Boshlang’ich ta’lim integrattsiyasining metodalogik asoslari


Pedagogik texnologiya tamoyillari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə7/21
tarix28.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#134155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
23 BOSHLANG’ICH TA’LIM INTEGRATTSIYASINING METODALOGIK ASOSLARI

Pedagogik texnologiya tamoyillari. Asosiy tamoyil-pedagogik tex­nologiyaning O'zbekiston Respublikasida ta'limning uchta turi umumiy o'rta. o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim uchun yaratilgan va amaliyotga joriy etilayotgan davlat ta'lim standartlari ham­da ta'limning boshqa turlari uchun tegishli davlat dasturlari va talablarini bajarishga yo'g'rilganligidir. Pedagogik texnologiya tamoyillarining manbalari ijtimoiy-ma'naviy o'zgarishlar, yangi pedagogik- psixologik evrilishlar, pedagogika-psixologiya va barcha turdagi fanlarning integrativ va differensiativ rivojlanishi, dunyo pedagogikasi va milliy (mahalliy) pedagogikaning boy va ilg'or tajribasi, etnopedagogika(xalq pedagogikasi)ning tarixiy va zamonaviy merosidan kelib chiqadi. Pirovard natijada, pedagogik texnologiya pedagogikaning asosiy («oltin») qoidasini bajarishga, ya'ni ta'lim va tarbiyaning birligini ta'minlashga xizmat qilishi lozim. Bunda izchillik, maqsadlilik, umumiylik kabi tamoyillar bilan bir qatorda peda­gogik texnologiyaning ijtimoiy, falsafiy, metodologik, didaktik. pedagogik, psixologik, fiziologik, gigienik, mafkuraviy, huquqiy- me'yoriy, iqtisodiy, tarixiy, nazariy va amaliy asoslari ham baravariga qatnashadi. O'qituvchi va o'quvchining munosabatiga daxldor tamoyillarning amal qilishi esa o'quv jarayonining sifat va samaradorligini ta'minlashning qudratli omilidir.
Pedagogik texnologiyaning barcha tamoyillari o'zaro aloqadorlikda va bir-birini taqozo etgan holda amal qiladilar.
Pedagogik texnologiyaning o'qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni desa bo'ladi.
Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan ma'lum pedagogik tizimning loyihasi bo'lib hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya-ta'lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi pedagogik texnologiya, axborot texnologiyasi, yangi tajriba, novator o'qituvchilar tajribasi, ta'lim metodlari, tarbiya metodlari kabi tushunchalarni qamrab olishi bilan birgalikda ta'lim jarayonida oldinga qo'yilgan maqsadga erishishning yo'li, o'ziga xos instrumentariy bo'lib hisoblanadi.
Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo'li.
Pedagogik texnologiya va o'qitish texnologiyasi o'zaro bog'liq bo'lishi bilan birga farq qiluvclii tomonlari ham mavjud.
Pedagogik texnologiya ta'lim-tarbiya jarayonining hamma sohalarini qamrab oluvchi yaxlit tizim bo'lsa, o'qitish texnologiyasi ma'lum fanlarni hozirgi didaktik talablar asosida o'qitishning yaxlit tizimini tashkil qiladi.
Ularning o'zaro bog'liqligi «Ta'lim to'g'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ishlab chiqilgan davlat ta'lim standartlarida o'z ifodasini topgan.

    1. Yangi pedagogik texnologiyaning metodik asoslari davlat ta’lim standartlari bo'lib hisoblanadi. Davlat ta’lim standartlarida talaba (o'quvchi) egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma, malakalar mezoni belgilab berilgan. Bilim, ko'nikma va malakalar DTS talablaridan past bo'lmasligi kerak.

    2. Pedagogik texnologiya va o'qitish texnologiyalarining maqsadi bitta- ijodiy tafakkur sohibini yetishtirishdan iborat. Bu maqsad- davlat ta’lim standartlarining bosh talabidir. Ta’lim jarayonidagi har bir texnologiya, berilgan topshiriqlar o'quvchining ijodiy fikrlashiga va ijodiy rivojlanishiga olib kelsin. Shunday vaziyat yaratish kerakki, o'quvchi (talaba) o'z xohishi bilan izlansin, tafakkurini rivojlantirsin, intilsin, unda fanni egallashga qiziqish uyg'onsin.

    3. Har bir mashg'ulotda beriladigan topshiriqlar umumiy vaqtning 20-25% ini egallasin, o'quvchining ijodiy tafakkur asosida ish olib borishi esa vaqtning 70-80% miqdoriga to'g'ri kelsin. O'quvchi ko'proq amaliy bilimlarni egallasin va undan nazariy xulosalar chiqara olsin.

    4. O'qitish texnologiyasida bilim berish, bilim olish usulini tanlash va o'rganishga katta ahamiyat berish, bilim olishning bahs-munozara asosida amalga oshishini ta'minlash.

    5. O'qitish usuli-texnologiyasi yangi pedagogik texnologiyalarning asosi bo'lib hisoblanadi.

    6. Ta’lim jarayonida darslarni bahs-munozara, seminar, o'yinlar, disputlar, quvnoqlar va zukkolar musobaqasi tarzida va har xil teatrlashgan vaziyatlar shaklida tashkil etish, ya'ni ta'limda tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish lozim.

7. Ta'lim jarayonining tayanch bilimlarni amaliyotga tatbiq etib, rivojlantirib borish asosida va tizimli tarzda tashkil etilishi yangi peda­gogik texnologiya va o'qitish texnologiyalarining uzviyligini ta'minlovchi - lokal (bitta yo'nalish) holatining samara berishiga olib keladi.
Hozirgi ilmiy-texnik taraqqiyot asrida ta'limni texnologiyalashtirish oldiga bir qator vazifalar qo'yilgan.
Har bir dars ta'lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi maqsadlarni ko'zda tutib amalga oshiriladi.
O'quv jarayonida motivatsiya, bilish faoliyati, boshqarish faoliyati kabi o'ziga xos texnologik vazifalar mavjud:

    1. Motivatsiya - o'quvchilar diqqatini tortish, ichki tuyg'u-istak, zaruratni shakllantirishdir. O'quv jarayonida o'quvchi va o'qituvchi uchun ham asosiy harakatlantiruvchi kuch-ichki motivatsiya bo'lishi kerak.

    2. Bilish faoliyatida e'tiborni asosan quyidagilarga qarata borish kerak: o'quvchilarda tashabbuskorlik, mustaqillik, bilimlarni puxta o'zlashtirish istagini paydo qilish, zarur malaka va ko'nikmalarni hosil qilishga moyillik tug'dirish, tafakkur rivojiga jiddiy e'tibor qaratish va h.k..

Boshqarish faoliyat ining vazifalari berilayotgan bilim, ko'nikma va malakalar ta’limini tashkil etish bilan bog'liqdir. Darsda qo'llanilayotgan texnologiyalarga ularning monitoringi asosida va pirovard natijasi orqali baho beriladi.
Pedagogik innovatsiya-ta'limga yangiliklarni kiritishdir. Boshqarishda pedagogik innovatsiyaga rioya qilmoq zarur.
Pedagogik texnologiya esa dinamik jarayonlarning in'ikosi sifatida rivojlanadi, takomillashadi va vaqt mezonida boyib boradi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə