Boshlang‘ich sinflarni o‘qitishda multimedia vositalaridan foydalanish va uning samarasi



Yüklə 73,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix23.12.2023
ölçüsü73,05 Kb.
#154439
  1   2   3   4
referat



1322 
Boshlang‘ich sinflarni o‘qitishda multimedia vositalaridan foydalanish va 
uning samarasi. 
Z.O.Nurmatov 
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o’qituvchisi 
nurmatovzohidjon35@gmail.com
 
O.N.Chorshamiyeva 
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi 
chorshamiyevaozoda@gmail.com
 
F.A.Pirimova 
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi 
abubakirovnaferuza005@gmail.com
 
ANNOTATSIYA
Biz ushbu maqolamizda maktab ta’limidagi boshlang’ich sinf o’quvchilariga 
sifatli ta’lim berish va o’qitishda multimedia vositalari va texnologiyalaridan 
foydalanish va uning ta’limdagi samarasi haqida ko’plab ma’lumotlarga ega bo’lamiz. 
Boshlangʻich sinflarni oʻqitishda multimedia vositalaridan foydalanish binolar 
soʻnmasligi bilan, o’quvchilarda mashqlarga nisbatan ishonch ortishiga va darsni 
koʻproq ohangli va qiziqarli qiladi. Oʻqituvchilar, videolar, taqdimotlar, interaktiv 
sovgʻalar va boshqa vositalar qidirish bilan oʻzlarini yoki yosh oʻquvchilarini mashq 
qilishlari kerak boʻlgan mamlakatlaricha oʻtilayotgan qaydlarga, masalarni stillari va 
koʻrsatuvlarini qamrab olishadi. 
Kalit so‘zlar:
Multimedia, axborotni yetkazish tezligi, musiqa, dars, slayd, 
o‘quv materiali, zamonaviy pedagog, kommunikativlik. 
Kirish 
Bugungi shiddat bilan rivojlanib kelayotgan zamonda boshlang‘ich ta'lim sifati 
va samaradorligini oshirish maqsadida kompyuter va turli zamonaviy axborot 
texnologiyalaridan samarali foydalanish pedagoglarning asosiy vazifalaridan biri 
hisoblanadi. 
Hozirgi kunda Uchinchi Renessans vakillarini ta‘lim-tarbiya toptirish jarayonida 
boshlang‘ich ta'limga alohida e'tibor qaratilmoqda. Boshlang‘ich ta‘lim tizimida 
ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ta'lim sifatini oshirish uchta eng asosiy 
tarmoqlarni birdek takomillashuviga bog‘liq bo‘lib, umumta'lim muassasalarining 
moddiy texnika bazasini rivojlantirish, o‘quv metodik adabiyotlar bilan boyitish, o‘quv 


1323 
jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va multimedia vositalaridan 
foydalanishdan iborat.[4] 
Zamonamizda o‘quvchilarni yangiliklar, g‘aroyibotlar, ilg‘or xalqaro tajribalar 
qiziqtiradi. Zamon bilan birgalikda o‘quvchi yoshlarning ongi, fikrlash tezligi ortib 
bormoqda. Ayni damda yoshlarni tarqatma materiallar emas, kompyuterda 
bajariladigan, animatsiyalarga boy mashg‘ulotlar ko‘proq qiziqtiradi. Zamon zayli 
degandek, ayni vaqtda boshlang‘ich ta'lim sifat va samaradorligini oshirishda axborot 
texnologiyalaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. Shu sababdan ko‘p jihatlarni 
o‘zida ifodalovchi "Multimediali darslar", "Taqdimotlar asosida o‘tiladigan darslar" va
" Seminar dars"laridan foydalanish tavsiya etiladi. Seminar dars o‘quvchilarni dars 
davomida faol qatnashishlariga, o‘zlari ustida ishlashga va dars davomida bahs-
munozaralar bilan o‘tishini ta‘minlashga xizmat qiladi.[3] 

Yüklə 73,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə