Boshlang’ich ta’lim integrattsiyasining metodalogik asoslari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/21
tarix28.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#134155
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
23 BOSHLANG’ICH TA’LIM INTEGRATTSIYASINING METODALOGIK ASOSLARI


BOSHLANG’ICH TA’LIM INTEGRATTSIYASINING METODALOGIK ASOSLARI
Keyingi o'n yilliklarda pedagog olimlar va o'qituvchilar diqqatini jalb qilgan masalalardan biri pedagogik texnologiya (PT) hisoblanadi. Bu mavzuning ilmiy ishlarda, hisobotlarda, maxsus davriy nashrlarda qizg'in o'rganilayotganligi, bahs-munozaraga sababchi bo'layotganligi ham ta'lim-tarbiyada uning o'rni naqadar muhimligiga guvohlik beradi. Mavjud materiallarni jamlash, uning nazariy va amaliy jihatlarini O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tahlil qilish, pirovard natijada, qator konseptual texnologiyaning empirik asosini yaratishga harakat qilish, shuningdek, uni ilmiy bilimlar doirasiga o'tkazish kabi ishlar ham jadal davom ettirilmoqda.
Avvalo, nega bugunga kelib pedagogik texnologiyaga qiziqish shunchalik kuchaydi, degan savol tug'iladi. Aytish mumkinki, rivojlanayotgan davlatlarda, birinchi navbatda, pedagogik texnologiyaga ta'lim sohasidagi siyosatning bosh vazifasi sifatida qarab kelingan. Bunday yondashish YUNESKO tomonidan ham ma'qullandi va 1972-yilda «Ta'limni rivojlantirish masalalari» bo'yicha Xalqaro Komissiya tashkil topdi. Bu komissiya zamonaviy texnologiya-ta'limni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir, deb baholadi.
Muhimi shundaki Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan milliy dasturni ro'yobga chiqarish bosqichlari har jihatdan ilmiy asoslab berildi va uning ikkinchi bosqichida «o'quv-tarbiyaviy jarayonini ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash» muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi.
Xo'sh pedagogik texnologiya nima? Uni amaliyotga qanday joriy qilish mumkin?
Dastlab «Texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so'z fanga 1872 yilda kirib keldi va grekcha ikki so'zdan - «texnos» -hunar va «logos»-fan so'zlaridan tashkil topib «hunar fani» ma'nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to'liq tavsiflab bera olmaydi. Texnologik jarayon deyilganda-mehnat qurollari bilan mehnat vositalariga ta'sir etish natijasida mahsulot yaratish bo'yicha qilingan mehnat va jarayonlar tushuniladi. Demak, bu ta'rifni istalgancha sharhlash mumkin, bunda: pedagogik texnologiya-bu o'qituvchi tomonidan o'qitish vositalari yordamida o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda muayyan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni, deb ta'riflasak xato bo'lmaydi.
Qator yillardan beri, pedagogik texnologiyaga o'quv jarayo­nini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelindi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushuncha yangicha talqin etila boshlandi. Texnologiya deganda, subyekt to­monidan obyektga ko'rsatilgan ta'sir natijasida subyektda sifat o'zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, obyektga yo'naltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko'zda tutadi.
Ushbu tushunchalarni o'quv jarayoniga ko'chiradigan bo'lsak. O'qituvchi (pedagog)ning o'qitish vositalari yordamida o'quvchi-talabalarga muayyan sharoitlarda ko'rsatgan tizimli ta'siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo'lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa, deb ta'riflash mumkin. Ta'riflar nazariyasi bo'yicha bunday ijtimoiy hodisani pedagogik texnologiya, desa bo'ladi.
Mustaqillikka erishgan O'zbekiston olimlari xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma'rifiy aloqalar o'rnata boshladilar. Natijada yurtimizga ilg'or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. Shular qatorida, jahondagi progressiv pedagogik texnologiya degan tushunchalar ham kirib, pedagogik jamoatchiligimiz fikrini chulg'ab oldi.
Oxirgi yillarda, Rossiya bilan O'zbekistonda pedagogik texnologiyani o'rganish yo'lida ancha ishlar qilindi. Shu jumladan, O'zbekiston olimlari bilan hamdo'stlik davlatlari o'rtasida ham pedagogik texnologiyalarning loyihalarini to’zish bo'yicha ancha ishlar qilindi.
Pedagogik texnologiyani o'quv jarayoniga olib kirishning zarurligini bunday mamlakatlar ichida birinchilar qatorida har tomonlama ilmiy asoslab bergan rossiyalik olim V.P. Bespalkoning fikricha, «Pedagogik texnologiya-bu o'qituvchi mahoratiga bog'liq bo'lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o'quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir».
Rossiyalik olimlaridan biri — V.M. Monaxov «Pedagogik tex­nologiya- avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo’lgan tartibli amallar tizimidir»,-degan qisqacha ta'rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e'tiborni qaratadi. Pedagogik texnologiya-o'quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon turg'unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining subyektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi», - deydi u.
M.V. Klarin fikricha, "Pedagogik texnologiya-o'quv jarayoniga texnologik yondashgan holda, oldindan belgilab olingan ko'rsatkichlardan maqsad kelib chiqib, o'quv jarayonini loyihalashdir".
V P. Bespalkoning o'zbekistonlik shogirdlaridan N. Sayidahmedov va M. Ochilovlarning fikricha, "Pedagogik texnologiya — bu o'qituvchi(tarbiyachi)ning o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta'sir ko'rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir".
I.Ya. Lernerning fikriga ko'ra, "Pedagogik texnologiya – o'quvichilar harakatlarida aks etgan o'qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan va aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi".
O'zbekistonlik metodist B.L. Farberman pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta'rif beradi: "Pedagogik texnologiya – ta'lim jarayoniga yangicha yondashuv bo'lib, pedagogikada ijtimoiy – muhandislik ongi ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga soladigan, uning optimal loyihasini to’zib chiqish bilan bog'liq ijtimoiy hodisadir.
Polyakolimi Dj. Bruner «O'qitish texnologiyasi-bu o'qitishning maqbulligini ta'minlovchi ma'lum yo'l – yo'riqlar tizimi bilan bog'liq bilimlar sohasi» ekanligini e'tirof etdi. Tizimli yondashish ta'siri ostida asta-sekinlik bilan pedagogik texnologiya mohiyatiga aniqlik kiritila borildi. Rusolimasi N.F. Talizina esa uning mohiyatini «belgilangan o'quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat», deb tushuntirdi.
Yuqorida keltirilgan ta'riflardan ko'rinib turibdiki, o'tgan yillarda PT-o'quv jarayonini berilgan dastlabki ta'lim maqsadi va mazmunidan kelib chiqib loyihalashdir, deya ifodalandi. Bu bir jihatdan to'g'ri, lekin teranroq fikr yuritilsa uning bir yoqlamaligi yaqqol ko'zga tashlanadi yoki bunday yondashishda o'quvchi shaxsining inkor etilishi seziladi. Bu kamchilikni birinchi bo'lib akademik V. Bespalko payqadi va o'z asarida «Pedagogik texnologiya — bu o'qituvchi mahoratiga bog'liq bo'lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o'quvchi shaxsini shakllantirish jara­yonini ifodalash - loyihalashdir», deb ta'rifladi.
Pedagogik texnologiyaga berilgan ta'riflarning qiyosiy tavsiflari keyingi paragrafda batafsil keltirilgan.
Shu o'rinda hamkasbimiz H. Abdukarimovning «Ma'rifat» gazetasida (1998 yil, 27 may) bosilgan «Pedagogik texnologiya nima?» maqolasini didaktik nuqtai nazardan baholashni kitobxonlar hukmiga havola etaylik-da, undagi bir-biriga zid va ilmiy asoslanmagan ikki ta'rifni keltirib o'taylik: 1. «Milliy dastur» — bu yangicha pedagogik texnologiyaning o'zi». 2.«Pedagogik texnologiya – pedagogik mahorat to'g'risidagi fan». Bu boradagi ta'riflarning xilma – xilligi bir tomondan bu mavzuning u yoki bu jihati soxta yechilganligini ko'rsatsa, ikkinchi tomondan pedagogik texnologiyani ta'lim amaliyotiga joriy etishga bo'lgan urinishlarni ifodalaydi.
Qator yillar davomida pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda o'rganib kelindi va u turli faoliyat doirasida edi. Bugungi kunda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga mamlakatimizda keng imkoniyatlar tug'ildi. Nazariya va amaliyot birligining ta'minlanayotganligini pedagogik texnologiyaning asl mohiyatini aniqlashga yo'l ochmoqda.
Bizning fikrimizcha, yangi pedagogik texnologiyaga pedagogika fanining alohida tarmog'i sifatida qarash yoki faqat ta'lim amaliyotini maqbullashtirishga yo'naltirilgan tizim, deb qarash mumkin emas. Pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va anialiy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyat yo'nalishlarini aniqlaydi. Bu erda izlanishning mohiyati - pedagogik tizimni tashkil etuvchi elementlarni o'rganish asosida modernizatsiya qilishdan iboratdir. Sababi, har qanday o'quv – tarbiyaviy jarayonni tashkil etish u yoki bu pedagogik tizimni aks ettiradi. Demak, PT - amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan ma'lum pedagogik tizimning loyihasidir.
Unda, pedagogik tizim mohiyati nimadan iborat? Pedagogik tizim o'zaro bog'liq bo'lgan vositalar, usullar va jarayonlaryig'indisi bo'lib, shaxsdagi muayyan sifatlarini shakllantirishga pedagogik ta'sir etishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi. Binobarin, har bir jamiyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unga mos ravishda pedagogik tizim mavjud bo'lishi kerak. Agar maqsad o'zgarsa tizim ham o'zgarishi shart.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» jamiyat. davlat va oila oldida o'z javobgarligini his etadigan har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashni asosiy maqsad qilib qo'ydi. Demak, milliy dastur bizda ta'lim va tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi sifatida qabul qilinayapti. Faqat davlat buyurtmasigina ta'lim va tarbiyaning aniq maqsad va vazifalarini belgilab beradi yoki oliy ta'lim uchun pedagogik tex­nologiyaning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.
Olib borilgan tadqiqot ishlarining natijalari har qanday pedagogik tizim o'zaro bog'liq bo'lgan quyidagi invariativ elementlardan tashkil topishini ko'rsatib berdi:

  1. Talabalar.

  2. Ta'lim va tarbiyaning maqsadi.

  3. Ta'lim va tarbiyaning mazmuni.

  4. Ta'lim jarayoni yoki didaktikjarayon.

  5. Pedagog yoki o'qitishning texnikaviy vositalari.

  6. Ta'lim va tarbiyaning tashkiliy shakllari.

Yuqorida keltirilgan pedagogik tizim har qanday ilmiy nazariyaga xos bo'lgani kabi quyidagi ikki tushunchani qamrab oladi: didaktik masalalar va ularni hal etish texnologiyasi. Didaktik masalalar pedagogik tizim doirasida inson faoliyatining har qanday sohasi kabi aniq maqsad va unga erishish uchun shart – sharoitlar hamda bu faoliyat uchun axborotlar bo'lishi lozimligini taqozo etadi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, pedagog – metodistlar hozirga qadar didaktik masalalarni aniq ifodalashga va unga mos keladigan o'qitish texnologiyasini ishlab chiqishga e'tibor berishgan. Shu nuqtai nazardan, milliv dastur ijtimoiy buyurtma sifatida yangi pedagogik texnologiyaga «yangi» so'zining qo'shib ishlatilishi nazariyachi olimlarimiz va o'qituvchilarni bir qadar o'ylantirib qo'ydi, endilikda ta'lim – tarbiya jarayonini loyihalashga eskicha yondashish mumkin emasligini ko'pchilik anglab yetmoqda. Shunday ekan, pedagogik texnologiyani qanday yangilash mumkin? E'tiborni yuqorida berilgan pedagogik texnologiyaning to’zilishiga qarataylik. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o'z ta'sirini ko'rsatadi va ta'lim-tar­biya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsad esa pedagogik texnologiyaning bosh bo'g'ini hisoblanib, u pedagogik tizimning qolgan elementlarini, o'z navbatida, yangilash zaruratini keltirib chiqaradi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta'lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo'nalishga burdi, ya'ni ta'lim tizimini o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va ahloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashni ustuvor vazifa, deb belgiladi. Demak, ta'lim-tarbiya maqsadi yangilandi, unga mos holda mazmunning yangilanishi tabiiydir.
Ta'lim mazmuni davlat ta'lim standartlari (DTS), o'quv dasturlari. darslik va o'quv qo'llanmalarida o'z ifodasini topadi. Shu munosabat bilan olimlarimizga fan sohalari bo'yicha ta'lim mazmunini ishlab chiqish kabi sharafli va mas'uliyatli vazifa vuklatildi.
Shunday qilib, pedagogik texnologiyada didaktik masalalarning o'z yechimlarini topishi-milliy dasturni ro'yobga chiqarishning muhim bosqichidir. Agar pedagog qo'lida bilimga chanqoq talabalar, fan maqsadiga mos mazmundagi dastur, darslik va qo'llanmalar mavjud bo'lsa, u didaktik jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bilish faoliyatining tashkiliy shakllaridan samarali foydalanib yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga izchil va ketma-ket joriy etishi mumkin. Shu boisdan, o'qituvchi mahoratiga ko'p narsa bog'liqligi, uning pedagogik tizimda tutgan o'rni haqida batafsil to'xtalish zarurati tug'iladi.

    1. O'qituvchi davlat buyurtmasiga mos keladigan ta'lim-tarbiya maqsadini aniq va ravshan belgilashi kerakki, natijada, ma'lum vaqt ichida unga erishishni ta'minlaydigan didaktik jarayonni to’zish va joriy etish to'g'risida xulosa qilish mumkin bo'lsin.

    2. O'qituvchi pedagogik tizimda belgilangan maqsadga to'g'ri keladigan o'quv-tarbiyaviy jarayon mazmunini o'quv dasturi bo'yicha chuqur egallashi, muntazam ravishda o'z pedagogik mahoratini ilmiy-texnikaviy taraqqiyot talablariga mos holda mustaqil ravishda kengaytirib borishi zarur.

    3. O'qituvchi pedagogik tizimning tarkibiy elementi sifatida didaktik jarayonni amalga oshirish bilan tanish bo'lishi kerak: bu-birinchidan, jadallashtirish va tabiatan monandlik talabidir. Jadallashtirish didaktik masalalarni ma'lum vaqt doirasida birmuncha tez va yuqori saviyada hal eta oladigan didaktik jarayonni qo'llashni talab etadi. Ta'lim va tarbiyaga bu talabni aniqlab beruvchi omil — talaba (o'quvchi) larning ma'lum faoliyatni o'zlashtirish tezligi hisoblanadi. Ikkinchidan, o'quv-tarbiyaviy jarayonni shunday tashkil etish lozimki, hunda mumkin qadar talabalarning keng doirada tajriba egallashiga imkon tug'diradigan va ularning aqliy malakasini rivojlantira oladigan mexanizm vujudga kelsin. Bu talabni aniqlab beruvchi omillar: ulabalarning o'qishga bo'lgan xohishi, o'quv mehnatiga munosabati va sog'lom psixo-fiziologik faoliyati kabilardir.

    4. O'qituvchi didaktik jarayonni amalga oshirishda o'qitishning samarali shakllaridan foydalana olishi kerak. O'qitishning tashkiliy shakllari to'g'ri tanlanishi pedagogik tizim elementlarining ma'lum qonuniyat asosida bir-birlari bilan bog'liq ekanligini bildiradi. Bu bog'lanishlardan foydalanish va eng maqbul bo'lgan tashkiliy shakllar topish-ta'limda rasmiyatchilikni yo'qotishga yo'l ochadi.

5. O'qituvchi pedagogik tizimning ishtirokchisi bo'lgan talabaning ta'lim mazmuni va tarbiya ta'sirini qay darajada egallayotganligini eng maqbul usullar yordamida doimo nazorat qilib borishi lozim. Bu to'g'rida olingan axborotlar esa pedagogik tizimni maqsadga muvofiq tarzda boshqarish imkoniyatini beradi yoki tizimdagi qaysi elementning mazmuniga tuzatish kiritish kerak ekanligini aniqlaydi.
Shunday qilib, pedagogikaga xos bo'lgan texnologik jarayonni amaliyotga tatbiq qilish bilan bog'liq pedagog mahoratining ba'zi qirralari to'g'risida to'xtaldik. PT ning ilmiy xarakterga ega ekanligiga e'tiborni qaratgan holda, uning amaliy yo'nalishga xosligini, uni aniq masalalarni hal qilishda qo'llash mumkinligini e'tirof etish kerak,
Demak, nazariyani o'quv amaliyoti bilan bog'lash zaruratini anglash pedagogik texnologiyalarning to’zilmasini aniqlab beradigan bir qator holatlarni belgilashga imkon beradi:

  1. Zamonaviylik ta'lim amaliyotiga ilmiy asoslangan va tajriba- sinovda tekshirilgan didaktikaga oid yangiliklar, tartib-qoidalarni joriy etishning majburiyligini taqozo etadi.

  2. O'quv jarayonini maqbullashtirish-kechiktirib bo'lmaydigan masaladir.

  3. Ilmiylik ta'limda yangi vositalar, faol metodlar, didaktik materiallarni, tashkiliy masalalarning yangi yechimlarini qo'llashni taqozo etadi.

  4. Talaba va o'qituvchining dasturli faoliyati o'quv jarayonidan jamiki ortiqcha harakatlarini yo'qotishga, yuqori hamjihatlikni ta'minlashga va kerakli natijalarni qo'lga kiritishga intilishni ta'minlaydi.

  5. Ta'limni faollashtiruvchi axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanish samarasini belgilaydigan didaktik materiallardan keng foydalanish-zamonaviy PT ning eng asosiy belgilaridan biridir.

  6. O'quv jarayoni uchun moddiy-texnika bazasining maqsadga muvofiqligi — PT ning navbatdagi belgisidir.

  7. O'quv-tarbiyaviy jarayon natijalarini sifatli baholash — PT ning o'z oldiga qo'ygan natijaviy maqsadidir.

Shunday qilib, yuqorida keltirilgan fikrlar tahlili asosida quyidagicha xulosa qilish mumkin:
Pedagogik texnologiya o'zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog'liq xususiy nazariyasiga ega; u birinchi galda o'quv-tarbiyaviy jarayonini ilmiy asosda qurishga yo'naltirilgan, o'qitishning axborotli vositalaridan va didaktik materiallardan, faol metodlardan keng foydalanishga asoslangan o'qituvchi va o'quv- chilarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi.
Ta'lim ijtimoiy tizimning bir qismi bo'lib, u o'z rivojlanishida jamiyat taraqqiyotining yo'nalishlariga bog'liq ravishda ro'y berayotgan aksariyat o'zgarishlarga muvofiq o'zgara boradi. Ana shu doirada innovatsiyalar ta'lim oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy shartlaridan hisoblanadi. Pedagogik nazariya va amaliyotning tahlili shuni ko'rsatadiki, ta'lim sohasiga umumjahon ahamiyatiga molik bo'lgan quyidagi asosiy yangiliklar xosdir:

  • moliyalashtirish va boshqarish sohalaridagi o'zgarishlar;

  • ta'lim tizimi to’zilishidagi muntazam o'zgarishlar;

  • ta'lim texnologiyasida ro'y beradigan doimiy o'zgarishlar va h.k.

Shunday qilib yangi texnik vositalar va yangi texnologiyalar-ta'limga yangi tartib-qoidalarni kiritish uchun eng muhim komponentlardan biridir. Biroq ularni qanday qilib tatbiq etish va amalda loydalanishni bilib olish, aslida, hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Shuning uchun maxsus tayyorgarlik, katta kuch va ko'p vaqt sarflash lozim, ya'ni ta'limda innovatsion jarayonlarning tatbiq qilinishi bi­lan o'qituvchining roli pasaymaydi, balki o'quv-tarbiya jarayonining yuksak bosqichlarida yana ham ortadi. Bu esa pedagogdan o'z ilmini yangidan va tanqidiy tahlil etishni talab etadi. Chunki yangi tartib-qoidalardan foydalandimi yoki axborot manbai sifatida qolib ketadimi, bu narsa ayni o'qituvchiga bog'liq. O'qituvchi o'quv texnologiyasining bevosita tartib-qoidalariga jiddiy tayyorlangan, yo'l- yo'riq olgan, moslangan, ruhlangan bo'lishi lozim.
Pedagogning ijodiy potensiali uning o'z ijodkorlik sifatlarini shakllantirishga intilishida, pedagogik odobining namoyon bo'lishida, qobiliyati va kasbiy malakasini takomillashtirishida, kutilmagan vaziyatlarda topqirlik qila olishida, o'quvchi-talabalarni komillik sari mohirlik bilan etaklay olishida ko'rinadi.
Pedagogik jarayonda o'zining yangi g'oyalarni ishlab chiqish qobiliyatini doimo rivojlantiradigan va takomillashtiradigan o'qituvchi iqtidorli hisoblanadi. Pedagogik ijodiyot-o'z mohiyatiga ko'ra yangi bilimlarni hosil qilish va takomillashtirish bo'yicha ijodiy ishining kasbiy, maxsus ifodasidir. Pedagogik izlanish o'qitishda doimo ma'lum yo'nalishdagi subyektga nisbatan aniqlashtirilgan bo'ladi. Pedagogik izlanish natijasida yangilikning asosiy namoyon bo'lish shakllari kundalik o'quv-tarbiyaviy muammolarning nostandart yechimlari, pedagogik ta'sir usullarining metodik va nazariy jihatdan mukammal ishlab chiqilishi, ixtiro etilishi va takomillashuvi hamda ulardan samarali foydalanishda ko'rinadi.
Yangi ta'lim tizimi mazmuniga o'tmishning qimmatbaho ma'naviy qadriyatlarini kiritish va unutilayozgan yoki taqiqlangan ba'zi birlarini qayta tiklashdan maqsad o'tmish oldida egilish emas, balki unga tayanib, ijodiy foydalangan holda rivojlanishning yangi pog'onasiga chiqish demakdir.
Bugun biz yangi ko'rinishdagi ta'lim tizimini ishlab chiqishda Turkiston sivilizatsiyasining eng ko'p gullab-yashnagati davridagi, ya'ni VII-XII asrlardagi inchnat va kasb ta'lim tajribalariga tayanmog'imiz lozim. O'sha davr madaniyati va fanining asosini ta'lim tashkil etgan, rivojlanishning eng ynqori cho'qqilariga erishish yo'lida faylasuf va pedagoglarning aniq va konseptual g'oyalari sliakllangan edi. Hozirgi zamon atamasi bilan aytganda, ta'lim va tarbiya, ilm — bu uzluksiz ravishda ma'naviy, jismoniy va aqliy salohiyatini rivojlantirish jarayonidir. O'sha davr faylasuflari insonning ma'naviy, jis­moniy va aqliy xususiyatlarini yakka mujassamlikda, deb belgilashgan. Bunday falsafiy pedagogik konsepsiya ta'lim jarayonini shaxsning ma'naviy-axloqiy xususiyatlarini boshlab beruvchi omil deb, e'tirof etadi. Bu konsepsiyalarning mazmuni faqatgina faylasuflar ishlarida emas, balki mehnat va ijodning turli vakillari asarlarida ham o'z aksini topgan edi.
Masalan, risola - bu hunarmandlar va ularning o'quvchilari uchun mo'ljallangan qo'llanma bo'lib, unda urf-odat, rasm-rusum, turli udumlar majmuasi aks ettiriladi. Risolalar kichik hajmdagi kitobcha shaklida bo'lib ularning mazmuni ushbu soha hunarmandchiligi bo'yicha mashg'ulotlar va ba'zi bir pandu nasihatlarni o'zida mujassamlashtirgan.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, deyarli barcha risolalar bir xil qolipda to’zilgan bo'lib odatda, kitobchaning boshlaridabutun olam egasi bo'lgan Alloh, payg'ambarlar va lining barcha choriyorlarini ko'klarga ko'tarib maqtash, so'ng ushbu hunarmandchilikning Alloh ne'mati ekanligi, keyin esa hunarmand ishi boshlanadigan va har bir xatti-harakati yoki lozim bo'lgan Qur'on oyatlari yoki jarayondan oldin aytish lozim bo'lgan Qur'on oyatlari yoki boshqa duolar usta-hunarmandlarning ma'naviy - axloqiy sifatlari yoritiladi.
Risolalarni tadqiq etish natijasida ularning o'rta asr hunar- mandligida o'ziga xos pedagogik qo'llanma sifatida xizmat qilganligiga, risolalarda zamonaviy til bilan aytganda, hunarmand kasbiy faoliyatning mazmunini aks etganligiga guvoh bo'larniz.
O'zbekiston mustaqillikka erishgan davrda milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash eng muhim vazifalardan bo'lib qolmoqda. Chunki davlatning asosini ma'naviyat tashkil etadi, ma'naviyatiga e'tibor bermagan davlatning kelajagi ham bo'lmaydi. Milliy pedagogika tajribalariga murojaat qilish esa bunday maqsadlarga erishishning asosiy omillaridan biridir.
Yoshlarni mustaqil bilim olishga o'rgatish-bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. Shu o'rinda ta'kidlash lozimki. bugungi kunda yoshlarni ma'naviy-intellektual rag'batlantirishning ahamiyati kattadir. Ma'naviy intellektual sifatlarni zamonaviy usullarda aniqlash tarbiyaviy jarayonga samarali o'zgarishlar kiritadi. O'quvchi yoshlarning, talabalarning ma'naviy-intellektual shakllanish sifatlaridagi yutuq va kamchiliklarni odilona baholash tizimi larbiya mazmuni, usullari va uning tashkiliy shakllarini yaxshilashga doir tuzatishlar kiritishi lozim. O'quvchi va talabalarning bilimini, iqliy holatlarini nazorat qilish va baholash davlat miqyosidagi mu­him ahamiyatga ega ishdir. Shu bilan birga, nazorat va baholash jarayoni o'quvchi bilimining boyishiga, ular shaxsining rivojlanishiga hamda tarbiyasiga ta'sir ko'rsatadi.
Pedagogika fani bilimlarni o'z vaqtida nazorat qilish va baholashning 3 vazifasi borligini alohida uqtiradi:

    1. O'zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab davlat ta'lim standartlarining qanday bajarilayotganligi to'g'risida xulosa chiqariladi va galdagi vazifalar belgilanadi.

    2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o'quvchi-talabalarda bilimlar yanada kengayadi.

3. Ta'lim sohasidagi yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ularda ko'tarinki ruh, o'z kuchiga bo'lgan i .hunch va qiziqishlar paydo bo'ladi.
Jahonning ilg'or tajribalari va ko'plab pedagoglar mehnatining natijasi o'laroq, reyting uslubi bugungi kunning cng maqbul nazorat mezoni deb qabul qilindi.
Reyting deganda – baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan ko'rsatkich bo'yicha baholash tushuniladi.
Reyting nazoratida test usuli ham samarali qo'llaniladi.
Test deganda aniq vazifaning takomillashganlik darajasini aniqlash hamda sifat va miqdoriy o'lchamlarda belgilash imkonini beradigan, faollikning biron shaklini paydo qiluvchi va biron aniq topshiriq shaklidagi sinov quroli tushuniladi.
Testning afzalligini quyidagicha belgilash mumkin:

  • nazorat uchun kam vaqt sarflanadi;

  • nazorat va amaliy bilimlar darajasini obyektiv sharoitda aniqlash imkonini beradi;

  • ko'p sonli talabalar bilan bir vaqtning o'zida nazorat olib borish mumkin;

  • bilim natijalari o'qituvchi tomonidan tezkorlik bilan tekshiriladi va h.k.

Reyting nazorat tizimining asosi sifatida o'quv rejasiga kiritilgan.
Har bir fan bo'yicha talaba o'zlashtirishining sifat ko'rsatkichlari ballar bilan ifodalanadi. Har bir semestrdagi fanlardan to'plangan ballar yig'indisi tarzida talabaning o'zlashtirishini baholash jarayoni chorak va semestr davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi nazorat turlari shaklida tashkil etiladi:

  • joriy nazorat;

  • oraliq nazorat;

  • yakuniy nazorat.

Joriy nazorat - bu o'rganiladigan mavzularning o'quvchi, tala­balar tomonidan qanday o'zlashtirayotganini dars jarayonida mun­tazam ravishda nazorat qilishdan iborat. Bu nazorat o'qituvchi to­monidan qanday o'zlashtirganini muntazam ravishda dars jarayo­nida nazorat qilishdan iborat. Bu nazorat o'qituvchi tomonidan o'tkazilib, talabaning bilim darajasini shu fanning har bir niavzusi bo'yicha aniqlab borishni ko'zda tutadi.
Oraliq nazorat - bu mazkur fan bo'yicha o'tilgan bir necha mavzularni o'z ichiga oladi va shu qism bo'yicha talabaning bilimini aniqlashga xizmat qiladi. Oraliq nazorat darsdan tashqari vaqtda o'tkaziladi va talabalarga o'zlashtirish ko'rsatkichlarini oshirish imkonini beradi.
Yakuniy nazorat - bu nazorat semestr uchun belgilangan mavzular to'liq o'qitib bo'lingach o'tilgan mavzular bo'yicha yozma yoki og'zaki usullarda, shuningdek, test sinovlari shaklida o'tkaziladi. Talabaning fan bo'yicha semestrdagi reyting bahosi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarda to'plangan ballari bo'yicha aniqlanadi.
O'quv, pedagogik, ishlab chiqarish va diploma oldi amaliyotlari davrida olingan bilimlar ham reyting ballari bilan baholanadi.
Mustaqil O'zbekiston bugungi kunga kelib jahonga o'z nomini tanitdi. Iqtisodiy - siyosiy jihatdan yuksaldi. Shu bilan birga, O'zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olishi uchun bugungi kunda kelajak ruhiga mos bo'lgan zamonaviy kadrlarga ham ehtiyoj sezila boshladi. Mustaqil davlat o'zining muhim tarixiy hujjatlariga ham ega bo'ldi va ular orasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» alohida o'rin tutadi.
Dasturda e'tirof etilgan kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarida shu narsa alohida belgilandiki, ta'lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish ta'lim – tarbiya dasturlarining intellektuallashuvini ta'minlaydi. Demak, yangi asr- informatsion texnologiyalar asri bo'lishi bilan bir qatorda ularning o'quv jaryonlariga keng ko'lamda aralashuvini ham ta'minlaydi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə