mustaqil ishlatish va uni 
tekshirish, oldin o‘zlashtirilgan materialni takrorlash, uyga vazifa berish va xulosalash.
Yangi o‘quv materialini o‘zlashtirishga o‘quvchilarning faol tayyorlash 
maqsadida oldin o‘zlashtirilgan materiallar takrorlanadi, takrorlash xarakteridagi 
materiallar ko‘pincha og‘zaki hisoblash orqali bajariladi. Shuningdek, yangi materialni 
o‘zlashtirishga qaratilgan misol va masalalarni mustaqil yechish ham mumkin.
Misol va masalalar yechishda foydalaniladigan ko‘rgazmalar yoziladi. Shunday 
qilib o‘qituvchi quyidagi vazifalarni bajarishi lozim: 
1.
O‘quv dasturi va o‘qituvchi rejasida darsning o‘rnini aniqlash. 
2.
Darsning asosiy didaktik maqsadini aniqlash. 
3.
Dars mazmunini aniqlash. 
4.
Dars bosqichlarini tuzib chiqish. 
5.
Dars rejasini tuzish. 
6.
Dars matnini yozish. 
7.
Dars o‘tish metodlarini aniqlash. 
8.
Har bir bosqichga sarflanadigan vaqtni aniqlash. 
9.
Darsda va uyda beriladigan misol va masalalarni bajarish. 
10.
Ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash va h.k. 
Matematika darsining reja yoki matni o‘qituvchiga o‘quvchilar bilan bajaradigan 
ish turining umumiy yo‘nalishi va ketma-ketligi, misollar, algebraik ifoda 
namunalarini ko‘rsatib turadi.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 3 / September 2022
48
http://oac.dsmi-qf.uz


Boshlang‘ich matematika kursining eng muhim xususiyati uning amaliy 
yo‘nalganligidir. Agar yuqori sinflarda matematika dasturining ba’zi masalalari 
nazariy xarakterda bo‘lsa, boshlang‘ich sinflarda har bir yangi tushuncha, xossa, qonun 
amaliy faoliyat uchun kiritiladi. Masalan 4-sinfda o‘quvchilarning to‘g‘ri to‘rtburchak 
tushunchasini o‘zlashtirishlari ular endilikda to‘g‘ri to‘rtburchak ta’rifini bilishlarini, 
uning alomatlarini mantiqiy keltirib chiqarishni va ba’zi xossalarni isbotlashni 
bilishlarini, ta’rifi, alomatlari va xossalariga doir amaliy masalalarni yechish uchun 
foydalana bilishlarini bildiradi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar to‘g‘ri 
to‘rtburchakning qarama-qarshi tomonlari tengligini o‘lchash yo‘li bilan aniqlaydilar 
va to‘g‘ri to‘rtburchakni yasash, uning predmeti va yuzini o‘lchash va hisoblashni 
o‘rganadilar.
O‘quvchilarda boshlang‘ich maktabda shakllanadigan amaliy o‘quvlardan 
ko‘pligi maktab matematika kursi uchun asosiy ahamiyatga ega, lekin tasavvurlar 
haqida bunday deyish mumkin emas. Masalan, son haqida III va IV sinf o‘quvchilari 
ega bo‘lgan tasavvur tubdan farq qiladi. Biroq, quyidagi sinflarda shakllanadigan 
arifmetik amallarni yozma va og‘zaki bajarish o‘quvlaridan o‘rta sinflarda ham, yuqori 
sinflarda ham foydalaniladi. 
Shunday qilib, o‘quvchilarda puxta amaliy o‘quv va malakalarni shakllantirish 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining asosiy vazifalaridan biridir.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə